3-MA’RUZA GAP BO‘LAKLARI, ULARNING TURLARI. EGANING TA’RIFI VA IFODALANISHI. .
Gap bo’laklari haqida umumiy ma’lumot Gapda biror so’roqqa javob bo’lgan va o’zaro tobe bog’langan so’z yoki so’z birikmasi gap bo’lagi deyiladi. Gap bo’laklarini belgilashda asosiy xususiyat ular orasidagi sintaktik aloqadir. So’zlarga so’roq berish, ularning qaysi turkumga mansubligi, ularning gap ichida joylashish tartibi, ularning qanday qo’shimchalar olishi tom ma’noda ularning turlarini belgilashda asos bo’la olmaydi. Gap bo’laklarining turi odatda bir-biriga nisbatan aniqlanadi: ega kesimga nisbatan, aniqlovchi aniqlanmishga nisbatan, hol hollanmishga nisbatan, to’ldiruvchi to’ldirilmishga nisbatan aniqlanadi. Nisbat beriluvchi bo’lak bo’lmas ekan, u yoki bu gap bo’lagi haqida gapirish mumkin emas. Gap bo’laklari ikki turli bo’ladi: bosh bo’laklar va ikkinchi darajali bo’laklar. Ega va kesimgapning bosh bo’laklaridir. Ular o’zaro faqat tobe bog’lanadi. Bosh bo’laklar gapning grammatik asosini tashkil etadi.
Gap bo’laklarini tuzilishiga ko’ra ham ikki turga bo’lishadi:
1. Oddiy bo’laklar yakka so’z bilan ifodalanadi (qo’shma, juft so’zlar bilan ifodalansa ham, oddiy bo’lak hisoblanadi): Dars boshlandi.
2. Murakkab bo’laklar turg’un bog’lanmalar (to’g’ri ma’noli va ko’chma ma’noli), erkin bog’lanmalar bilan ifodalangan bo’laklardir: Aravani quruq olib qochish (nima?) sizga yarashmaydi (turg’un bog’lanma). Uch og’ayni (kim?) shirin suhbat qurishyapti (erkin bog’lanma).
Gapda kesim bilan bog’lanib, shu kesimdagi qo’shimchalar ifodalagan shaxs-sonni bildiruvchi va kim?nima? qaer? so’roqlariga javob bo’ladigan bo’lak ega deb ataladi. Odam(kim?) ko’p, ish (nima?) kam. Atrof (qaer?) jimjit.
Ega bosh kelishikda bo’lib, odatda, quyidagicha ifodalanadi: