3-kurslar uchun O‘quv-uslubiy majmua



Yüklə 1,09 Mb.
səhifə197/227
tarix29.12.2022
ölçüsü1,09 Mb.
#78106
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   227
3-kurslar uchun O‘quv-uslubiy majmua

II. BAHOLASH MEZONLARI
- talabaning amaliy, seminar, tajriba mashg’ulotlaridagi, mustaqil ta’lim topshiriqlarini bajarishi hamda faolligi “5” ballik tizimda baholanib boriladi va nazorat turlarida inobatga olinadi.
- talaba mustaqil qaror qabul qilsa, ijodiy fikrlasa, bilimini amalda qo’llay olsa va savol mohiyatini bilib, xulosa chiqarganligi uchun “5” (a’lo) baho;
- talaba qisman mustaqil qaror qabul qilsa va ijodiy fikrlasa hamda bilimini amalda qo’llay olsa, berilgan savolning mohiyati haqida tushunchaga ega bo’lsa “4” (yaxshi) baho;
- talaba bilimini amalda qisman qo’llay olsa, savol mohiyatini tasavvur qilsa “3” (qoniqarli) baho;
- talaba fan dasturi talablarini o’zlashtirmagan bo’lsa va fan hamda savollar mohiyati haqida bilimga ega emas deb topilganda “2” (qoniqarsiz) baholar bilan baholanadilar.

*Yakuniy nazorat turi fakultet dekani, o’quv-uslubiy boshqarma bilan kelishgan holda va o’quv ishlari bo’yicha prorektor tomonidan imzolangandan so’ng tegishli fan bo’yicha o’quv mashg’ulotini olib borgan o’qituvchi ishtirokisiz o’tkaziladi.


Yakuniy nazorat shakli fan xususiyati va o’quv auditoriya soatidan kelib chiqib, kafedra belgilaydi.
Oraliq nazorat

Oraliq nazorat test shaklida o’tkazilganda variant 30 ta savoldan iborat bo’lsa quyidagicha baholanadi:


27-30 “5” (a’lo)
21-26 “4” (yaxshi)
18-20 “3” (qoniqarli)
17 va undan kam bo’lsa “2” (qoniqarsiz)

“Yozma” shaklda o’tkazilsa savollar tarkibi 3 tadan iborat bo’ladi va har bir savol “5” baholi tizimda baholanadi, amaliy, seminar va tajriba mashgulotlarining umumiy bahosining o’rtachasi olinib, ON bahosi bilan o’rtacha bahoni hisobga olinadi.


Yakuniy nazorat
Test shaklida o’tkazilsa variant 30 ta savoldan iborat bo’lsa quyidagicha baholanadi:
27-30 “5” (a’lo)
21-26 “4” (yaxshi)
18-20 “3” (qoniqarli)
17 va undan kam bo’lsa “2” (qoniqarsiz)

“Yozma” shaklda o’tkazilsa savollar tarkibi 3 tadan iborat bo’ladi va har bir savol “5” baholi tizimda baholanib o’rta baho hisobga olinadi.


Seminar mashg’ulotlarini tashkil etish bo’yicha ko’rsatma va tavsiyalar


Seminar mashg’ulotlarini tashkil etish va o’tkazish bo’yicha ko’rsatma va tavsiyalar ishlab chiqiladi. Seminar mashg’ulotlarida talabalarda nazariy o’zlashtirilgan bilimlar mustahkamlanadi hamda amaliyotda qo’llash ko’nikma va malakalari hosil qilinadi. Seminar mashg’ulotlariga tayyorlanish jarayonida talabalar pedagogika nazariyasi va tarixi va pedagogik mahoratga oid darslik va o’quv qo’llanmalardan foydalangan holda, mustaqil o’zlashtirish jarayonida egallagan bilimlarini yanada boyitishadi hamda amaliy ko’nikma va malakalarga ega bo’lishadi.



Yüklə 1,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   227




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin