O’quvchilar geometrik figuralani tasavvur qila olishni , ularni atashni va katakli qog’ozga sodda yasashlarni o’rganib olishlari kerak .Bundan tashqari, ular kesma va siniq chiziq uzunligini,ko’pburchak peremetrini, to’g’ri tortburchak,kvadrat va umuman har qanday figuralarning yuzini (paletka)yordamida topish masalasini egallab olishlari kerak .
Masalalar shunday masalalarki ,ular yordamida eng avvalo boshlang’ich matematika kursining ko’pgina masalalari ochib beriladi.
Masalan, masalalar yechish yordamida arifmetik amallarning , amallar xossalarining , arifmetik amallar natijalari bilan komponetlari orasidagi bog’lanishlarning va hakozolarning konkret mazmunlari ochiladi.
Shunday qilib, masalalar matematika o’qitishni turmush bilan bog’lash, matematik bilimlar qo’llanishining matematik tushunchalarining har xil tomonlarini ochish uchun yetarlicha har xil hayotiy vaziyatlar bilan taminlovchi muhit bilan bog’lash vositasidir . Bundan tashqari ,masalalar yechish jarayonida o’quvchlar turmusda kerak bo’lgan ko’nikma va malakalarini egallab olishadi.
Ko’rib turibmizki,boshlang’ich matematika kursining mazmuni juda kattadir. Matematik xotiraning, tafakkurning, diqatning, ijodiy tasavurning va h.k. rivojlanishini ham hisobdan chiqarib tashlamaslik kerak. O’qituvchi matematika darslarida bolalarning mantiqiy tafakkurlarini rivojlantirishning real imkoniyatlarga ega, ana shu imkoniyatdan to’la foydalanish kerak.
Nazorat savollari
Boshlang’ich sinf matematika kursining tarkibiy qismlari qay tarzda o’qitiladi?
Murakkab masalalarni nechanchi sinfdan o’rgatish maqsadga muvofiq?
Boshlangich sinflarda matematika kursining mazmuni va tuzilishi.