Bir xil sharoitda (bir xil temperatura va bir xil bosimda) va baravar hajmda olingan turli gazlarning molekulalar soni o’zaro teng bo’ladi. Bu qonunni shuningdek, konsentratsiya uncha katta bo’lmagan holatlarda ionlar va ionlashgan gazlar elektronlari uchun qo’llash mumkin.
Keyinchalik (1850 yil o’rtalarida) Jerar tomonidan Avogadro qonuniga asoslanib, gaz holatdagi moddalarning kimyoviy tarkibiga bog’liq bo’lmagan holda molekulyar massasini aniqlashning ikki yo’lini ko’rsatildi:
1-yo’l: Bir xil fizik sharoitda har qanday gazning gramm-molekulasi bir xil hajmni egallaydi (OC, 760 mm. sim. ust.).
v = 22414 sm3 /mol = 22,4 l/mol yoki 22,4 m3 /kmol.
Bu miqdor gazlarning molyar xajmi deyiladi.
2-yo’l: Gazsimon moddaning molekulyar massasi uning vodorodga nisbatan zichligini ikkiga ko’paytirilganiga teng (aniqrog’i 2,016).
bu yerda: Dx (H2) - X gazining vodorodga nisbatan zichligi yoki
X va H2 gazlari zichliklarining nisbati, bu oddiy fizik ekcperiment bilan aniqlanadi.
1908-1910 yillarda fransuz olimi Perren tomonidan birinchi bo’lib 10 g molekula gazdagi (n.sh.da) molekulalar soni aniqlandi:
N=6,02•1023 mol‒1
Bu son Avogadro soni deb ataladi
Nazorat uchun savol va mashqlar.
«Korpuskula» va molekula o’rtasida qanday farq bor?
Kimyoviy element massasi energiyaga aylanishi mumkinmi? Javobingizni izohlang.
Tarkibning doimiylik qonuniga qanday moddalar bo’ysunadi?
H3PO4 va HCl ning ekvivalent massalarini hisoblang.
Gazning molyar hajmi deganda nima tushuniladi?
Modda massasining saqlanish qonunini mohiyati nimadan iborat?