3-ma’ruza gap bo‘laklari, ularning turlari. Eganing ta’rifi va ifodalanishi


Ega bilan kesimning orasida tirening ishlatilishi



Yüklə 40,11 Kb.
səhifə3/3
tarix07.01.2024
ölçüsü40,11 Kb.
#211458
1   2   3
3-маъруза матни

Ega bilan kesimning orasida tirening ishlatilishi
Yozuvda ba’zan kesim bilan ega orasida tire ishlatiladi. Bu quyidagi holatlarda sodir bo‘ladi:
1. Kesim ot, olmosh, son bilan ifodalanib, -dir affiks bog`lamasi qo‘llanmaganda: Mehnat - hurmatning toji. (Maqol). Tashqaridagi gap – kir o‘radagi mag`zava (SHuhrat). To‘rt karra to‘rt - o‘n olti.
2. Gapning egasi yoki kesimi, yo bo‘lmasa ham egasi, ham kesimi harakat nomi bilan ifodalanib, -dir bog`lamasi bo‘lmaganda: Bekor yurish – illatning onasi, g`urbatning makoni. («Tafakkur gulshani»). O‘qish - ulg`ayish. (Maqol). Tilni bilish – dilni bilish (Maqol).
3. Ega ko‘rsatish olmoshi bilan ifodalanib, kesim tarkibida affiks bog`lama ishlatilmaganda: Bular – ko‘m-ko‘k dov-daraxtlar. (K.YAshin).
Gapning lisoniy qurilishida eganing ifodalangan yoki ifodalanmaganligiga ko‘ra ikki ko‘rinishi bo‘ladi:
1) egali gaplar;
2) egasiz gaplar.
Egali va egasiz gap gapning lisoniy sintaktik qolipi bilan emas, balki gap kesimining lug‘aviy [W] va kesimlik qo‘shimchalari [Pm] qismlarining ba’zi bir ifodalanish xususiyatlari bilan bog‘liq.
1. Egasiz gaplar. Bunday gaplarda kesim tarkibidagi [Pm] ning shaxs-son ma’nosi o‘ta kuchsizlanib, gap tarkibidagi eganing mutlaqo bo‘lmasligini keltirib chiqaradi. Egasiz gaplarning mavjudligiga olib keluvchi omillar kesimdagi [W] va [Pm]ga bog‘liq ikki guruhga bo‘linadi.
[W] ga bog‘liq ravishda egasiz gapning vujudga kelishi. 1.O‘timsiz fe’llar (masalan, bormoq, yurmoq, yugurmoq, qolmoq, erishmoq) vositasiz to‘ldiruvchiga ega bo‘lganligi tufayli majhul nisbat shaklini olganda, gap egasiz qo‘llanadi: 1. Bugun stadionga boriladi.2. O‘n minut qadar yo‘l yurildi. (Oyb.) 3. Institutning o‘ttiz yili davomida ulkan yutuqlarga erishildi.4. Katta trassaga chiqish uchun o‘ng tomonga yuriladi. 5. Jizzaxga borish uchun Samarqanddan otiladi.
Bu gaplar kesimidagi mumkin, shart, kerak kesimlik so‘zi [Pm] dagi mayl ma’nosi ifodalovchilari bo‘lib, ulardan keyin zamon va tasdiq, inkor ma’nolarini ifodalovchi vositalar keladi.


Yüklə 40,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin