6. Arximed qonuni. Jismlarning suyuqlikda suzishi. Suzuvchanlik.
Arximed qonuni quyidagicha ifodalanadi: Suyuqlik botirilgan jismga siqib chiqaruvchi kuch ta'sir qilib, bu kuchning kattaligi botirilgan jism siqib chiqargan suyuqlik og’irligiga teng bo`ladi .
7-rasm. Arximed qonuniga doir chizma.
Suyuqlikka V hajmli jism botirilgan bo’lsin (7-rasm). Unga ta’sir etuvchi kuchlar quyidagilar bo’ladi:
1 Jismga yuqoridan ta’sir etuvchi bosim kuchi
,
2. Jismga pastdan ta’sir etuvchi bosim kuchi
,
3. Pastga yo`nalgan og`irlik kuchi
,
4. Jismga yon tomonlaridan ta’sir etuvchi kuch PH
(10)
Shunday qilib, jismni siqib chiqarishga harakat qilayotgan kuch jism siqib chiqargan suyuqlikning og`iriligiga teng ekan.
Jismlarning suyuqlik sirtiga qalqib chiqishiga yoki suyuqlik ichida suzib yurishi yuqorida qayd qilingan kuchlarning o`zaro nisbatiga bog’liq.Bu kuchni ko`taruvchi kuch deb yuritiladi:
va HS=V ekanligini hisobga olsak,teng ta’sir etuvchi kuch
. (11)
Formuladan jismlarning suyuqlikda suzuvchanligi,ya’ni ma’lum yuk bilan suzib yurish qobilyati to`g`risida xulosa qilishimiz mumkin.
Har qanday qalqib yuruvchi jism suzuvchanlik zonasiga ega bo`lib, bu uning suzib yurishini ta’minlaydi;
1. Agar bo’lsa, ya’ni jismning solishtirma og’irligi suyuqliknikidan kam bo’lsa, ko’taruvchi kuch R musbat bo’ladi (yuqoriga yo’nalgan). Bu holda jism suyuqlik sirtida qalqib yuradi.
2. Agar bo’lsa, ya’ni jism bilan suyuqlik solishtirma og’irliklari teng bo’lsa, u holda R = 0, ya’ni jism suyuqlik ichida suzib yuradi.
3. Agar bo’lsa, u holda ko’taruvchi kuch manfiy (pastga yo’nalgan) bo’ladi va jism suyuqlik tubiga cho’kadi
Dostları ilə paylaş: |