Temur 1395-1397 yillarda uning kichik qabri ustiga ulug‗vor bino qurdirgan
bo‗lib, u hamon o‗zining salobati, ko‗rkamligi bilan ziyoratchilarni o‗ziga maftun
qilib kelmoqda. Shoirning Yassaviy taxallusi bilan qoldirgan adabiy merosi asosan
to‗rtliklardan iborat.
Shuningdek, uning adabiy merosida ayrim g‗azal va
masnaviylar ham mavjud. Shoir ijodining g‗oyaviy yo‗nalishi tasavvufona bo‗lib,
kishilarni bu dunyoda pok, halol, beozor, etim-g‗ariblarga mehr-Shafqatli bo‗lib
yashashga da‘vat qilishdan iborat. Bu yo‗lda insonlar o‗zlarini turli nojo‗ya
yo‗llarga boshlovchi nafsni jilovlashga chaqiradilar.
Ahmad Yassaviy Yusuf Hamadoniyga Shogird to‗shadi
va uning
ta‘limotini rivojlantirib «Yassaviya» tariqatini yaratadi. «Yassaviya» tariqatining
barcha aqidalari Ahmad Yassaviyning asosiy asari bo‗lmish «Hikmat»da mufassal
bayon etilgan. «Hikmat»da o‗z ql kuchi, peshona ter iva halol mehnati bilan kun
kechirish, Alloh taolo visoliga etishish yo‗lida insonni
botinan va zohiran har
tomonlama takomillashtirish kabi ilg‗or umuminsoniy qadriyatlar ifoda etilgan.
Mol-dunyoga, boylikka va davlat orttirishga mukkasidan ketgan, xasis va ochofat
kishilarni yassaviy beayov tanqid qiladi.
Dostları ilə paylaş: