3. Laboratori stendini tuzilishi
Qurilma sinaladigan relelar tơplamidan, elektron millisekundomerdan va ta'minot manbaidan iborat.
4.7-rasm. Releni vaqt ơlcham (parametr)lariri ơlchash elektr sxemasi
Qurilma panelida (panel yuzasini ơrganishda 4.7-rasmda keltirilgan ơlchashlar elektr sxemasiga qar.): qurilmaga ta'minot berishga mơljallangan T1 va T2 tumblerlar; rele g’altagiga beriladigan Up kuchlanishini silliq ơzgartirishga mơljallangan R – potensiometr; Up ơlchash uchun voltmetr; elektron millisekundomer; millisekundomerni klemma (qisma)lari; KL1, KL2, KLZ, KL4 – klemmalar, ta'minot manbai sinaladigan relega ulash uchun; KL5, KL6 – sinaladigan rele kontaktlarni ulashga mơljallangan klemmalar; KL9, KL10 – sinaladigan rele g’altagini ulashga mơljallangan klemmalar; R1-R4 – rezistorlar; S1-S4 – sig’imlar; VD tơg’rilagich hamda L induktivlik g’altagi ulashga mơljallangan chiqarmalari joylashtirilgan. Panel yuzasida relening shtepsel kolodkasi (qolipi) joylashtirilgan. Releni g’altaklar va kontaktlarning klemmalari bor bơlib, ular millisekundomerga ulanishi kơzda tutilgan. Millisekundomer panelida ushbu qayta ulagichlar joylashtirilgan: "Tarmoq" – asbobni ulash uchun; "Ish rejimi" (tugmasini bosish bilan) – ish rejimini tanlash uchun; "1" – tsr ơlchashga; "2" – ttp ơlchashga; "3" – t'tp ơlchashga; "4" – tot ơlchashga; "tashlash" – hisoblash sxema kơrsatkichini tashlash uchun; "Ishga tushirish" – ơlchash sxemasini ishga tushirish ulagichlari ơrnatilgan.
4. Laboratori ishiga topshiriq
4.1.Relening vaqt ơlchamlarini ơzgartirish uslublari [1] adabiyotdan ơrganilsin.
4.2.Releni vaqt ơlchamlarini sxema yordamida ơzgartirish uslublarini tajribada tadqiqot ơtkazilsin. Aniqrog’i: tsr, ttp, tot, t'tp miqdor-larini berilgan Up kuchlanishga bog’liqligi; tsr, ttp, tot, t'tp miqdorlarini parallel ulangan qơshimcha S sig’imga bogliqligi; tsr, ttp, tot, t'tp miqdorlarini parallel ulaganda aktiv R qarshilikka bog’liqligi; tsr, ttp, tot, t'tp, miqdorlarining rele chulg’amiga ketma-ket ulangan L induktivlik g’altagi va chulg’amga parallel ulangan VD diodga qarab ơzgarishi aniqlansin.
Dostları ilə paylaş: |