3-маъруза. Дастгоҳларнинг асосий қисмларини ишлаб чиқариш технологияси



Yüklə 250,1 Kb.
səhifə3/5
tarix02.05.2023
ölçüsü250,1 Kb.
#106351
1   2   3   4   5
3-маъруза

2.3. Maxsus dastgohlar - bir nomdagi (yoki bir xil o'lchamli har xil nomidagi) zagotovkalar ustida qandaydir ishlarni bajarish uchun mo‘ljallangan. Masalan, gaz turbinalarining parraklariga ishlov beruvchi maxsus dastgohlar yaratilgan. Bunday dastgohlar asosan keng ko‘lamli, ba’zan yirik seriyali ishlab chiqarishda qo‘llaniladi.

3. Avtomatlashtirish darajasi bo'yicha dastgohlar quyidagi turlarga bo’linadi:

3. Avtomatlashtirish darajasi bo'yicha dastgohlar quyidagi turlarga bo’linadi:

3.1. Ishchi (tokar, frezalovchi,...) tomonidan qo'lda boshqariladigan dastgohlar.

3.2. Yarim avtomat dastgohlar. Masalan, 5B63 modelli rezba frezalash yarim avtomatik yirik seriyali va keng ko'lamli ishlab chiqarishda foydalaniladi.

3.3. Avtomat dastgohlar. Masalan, 1A240-6 modelli olti shpindelli tokarlik avtomati kalibrlangan diametri 40 mm gacha bo'lgan po'lat va chiviqdan yo'nish, parmalash, razvyortkalash, rezba ochish, kesib tushirish va boshqa operatsiyalarni bajarib turli detallarni keng ko‘lamli ishlab chiqarish sharoitida tayyorlab beradi.

Avtomat-dastgohlarda zagotovka ishlov berish texnologik jarayonini bajarish uchun zarur bo‘lgan barcha asosiy va yordamchi harakatlar mexanizatsiyalashgan bo‘ladi.

Avtomat-dastgohlarda zagotovka ishlov berish texnologik jarayonini bajarish uchun zarur bo‘lgan barcha asosiy va yordamchi harakatlar mexanizatsiyalashgan bo‘ladi.

Yarim avtomat dastgohlarda detalni ishlab chiqarish texnologik sikli to‘la mexanizatsiyalashtirilmagan, ya‘ni tayyor detalni bo‘shatish va zagotovkani o‘rnatish hamda dastgohni ishga tushirish operator yordamida bajariladi. Zagotovkaning ishlov o‘tadigan yuzalarini ishlash davriy takrorlanuvchi sikl bo‘yicha avtomatik tarzda amalga oshiriladi.

Avtomat va yarim avtomatlarda siklni boshqarish taqsimlovchi vallar yordamida bajariladiki, valga o'rnatilgan disksimon yoki barabanli kulachoklar mexanizmlarning ishini boshqaradi.

3.4. Dastur bo'yicha boshqariladigan dastgohlar. Bunday dastgohlarda avtomatlashtirish darajasi yanada yuqori bo'lib, kesuvchi asbob va zagotovkalarni almashtirish, kesish rejimini o'zgartirish, detal yuza-larining o'lchamlarini o'lchash kabi operatsiyalar ham avtomatlashtirilgan bo'ladi.


Yüklə 250,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin