3-Ma`ruza: Havo gigiyenasi, havoning tarkibi, fizik va kimyoviy hususiyatlari Reja



Yüklə 24,29 Kb.
səhifə4/4
tarix20.11.2023
ölçüsü24,29 Kb.
#163746
1   2   3   4
3-mavzu

Atmosfera bosimi
Havo tufayli yuzaga keladigan bosim atmosfera bosimi deb aytiladi. Dengiz satxidan past joylarda bu bosim ortib borsa, yuqoriga ko`tarilgan sayin kamayib boradi. Havo bosimi me`yorda 760 mm simob ustiniga teng. Shuning uchun ham g’ovvoslik ishlarida kesson kasalligi, 3500-5000 m. balandlikga ko`tarilish natijasida esa tog’ kasaligi yuzaga kelishi mumkin. Balandlik kasalligi charchoqlik, bo`shashish, uyquchanlik, muskullarning tobora susayib borishi, bosh aylanishi, ko`ngil aynishi, qayt qilish, naqasning tezlashuvi va burun, xiqildoq hamda ichaklardan qon ketishi, es-xush yo`qolishi bilan namoyon bo`ladi.
1-jadval
Bofort shkalasi

Bofort
ballari

Shamol
tezligi
m/sek

Shamol
xarakteristikasi

Shamol ta`siri

0

0-0,5

Shtil
(sukunat)

Mutlaqo shamol yo`q. Trubalardan tutun tik yuqoriga
ko`tariladi.

1

0,6-1,7

Sekin shamol

Trubalardan tutun uncha tik ko`tarilmaydi.

2

1,8-3,3

Yengil shamol

Shamol esayotgani yuzga seziladi. Barglar shitirlaydi

3

3,4-5,2

Kuchsiz
shamol

Barglar va mayda novdalar qimirlab turadi. Engil
bayroqlar xilpiraydi.

4

5,3-7,4

O`rtacha
shamol

Daraxtlarning ingichka shoxlari qimirlab turadi. Chang va qog’oz parchalarini shamol uchiradi.

5

7,5-9,8

Sovuqqina
shamol

Katta-katta shoxlar qimirlab turadi. Suvda to`lqinlar paydo bo`ladi.

6

9,9-12,4

Kuchli
shamol

Yo`g’on shoxlar qimirlaydi. Telefon simlari guvillaydi.

7

12,5-15,2

Qattiq shamol

Kichikroq daraxt tanalari tebranib turadi.dengizda
ko`piklanadigan to`lqinlar paydo bo`ladi.

8

15,3-18,2

Juda qattiq
shamol

Daraxt shoxlari sinib tushadi.shamol qarshisiga yurish
qiyin bo`ladi.

9

18,3-21,5

Dovul

Bir oz shikast etkazadi.tutun trubalari va cherepitsa
uzilib tushadi.

10

21,6-25,1

Kuchli dovul

Kattagina shikast etkazadi.daraxtlar ildizi bilan qulaydi.

11

25,2-29,0

Juda qattiq
dovul

Katta-katta shikast etkazadi.

12

29 dan ortiq

To`fon

Joylarni harob qiladi.



Havoning kimyoviy tarkibi
Atmosfera havosining tarkibini doimiy, o`zgarmas deb hisoblamoq kerak. Havoning tarkibiga 21 % atrofida kislorod, 78 % atrofida azot, 0,04 % atrofida karbonat angidridi, o`zgarib turadigan miqdorda suv bug’lari va bundan tashqari, protsentning yuzdan bir ulushlari miqdorida ozon, vodorod, geliy, neon, kripton, ksenon va radon kiradi. Nafasdan chiqadigan havoda esa kislorod 15,5 - 18%, karbonat angidridi 2,5-5% ni tashkil etadi.
Mavzuga oid nazorat savollari
1. Xavoning bevosita va bilvosita ta`sirlari to`g’risida gapirib bering?
2. Xavoning gigienik xarakteristikasi qanday o`rsatkichlar yig’indisidan iborat?
3. Organizmning issiqlik muvozanati xolati deb nimaga aytiladi?
4. Organizmning fizikaviy va kimyoviy termoregulyatsiyalari to`g’risida tushuncha bering?
5. Absolyut, maksimal va nisbiy xavo namliklari to`g’risida gapirib bering?
6. Havo namligi sportchilar organizmiga qanday ta`sir ko`rsatadi?
7. Shamol deb nimaga aytiladi va Bofort shkalasi to`g’risida gapirib bering?
8. Atmosfera bosimi to`g’risida gapiring?
9. Nafasga olinayotgan va chiqarilayotgan xavo qanday kimyoviy tarkibga ega?


Asosiy adabiyotlar, darslik va o‘quv qo‘llanmalar



Muallif

Adabiyot nomi

Adabiyot turi

Nashr yili

1

Almatov K.T.

Ulg‘ayish fiziologiyasi

o‘quv qo‘llanma

M.Ulug‘bek nomidagi UzMU bosmaxonasi. T.2004.

2

Sodiqov B.A

Yosh fiziologiyasi va gigiyenasi

o‘quv qo‘llanma

Yangi asr avlodi 2009

3

Zayniddinov T, Sodiqov A, Iminjonov

Jismoniy tarbiya gigiyenasi va sportning tibbiy-fiziologik asoslar (Jismoniy tarbiya gigiyenasi)

o‘quv qo‘llanma

TDPU nashriyoti 2019 yil



Qo‘shimcha adabiyotlar
1. D.J.Sharipov “Salomatlik – barchaning va har bir kishining ishi” T., 2001 y.
2. Dubrovskiy V.I – Lechebnaya fizicheskaya kultura. Moskva, Vlados 1999 g
3. Zimkin N.V – Fiziologicheskie osnovы fizicheskoy kulturы i sporta
1995 g
4. Azimov I.G, Sobitov Sh - «Sport fiziologiyasi», Toshkent , 1993 y


Internet saytlari
1. www.cspi.uz
2. www.pedagog.uz
3. www.ziyonet.uz
4. www.edu.uz
5. www.sport.uz
Yüklə 24,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin