15-mavzu: Ta’lim menejmenti. 1.Ta’lim menejmenti tushunchasi. “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunda ta’lim tizimini boshqarish. 2.Ta’limni boshqarishda vakolatli davlat organlari va ularning huquqlari. O’zbekistan 3.Respublikasining '‘Umumiy o‘rta ta’lim haqida”gi Nizomi. “Akademik litsey va kasb-xunar kolleji haqida’gi Nizom.
4.Maktab - pedagogik tizim va boshqarishning ob’ekti sifatida. Maktabni boshqarish prinsiplari. 5.Maktabning ichki boshqaruvi, uning tuzilishi va vazifalari. Pedagogik Kengash va uning vazifalari. Uslubiy Kengash va uning vazifalari. Maktab direktorining vazifalari.
6.Pedagog kadrlar malakasini oshirish. Malaka oshirish shakllari.
7.Pedagog kadrlar attestatsiyasi. Maktabda ichki nazorat va pedagogik faoliyatni tashkil qilish.
Ta’lim muassasasini boshqarish. Boshqarishma’lum bir ob’yektga tashkiliy, rejali, tizimli ta’sir ko’rsatish demakdir.
Ta’lim muassasasining pedagogik faoliyatini boshqarish deb esa pedagogik jarayonini rejalashtirish, tashkil etish, rag’batlantirish, natijalarni nazorat va tahlil qilishga aytiladi.
Ta’lim muassasalarini boshqarish nazariyasi ta’lim muassasalarining menejmenti nazariyasi bilan boyitildi. Menejment nazariyasi xodimlarga nisbatan ishonch, ularning unumli mehnat qilishlari uchun sharoit yaratish hamda o’zaro hurmat bilan tavsiflanadi.
Menejment mavjud minimal imkoniyatlardan maksimal natijalarga erishish maqsadida muayyan xodim yoki guruhga ta’sir etish, ular bilan hamkorlik qilish jarayonidir.
Olimlar ta’lim menejmetining bir qator o’ziga xos xususiyatlarga ega ekanligini ham ta’kidlab o’tishadi. Ular orasida quyidagi xususiyatlar asosiy hisoblanadi:
ta’lim menejmenti «maqsadga muvofiqlik» so’zi bilan aniqlanadigan ma’naviy o’lchovga ega;
ta’lim menejmenti – bu fan va san’at (chunki bunda insonlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlar katta rol o’ynaydi);
menejment mazmunida o’z aksini topadigan shaxs, davlat va jamiyat manfaatlarining o’zaro dialektik birligi;
ta’limni boshqarishda jamoatchilikning faol qatnashuvi.
Yuqoridagilardan ko’rinib turibdiki, endilikda ta’lim tizimini davlat tomonidan boshqarishdan davlat-jamoatchilik boshqaruviga o’tiladi. Davlat-jamoatchilik boshqaruvining maqsadi – ta’lim muassasalarining dolzarb masalalarini davlat va jamoatchilik hamkorligida hal qilish, o’qituvchilar, o’quvchilar hamda ota-onalarga ta’lim dasturlarini, turlarini, ta’lim muassasalarini tanlashda huquq va erkinlik berishni kengaytirishdan iborat.