Tarbiya metodlari. Maqsad, mazmun, shakl va vositalar kabi tushunchalar tarbiya jarayonining mohiyatini ochib beradi. Biroq, tarbiya mohiyatini yoritishda o‘ziga xos ahamiyatga ega bo‘lgan yana bir tushuncha ham mavjud, bu tarbiya metodlari tushunchasidir.
Тарбия методи (юнонча “методос” – йўл) тарбия мақсадига
эришиш, тарбияланувчиларнинг онги, иродаси,
туйғулари ва хулқига таъсир этиш йўллари
Pedagogik amaliyotga tatbiq etilganda, metod tarbiyalanuvchilarning ongi, irodasi, tuyg‘ulari va xulqiga ta’sir etish usulidir. Metodlarni takomillashtirish muammosi doimo mavjud, har bir tarbiyachi o‘zining imkoniyatiga ko‘ra uni hal qiladi, tarbiya jarayonining sharoitlariga mos holda o‘z qarashlarini ifoda etish asosida umumiy metodikani boyitadi.
Metodning ijobiy va salbiysi bo‘lmaydi, tarbiya jarayonida ma’lum yo‘lni yuqori darajadagi samarali va samarasiz deya baholash mumkin emas. Metodning samaradorligini u qo‘llanilayotgan sharoit nuqtai nazaridan baholash mumkin. Tarbiya metodlarini to‘g‘ri tanlash bir qator omillarga bog‘liq.
O‘zbek xalq pedagogikasida turli tarbiya metod, vositalaridan foydalaniladi. Ular nihoyatda rang-barang. Xalq pedagogikasida qo‘llanilgan xilma-xil tarbiya metodlarini quyidagi tarzda umumlashtirish mumkin:
1. Tushuntirish (hikoya qilish, o‘rgatish).
2. Mashqlantirish (odatlantirish, mashq qildirish).
3. Namuna (maslahat berish, uzr so‘rash, o‘rnak bo‘lish).
4. Nasihat qilish, o‘git (undash, ko‘ndirish, iltimos qilish, yolvorish, tilak bildirish, ma’qullash, rahmat aytish, duo qilish, oq yo‘l tilash va h.k.).
5. Qoralash va jazo (ta’kidlash, ta’na, gina, tanbeh berish, majbur qilish, koyish, ayblash, uyaltirish, qo‘rqitish, nafratlanish, ont ichirish, urish, kaltaklash va b.).
Tarbiya jarayonida xalq pedagogikasi namunalari, tarbiya metodlari, tarbiyaviy ta’sirlar muayyan vositalar yordamida qo‘llanilgan. Mehmon kutish, mehmonga borish, turli mehnat jarayoni, hashar, gurung (choyxona, to‘y marosimi), sayil, oilaviy an’ana (tug‘ilgan kun, fuqarolik pasporti, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va oliy ma’lumotga egalik to‘g‘risidagi attestat va diplom, davlat mukofotlarini olish kabi holatlarni nishonlash) va musobaqalar o‘ziga xos tarbiya vositasi sanaladi.
Tarbiya metodlari quyidagi turlarga ajratiladi (22-rasm):
Dostları ilə paylaş: |