3-ma’ruza mavzu Raqamli qurilmalar Reja Raqamli qurilmalarning
2 Raqamli integral sxemalarning asosiy xarakteristikalari va kо‘rsatgichlari Raqamli integral sxemalarning (RIS) ishga layoqatligini aniqlovchi kо‘p sonli turli xarakteristikalari mavjud va ularni ma’lum usullarda hisoblanadi yoki о‘lchanadi. RIS xarakteristikalari statik va dinamikka bо‘linadi. Keltirilgan xarakteristika bо‘yicha RIS statik va dinamikka kо‘rsatgichlari aniqlanadi.
Statik xarakteristika va kо‘rsatgichlar. Asosiy statik xarakteristikalarga quiydagilar kiradi: kirish, о‘tish va chiqish. 5.3-chizmada RIS asosiy statistik xarakteristikalarini olish uchun sxema keltirilgan.
RIS kirish xarakteristikasi – kirish tokini kirish kuchlanishiga bog‘liqligi, yani ( ).
Bu xarakteristika RIS kirishlaridan biri uchun о‘lchanadi, qolgan kirishlar esa zanjirdagi yoki qiymatli kuchlanishga ulanadi, element chiqishida berilgan yuklama soni ta’minlangan bо‘lganda. Bu xarakteristikadan kirishdagi mantiqiy nol va bir toklarini kuchlanish qiymati va mos bо‘lganda aniqlanadi.
RIS о‘tish xarakteristikasi – chiqish kuchlanishini kirish kuchlanishiga bog‘liqligi , yani f ( ).
5.3-chizma. RIS asosiy statistik xarakteristikalarini olish uchun sxema keltirilgan.
Bu xarakteristika RIS kirishlaridan biri uchun о‘lchanadi, qolgan kirishlar esa zanjirdagi yoki qiymatli kuchlanishga ulanadi, element chiqishida berilgan yuklama soni ta’minlangan bо‘lganda. Bu xarakteristikadan yoki qiymatlarini, mantiqiy о‘tish kuchlanishini - , ostona kuchlanishini va xalalga chidamlilik kо‘rsatgichlarini aniqlanadi.
RIS chiqish xarakteristikasi – chiqish tokining chiqish kuchlanishiga bog‘liqligi, yani f ( ).
Xarakteristika elementning ikki holati uchun olinadi: 1) chiqishda – kuchlanish qiymati ; 2) chiqishda – kuchlanish qiymati . Chiqish kuchlanishini olish uchun qutubi va qiymati о‘zgaruvchi tashqi ma’nba ishlatiladi. Bu xarakteristikadan mantiqiy nolning va birning chiqish toklari kuchlanishning qiymatlari va mos bо‘lganda olinadi.