3-Ma`ruza: Havo gigiyenasi, havoning tarkibi, fizik va kimyoviy hususiyatlari Reja



Yüklə 24,29 Kb.
səhifə2/4
tarix20.11.2023
ölçüsü24,29 Kb.
#163746
1   2   3   4
3-mavzu

Odam tashqi muxitga issiqlikni:
1. Terisi orqali;
2. Nafas yo`llari orqali;
3. Chiqarish organlari orqali chiqaradi.
Bundan tashqari, odam iste`mol qiladigan ovqat va suvni isitish uchun ham issiqlik sarflaydi. Organizmda xosil bo`ladigan issiqlik miqdori o`sha vaqt oralig’ining o`zida undan tashqi muxitga chiqarilgan issiqlik miqdoriga teng bo`lsa, organizmning bunday xolati issiqlik muvozanati xolati deb ataladi. Organizmda issiqlik xosil bo`lishining kuchayishi yoki susayishi kimyoviy termoregulyatsiya: moddalar almashinuvi shiddatining oraliq miyada joylashgan issiqlik markazidan keluvchi impul’slar ta`siri ostida o`zgarishiga bog’liqdir. Shuningdek issiqlik markazidan keluvchi impul’slar ta`siri ostida jigarda va buyrak usti, hamda qalqonsimon bezlarga ta`siri natijasida ham issiqlik xosil bo`lishi mumkin.
Fizik termoregulyatsiya organizm tomonidan chiqariladigan issiqlik miqdorini o`zgartirish yo`li bilan amalga oshiriladi. Me`yordagi sharoitda havo temperaturasi 18 – 200 S, nisbiy namligi 40 – 60 % bo`lib, havo harakatlanmay turgan paytda odam 77,5 % atrofidagi issiqlikni tashqi muhitga bevosita o`tkazish va sochish yo`li bilan teri orqali chiqaradi va 20 % ga yaqin issiqlik teri yuzasidagi terning bug’lanishi hisobiga yo`qoladi. Issiqlikni boshqarishda nafas ham ishtiroq etadi. Odam tanasi temperaturasining muayyan darajada saqlanib turishi murakkab funktsiya bo`lib, bir tomondan, kimyoviy termoregulyatsiya, ikkinchi tomondan
fizik termoregulyatsiyaning birga qo`shilishib ta`sir qilishi tufaylidir deb hisoblash kerak.
Biroq termoregulyatsiyaning imkoniyati cheksiz emasligini nazarda tutish lozim. Atrofdagi havoning yuqori yoki past temperaturasi ta`siri bilan issiqlik muvozanati holati buziladigan bo`lsa, organizmda patologik o`zgarishlar ro`y berishi mumkin.

  1. Namlik, havo harakati, atmosfera bosimi

Havo namligi deganda xar qanday gaz singari simob ustunining mm balandligi bilan o`lchanadigan havodagi suv bug’larining zichligi tushiniladi.
Atmosfera havosi va berk binolarning havosida hamisha bir oz miqdorda suv bug’lari bo`ladi.

Yüklə 24,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin