3-ma‟ruza 3-Mavzu: XIV asrning ikkinchi yarmi vaXVi asrda Movaraunnahrda pedagogik fikrlar rivoji


Mirzo Ulug„bekning pedagogik g„oyalari va ma‟rifatparvarlik xizmatlari



Yüklə 388,29 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/7
tarix27.11.2022
ölçüsü388,29 Kb.
#70800
1   2   3   4   5   6   7
4-мавзу маъруза (2)

Mirzo Ulug„bekning pedagogik g„oyalari va ma‟rifatparvarlik xizmatlari 
Mirzo Ulug‗bek (1394-1449) O‗rta Osiyo xalqlari ilm-fani va madaniyatini 
jahon miqyosiga olib chiqqan, millat pedagogik fikr taraqqiyotiga munosib hissa 
qo‗Shgan buyuk siymolardan biridir. 
1411 yili 17 yoshli Ulug‗bek Movarounnahr va Turkistonning hokimi etib 
belgilanadi. Uning tashabbusi bilan o‗lkada ilm-fan, ayniqsa falakkiyot ilmi 
yuksala bordi. U riyoziyot fanini mukammal egallagan va ungacha hech kim 
unchalik tez va aniq hisoblay olmagan. 
U davlatning madaniy markazlaridan Buxoro (1417), Samarqand (1420) 
keyinchalik G‗ijdivonda (1433) madrasalar qurdirdi. Bu madrasalarda mashhur 
olimlar, ilohiyot ilmlaridan tashqari riyoziyot, xandasa, astronomiya, tibbiyot
tarix, geografiya, ilmi aruzdan dars berishgan. 
2
Temur tuzuklari. (Forschadan A.Sog‘uniy tarjimasi). Т.: Sharq, 2005, 160 b. 


Madrasalarda mashhur, bilimli kishilar mudarrislik qildi. Yirik olimlardan 
Qozizoda Rumiy, G‗iyosiddin jamshid ibn Mas‘ud, Mansur koshiy, Muhammad 
Birjoniy, Ali qushchi kabilar faoliyat ko‗rsatdi. Madrasada Ulug‗bekning o‗zi ham 
astronomiyadan ma‘ruzalar o‗qigan. 
Madrasa qurdirganidan 4 yil o‗tgach, Obiraxmat soyining bo‗yida rasadxona 
qurdiradi. Uning qurilishiga 5 yil ketadi. Kutubxona ochib, mashhur asarlarni 
yig‗adi. Madrasa bilan rasadxona o‗rtasida mustahkam aloqa bor edi. Rasadxonada 
ishlaganlarning bir qismi madrasada mudarrislik ham qilishgan. Bu esa riyoziyot 
va yulduz ilmini yuksaklikka ko‗tardi. 
Ulug‗bekning «Ziji Ulug‗bek» asari juda mashhurdir. Yana riyoziyotga oid 
«Bir daraja sinusini aniqlash haqida risola», yulduzlarga bag‗ishlangan «Risolai 
Ulug‗bek» va tarixga oid «Tarixi arba‘ ulus» asarlari bor.
Ulug„bek davrida maktab islohoti 
Ulug‗bek yoshlar ta‘lim-tarbiyasiga katta e‘tibor beradi. Madrasalarda 
o‗qitish tizimini jonlantiradi. O‗qish muddati 15-20 yildan 8 yilga tushuriladi. 
O‗quvchilar bilan rasadxonada amaliy mashg‗ulotlar o‗tkazishni joriy etadi. 
Ulug‗bek o‗qituvchi – mudarrisga katta talablar qo‗yadi. Mudarrislar avvalambor, 
o‗zini tarbiyalamog‗i, bilim va malakalarni egallamog‗i, o‗z ustida tinmay ishlashi, 
darslarni yuqori saviyada o‗tishga ahamiyat berish kerak. U ta‘limda darsliklarning 
o‗rnini muhim deb biladi. Shuning uchun darslik mazmuniga katta e‘tibor beradi 
va mualliflar oldiga jiddiy talablar qo‗yadi. Darslik hayot haqiqatidan uzoq 
bo‗lmasligi, sodda, tushunarli tilda yozilishi lozim. 
Ulug‗bek ta‘limga matematika, falakkiyot, adabiyot, tarix fanlariga katta 
ahamiyat beradi. U o‗z pedagogik qarashlarida bolalarning jismonan sog‗lom, 
xarbiy hunar egallagan, jasur, mard bo‗lib yetishishlariga alohida e‘tibor beradi. U 
do‗stlik va birodarlikni ulug‗laydi. 

Yüklə 388,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin