3-Ma’ruza atom-molekulyar ta’limot. Kimyoning asosiy stexiometrik qonunlari reja



Yüklə 32,99 Kb.
səhifə5/6
tarix30.04.2023
ölçüsü32,99 Kb.
#104958
1   2   3   4   5   6
Atom malekulyar talimoti

Ekvivalentlar qonuni. 1804-1814 yillardagi Rixter, Dalton va Vollastonlarning tajribalari natijasida ekvivalentlar qonuni aniqlandi. Qonun quyidagicha ta’riflandi:
Reaksiyaga kirishuvchi moddalar massalarining nisbati ularning ekvivalentlari nisbatiga teng, yoki, hamma moddalar ekvivalent nisbatlarda ta’sirlashadi.
Kimyoviy ekvivalentni quyidagicha ifodalash kiritilgan: 1 o.q. vodorod yoki 8 o.q. kislorod bilan birika oladigan yoki o’rin almashina oladigan modda miqdori shu moddaning kimyoviy ekvivalenti deyiladi.
Moddaning kimyoviy ekvivalentini bilish uchun uni tashkil qiluvchi elementning kislorodli yoki vodorodli birikmasini bilish kerak



bu yerda: E - ekvivalent;


A yoki M - atom yoki molekulyar massa;
n - valentligi yoki asosligi (negizliligi).

Moddaning ekvivalent massasiga son jihatdan teng qilib olingan modda miqdori gramm-ekvivalent deyiladi. Masalan: N2SO4 ning gramm-ekvivalentini hisoblaymiz:





Kimyoviy ekvivalent tushunchasi amaliy hisoblashlarni bajarishda qo’l keladi (normal eritmalar, elektrokimyoviy jarayonlar va h.).




Hajmiy nisbatlar qonuni. Bu qonun 1805 yilda Gey-Lyussak (Fransiya) tomonidan kashf etilgan bo’lib u quyidagicha ta’riflanadi:
Bir xil fizikaviy sharoitda (P,T) kimyoviy reaksiyaga kirishuvchi gazlarning hajmlari o’zaro va reaksiya natijasida hosil bo’ladigan gazlarning hajmlari bilan oddiy butun sonlar nisbati kabi nisbatda bo’ladi.
Masalan, 2 hajm vodorod 1 hajm kislorod bilan yuqori temperaturada reaksiyaga kirishganda 2 hajm suv bug’i hosil bo’ladi.
Sanoatda juda ko’p qo’llaniladigan gaz analizi usuli shu qonunga asoslangan (Ors, Vyurs-Shtroleyn, BTI — Butunittifok teplotexnika instituti gaz analizatorlari).
Avogadro qonuni. Tabiiy bilishning asosiy qonunlaridan biri — Avogadro qonuni italyan olimi Avogadro tomonidan 1811 yilda maydonga tashlangan:

Yüklə 32,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin