Foydalanilgan adabiyotlar
1. K.Sh. Latipov "Gidravlika, gidromashinalar, gidroyuritmalar" Toshkent, O`qituvchi" nashriyoti, 1992 y.
2. K. Latipov, S. Ergashev "Gidravlika va gidromashinalar" Toshkent, "O`qituvchi" nashriyoti, 1986 y
3. A.Yu. Umarov "Gidravlika", Toshkent, "O`zbekiston" nashriyoti, 2002 y.
4. Uginchus, Chugaeva Ye.A. "Gidravlika", Leningrad, 1971 y.
5. V.A. Bolshakov Spravochnik po gidravlike, Kiev, 1974 g.
1.Gidrostatik mashinalar
Gidrostatikaning asosiy qonunlari asosida ishlaydigan mashinalar gidrostatik mashinalar deb yuritiladi. Ularga gidropresslar, gidroakkumulyatorlar, domkratlar (gidroko`targichlar) va boshqalar kiradi.
Gidravlik sistemalarda bosim va suyuqlik sarfining ortib ketish yoki kamayish hollari bo`ladi. Bosim va sarfni normallashtirishi uchun mana shu hollarda gidroakkumulyatorlardan foydalaniladi. Gidroakkumulyatorlar gidrotormozlarda, ko`targichlar, presslar, chig`irlar va boshqa gidromashinalarda qo`llaniladi.
Gidropresslar har xil diametrli ikki xil silindrdan iborat bo’lib, kichik silindrning diametri d1 va katta silindrning diametri d2 ga teng bo’lgan ikki porshen harakatlanadi(3.1-rasm). Kichik porshenga OAB richag orqali Q kuch qo’yiladi. Richag qo’l yoki dvigatel yordamida harakatga keltiriladi. Kichik porshen kuch
ta’sirida pastga qarab siljiydi va suyuqlikka bosim beradi. Bu bosim katta porshenga uzatiladi va natijada katta porshen harakatga keladi, stol ustidagi buyum D devorga taqalguncha siqiladi.
G idropresslar girostatik qonunlar asosida katta kuchlar hosil qilish uchun foydalaniladi.
Gidropresslar har xil diametrli ikki xil silindrdan iborat bo’lib, kichik silindrning diametri d1 va katta silindrning diametri d2 ga teng bo’lgan ikki porshen harakatlanadi(1.8.1-rasm). Kichik porshenga OAB richag orqali Q kuch qo’yiladi. Richag qo’l yoki dvigatel yordamida harakatga keltiriladi. Kichik
1-rasm. Gidropressning sxemasi
porshen kuch ta’sirida pastga qarab siljiydi va suyuqlikka bosim beradi. Bu bosim katta porshenga uzatiladi va natijada katta porshen harakatga keladi, stol ustidagi buyum D devorga taqalguncha siqiladi.
OAB richagning B uchiga Q kuch qo’yilgan bo’lsa, u holda kuch momenti quyidagiga teng;
Bu tenglamadan kichik porshenga ta’sir qiluvchi kuchni topamiz:
U holda kichik porshen ostidagi suyuqlik bosimi:
Katta porshen ostidagi bosim esa:
(1)
bu yerda h – porshenlar ostki sirtlari orasidagi geometrik balandlik.
Natijada katta porshenga ta’sir qiluvchi kuch quyidagicha topiladi:
(2)
Ko’p holda gidropresslarda gidrostatik bosim juda katta bo’lgani uchun ni hisobga olmasa ham bo’ladi, y’ani:
(3)
Bu keltirilgan sxema soddalashtirilgan bo’lib haqiqiy gidropresslarda juda ko’p yordamchi qismlarga ega. Hozirgi vaqtda mavjud gidropresslarda 25000 t gacha kuch hosil qilishi mimkin.
Dostları ilə paylaş: |