3.laboratoriya ishi Detallarga ishlov berish aniqligini tahlil qilish. Ishdan maqsad
Talabalarda detallar aniqligini tekshirish va uni statistik usullardan foydalanib hisoblash ko‘nikmalarini shakllantirish.
Ish o‘rnining jihozlanishi Diametri 308 ( ) mm qilib ishlov berilgan vallar.
Mikrometr (25-50 mm)
Pentium rusumidagi kompyuter.
Detallarning geometrik parametrlari to‘g‘risida ma’lumot.
Mashinaning zaruriy sifatini ta’minlashning asosiy bosqichlaridan biri detalning holatini baholashdir. Detalning holati uning chegaraviy o‘lchamlari va o‘lcham og‘ishlari bilan tavsiflanadi. Ular o‘rtasida ma’lum bog‘lanish mavjuddir. Valning eng katta ruxsat qilingan o‘lchami:
dmax=d n+es, bu yerda: dn- valning nominal o‘lchami (dnq30mm);
es – valning ruxsat qilingan yuqorigi chegaraviy og‘ishi, mm
Valning eng kichik ruxsat qilingan o‘lchami
dmin=dh +ei,
bu yerda: ei – valning ruxsat qilingan quyi chegaraviy og‘ishi.
Vallarning tayyorlanish jarayonida kelib chiqadigan xatoliklariga qarab, ular tuzatib bo‘ladigan va bo‘lmaydigan yaroqsizlik holatlarida bo‘lishi mumkin. Agar valning aniqlangan o‘lchami dmaxdan katta bo‘lsa, u tuzatiladigan yaroqsizlik holatida va ishlov berish natijasida yaroqli holatga olib kelish imkoniyati mavjud. Aksincha, valning o‘lchami dmin dan kichik bo‘o‘lsa, bu detalni qo‘shimcha ishlov berib, ishga yaroqli holatga olib kelib bo‘lmaydi va shu sababdan detalning bu holati tuzatib bo‘lmaydigan yaroqsizlik holati deb baholanadi.