3-Labarotoriya ishi. Gips bog‘lovchi moddalar.Gipsning maydalik darajasini va normal kuyukligini aniqlash. Qurilish gipsi kotish davrini aniqlash va namunalar tayyorlash.Qurilish gipsi markasini aniqlash
GIPS BOG‘LOVCHI MODDALAR Vazifa: Gips bog‘lovchi moddalarning xossalarini aniqlash.
Gips bog‘lovchi moddalar to‘grisida umumiy tushuncha: Qurilish gipsi xovoda qotadigan bog‘lovchi moddadan iborat bo‘lib, gipstosh (CaSO4 ·2H2O) ni 150-1800S issiqda kuydirib tarkibida yarim molekula suv bo‘lgan kalsiy sulfat (CaSO4 ·0,5H2O)ga aylantirib, tuyib maydalash yo‘li bilan olinadi. Qurilish gipsidan qurilish detallari va buyumlari tayyorlash maqsadida, shuningdek, suvoq ishlarida foydalaniladi.
1-ish. Gips bog‘lovchi moddaning maydalik darajasini aniqlash Maydalik darajasi bo‘yicha texnik talablar (jadvalni to‘ldiring)
3.1-jadval.
Elakda qolgan to‘la qoldik (№ 0,2 mm li elak), % kup emas.
Dag‘al maydalanganlik
I
23%
O‘rtacha maydalanganlik
II
14%
Nozik maydalanganlik
III
2%
Ta’rif: Gipsning maydalik darajasi 0,2 nomerli elakda elangandan keyin qolgan qoldiqning miqdori bilan ifodalanadi.
Asbob va uskunalar: Elektron tozozi, 0,2 nomerli elak.
Ishlash tartibi:Quritish javonida 50-55°S xaroratda bir soat mobaynida quritilgan gips namunasidan tarozida (0,1 g aniqlikda) 50 g tortib olinadi, bunda tarozi pallasiga soat oynasini qo‘yish va gipsni shu oyna ustida tortish lozim. Tortib olingan gips turi 0,2 nomerli elakdan (rasm) o‘tkaziladi; gipsni elaganda elakning qopqog‘ini bekitish kerak; gips qo‘lda elanadi, yoki elakni silkitib turadigan asbobga o‘rnatiladi. Elash jarayoni odatda 5 - 7 minut davom etadi, keyin asbob to‘xtatilib, zlakning tubi extiyotlik bilan ajratib olinadi va gips kukuni boshqa idishga solinadi. Tekshirib ko‘rish maqsadida (elakning tubini olib qo‘yib) gips qog‘oz ustiga elanadi (tekshirish uchun elash). Bir daqiqa davomida elakdan eng ko‘pi 0,05 g gips tushsa, elash nixoyasiga yetkazilgan xisoblanadi.
Gips kukunining maydalanganlik darajasi elakda qolgan gips massasining dastlabki namuna massasi; (50 g) ga nisbati sifatida aniqlanadi; bunda yo‘l qo‘yiladigan xatolik 0,1% dan ziyod bo‘lmasligi lozim. Ikki marta sinash natijalarining o‘rtacha arifmetik qiymati gips kukunining mayinlik qiymati sifatida qabul qilinadi.
Binokorlik gipsi mayinligi, zarralarning maydaligi jixatidan uch guruxga ajratiladi: I dag‘al - elakdagi qoldiq 23% dan oshmaydi; II - o‘rtacha elakdagi qoldiq 14% dan ortiq; III – mayda kukun –elakdagi qoldiq 2% dan oshmaydi.
Gipsning namunasi- …………g.
Elakda qolgan qoldik- ………..g.
Maydalik darajasi-………….%
Xulosa: