3-Labaratoriya mashg’uloti Atmosfera shovqin bilan ifloslanganlik darajasini aniqlash


Germaniyada transport harakati shovqiniga qarshi kurashda yoʻllar chetidagi shovqin darajasini aniqlash uskunalaridan faol foydalaniladi. Fransiyada



Yüklə 26,72 Kb.
səhifə2/4
tarix25.09.2023
ölçüsü26,72 Kb.
#148256
1   2   3   4
4 labaratoriya

Germaniyada transport harakati shovqiniga qarshi kurashda yoʻllar chetidagi shovqin darajasini aniqlash uskunalaridan faol foydalaniladi.
Fransiyada avtomatik foto-videokameralar shovqin darajasi kuchli boʻlgan avtomashinani tanib olish, avtomatik ravishda suratga olish va uning raqamini oʻqish qobiliyatiga ega shovqin radarlari bilan jihozlangan, ushbu tizim avtotransport egasiga jarima toʻlash zarurligi haqida xatni avtomatik ravishda yuboradi.
Oʻrganish natijasida inson salomatligiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi omillardan boʻlgan shovqinga qarshi kurashni takomillashtirish boʻyicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.
Xususan:

  • shovqinning salbiy taʼsiriga qarshi kurashishni yanada puxta va aniq tartibga solish;

  • ruxsat etilgan shovqin darajasiga aniqlik kiritish;

  • belgilangan darajadan ortiq shovqin taʼsiri uchun tovon toʻlashning huquqiy mexanizmini yaratish.

Mazkur tavsiyalarni amalga kiritish maqsadida qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish taklif etilmoqda.
Bundan tashqari, rivojlangan xorijiy davlatlar misolida avtomobil yoʻllarida shovqin balandligini oʻlchash asboblarini oʻrnatish imkoniyatlarini oʻrganish tavsiya etilib, shovqinning salbiy taʼsiriga qarshi kurashish sohasidagi umumiy vaziyatni yaxshilash boʻyicha boshqa taklif va tashabbuslar ham maʼsul idoralarga taqdim etildi.
Ushbu tashabbuslarning imkon qadar tezkorlik bilan amalga oshirilishi jamiyat hayotini yaxshilash, shovqinning salbiy taʼsiriga barham berish, shuningdek, zararli mehnat sharoitlariga ega ishchilar hamda shovqin taʼsiri mavjud noqulay hududlarda yashovchi aholi uchun adolatli kompensatsiya toʻlovlari joriy etilishiga xizmat qiladi.
Bugungi kunda atmosfera havosining ifloslanishi, iqlimning dunyo miqyosida koʻtarilib borishi kabi muammolar atrof-muhitga yanada jiddiy munosabatda boʻlish lozimligini koʻrsatmoqda.

Qayd etish kerakki, mamlakatimizda atmosfera havosini ifloslanganlik darajasi xalqaro miqyosda ham yuqoriligicha qolmoqda.
Havo sifatini monitoring qilish bilan shugʻullanuvchi “AirVisual” xalqaro tashkiloti xabariga koʻra, Oʻzbekiston 2018-yilda havosi eng koʻp ifloslangan davlatlar reytingida 16-oʻrinni (34.3 µg/m³) egallagan. Keyingi ikki yil davomida bu koʻrsatkich faqat 2 pogʻonaga yaxshilangan (18-oʻrin, 29.9 µg/m³) xolos.
(maʼlumot oʻrnida: reytingning 2018-yilgi hisobotida 73 ta davlatlar qayd etilgan boʻlib, eng ifloslangan havoga ega davlatlar roʻyxatida Bangladesh (1-oʻrin), Pokiston (2-oʻrin) va Hindiston (3-oʻrin) yetakchilik qilib, Avstraliya, Finlyandiya hamda Islandiya davlatlari eng toza havoga ega mamlakatlar deb topilgan. Reyting tuzuvchilarining taʼkidlashicha, har yili havo ifloslanishi tufayli tahminan 7 mln kishi vafot etadi, shuningdek, bu holat jahon iqtisodiyotiga har yili 225 mlrd dollarlik zarar yetkazadi)
Atmosfera havosiga, aholi salomatligiga taʼsir koʻrsatuvchi va dolzarb ahamiyat kasb etib borayotgan muammolardan biri bu – zararli va yoqimsiz hidlardir.

Yüklə 26,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin