3 MA’RUZA MAVZUSI: “ILK QADAM” DAVLAT O’QUV DASTURINI TATBIQ ETISH Reja: 1.“Ilk qadam” davlat o‘quv dasturini qo‘llash.
2. MTMdagi ta’lim faoliyatining maqsad va tamoyillari 3. Maktabgacha yoshdagi bolalar ta’limiga kompetensiyaviy yondashuv 4. O‘quv-tarbiyaviy faoliyat
Tayanch tushunchalar:Kompetensiya, Kommunikativ kompetensiya, o‘yin kompetensiyasi, Ijtimoiy kompetensiya, Bilish kompetensiyasi, Ta’lim dasturi, Dastur, maqsadli , mazmunli , tashkiliy , dastlabki kuzatuv, oraliq kuzatuv, yakuniy kuzatuv.
“Ilk qadam” o’quv dasturining mazmun-mohiyati. Dastur O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining 2018 yil 7 iyuldagi 4-sonli hay’at yig’ilishi qarori bilan “Ilk qadam” o’quv dasturi tasdiqlangan va nashr qilish uchun tavsiya etilgan.
Mazkur o’quv dasturi O’zbekiston Respublikasidagi ilk va maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni ta’lim olishida qo’llanilsin deb belgilangan.
Maktabgacha ta’lim muassasasining davlat o’quv dasturi (quyida: «MTM davlat o’quv dasturi») O’zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshidagi bolalarni rivojlanishiga qo’yiladigan Davlat talablariga muvofiq ishlab chiqilgan me’yoriy-huquqiy hujjat bo’lib, unda maktabgacha ta’lim muassasasining maqsad va vazifalari, o’quv-tarbiyaviy faoliyatning asosiy g’oyalari ifodalangan, shuningdek, bolaning ta’limning keyingi bosqichiga o’tishidagi asosiy kompetentsiyalari belgilangan.
“Ilk qadam” o’quv dasturining tuzilishi 1-bob. Umumiy qoidalar.
2-bob. MTM ta’lim jarayonining maqsad va tamoyillari.
3-bob. Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim berishda kompetentsiyaviy yondashuv.
4-bob. O’quv-tarbiyaviy faoliyat.
5-bob. Bolaning rivojlanish sohalari bo’yicha yutuqlari.
6-bob. Rivojlantiruvchi muhitni tashkil qilish.
7-bob. Ilovalar.
MTM davlat o’quv dasturi O’zbekiston Respublikasi hududida