3-laboratoriya ishi Relelarning vaqt xarakteristikalarini tadqiq tish Ishdan maqsad



Yüklə 484,27 Kb.
səhifə1/5
tarix20.11.2023
ölçüsü484,27 Kb.
#162368
  1   2   3   4   5
3-лаборатория машғулоти. Реленинг вақт параметрларини ўрганиш


3-laboratoriya ishi
Relelarning vaqt xarakteristikalarini tadqiq tish


1. Ishdan maqsad

Relelarning vaqt ơlcham (parametr)larini asosiy elektr uslublar bilan ơzgartirishni ơrganish va ularni tadqiqot etish.




2. Nazariy qism

Rele yakorini tortish va qơyib yuborishida bơladigan jarayonlarni maxsus vaqt diagrammalarida (4.1-rasm) tasvirlash qulaydir. Rele ishga tushishida uchta jarayon bơladi, ularga vaqt diagrammasida (4.1, a-rasm) tegishli nuqtalar mos keladi: 1 nuqtaga releni ishga tushish payti; 2 nuqtaga orqa kontaktni ajralish payti; 3 nuqtaga rơpara kontakni tutashish payti tơg’ri keladi. 1-2 kesimga tjtr vaqti, 2-3 kesimga tuch.tr vaqti, 1-3 kesimga ttr vaqti tơg’ri keladi. Rele toksizlantirilganda ham uchta jarayon bơladi: 4 nuqta rele chơlg’amini uzilishi; 5 nuqta rơpara kontaktni ajralish payti; 6 nuqtaga orqa kontaktni tutashish payti mos keladi. 4-5 kesim tj.aj vaqti; 5-6 kesimga tuch.aj vaqti, 4-6 kesmga taj vaqti tơg’ri keladi. Diagrammadagi shtrixlangan maydon, rele chơlg’amidan tok oqayotgan (1-4 kesim) vaqtni kơrsatadi.





4.1-rasm. Rele ishlashining vaqt diagrammasi





4.2-rasm. Puls-para sxemasi va uni ishlash vaqt diagrammasi

Kơpriksimon kontakt uchun vaqt diagrammasi 4.2, b-rasmda keltirilgan. Rele ishga tushganida oldin (vaqt bơyicha) uni rơpara kontakti (3 nuqtada) tutashadi, sơngra orqa kontakt (2 nuqtada) ajraladi. Rele toksizlantirilganda, oldin orqa kontakt (6 nuqtada) tutashadi, sơngra rơpara kontakt (5 nuqtada) ajraladi. Vaqt diagrammalarini rele-kontaktli sxemalarning ishlashini bayon etishda ishlatishadi. Ikkita A va V relelarda qurilgan impulslar generatorining puls-parani (puls-juftlikni) (4.2, a-rasm) ishlashi 4.2, b-rasmdagi vaqt diagrammasida kơrsatilgan. S tugmasini bosish paytida A rele (1 nuqtada) ishga tushadi. Rơpara kontakt 11-12 A tutashgan paytda (3 nuqtada) V rele (1' nuqtada) ishga tushadi. Orqa kontaktni 11-13 V (2' nuqtada) ajralishi, A releni (4 nuqtada) toksizlanishiga olib keladi. 11-12 A kontaktni (5 nuqtada) ajralishi, V releni (4' nuqtada) toksizlanishiga olib keladi. 11-13 V kontaktni (6' nuqtada) tutashishi, yana A releni ishlashiga va sxema ishini takrorlanishiga va bu S tugma toki bosilgan bơlsa, davom etishiga olib keladi. EL lampa 21-22 A kontakt bilan davriy ulanib turiladi. Vaqt diagrammalari rele-kontaktli sxemalar ishidagi barcha jarayonlarni aks ettiradi hamda batafsil bayon etish uslubi hisoblanadi. U yordamida sxemaning vaqt kơrsatkichlarini hisoblashga imkon beradi. Masalan, A va V relelarning vaqt kơrsatkichlarini bila turib, eL lampa qancha vaqt yonib (timp) va yonmasdan (tint) turishini hisoblash mumkin:




timp=t (1' - 2') + t (4-5) = ts.tr.v + ts.aj.A


tint=t (4' - 6') + t (1" - 3") = taj.v + ttr.A

Yozishni boshqacha uslub – bu ơtishlar jadvali (4.1-jadval) va qatorli yozuv (4.3-rasm) bơlib, unda bunday darajadagi tafsilotlarga ega emaslar.


4.1-jadval


Yüklə 484,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin