3 ma’ruza mavzusi: “ilk qadam” davlat o’quv dasturini tatbiq etish reja


Qo’shimcha ta’lim xizmatlarini tashkil qilish



Yüklə 22,3 Kb.
səhifə3/3
tarix23.09.2022
ölçüsü22,3 Kb.
#64007
1   2   3
M 3

Qo’shimcha ta’lim xizmatlarini tashkil qilish
Qo’shimcha ta’lim xizmatlari maktabgacha ta’lim muassasasi tomonidan imkoniyatlardan kelib chiqqan holda bolalar va aholi ehtiyojlariga mos ravishda tashkil etiladi.
Qo’shimcha ta’lim xizmatlari fakultativ hisoblanadi va ularni tashkil qilishda ko’ngillilar (volontyorlar), ota-onalar va homiylar ishtirok etishi mumkin.
Maktabgacha ta’lim muassasasida alohida ehtiyojga ega bo’lgan bolalarni qo’llab-quvvatlash jamoaviy ish hisoblanadi va uni amalga oshirish uchun maktabgacha ta’lim muassasasi rahbari javobgar bo’ladi.
Zarurat tug’ilganda, pedagoglar tarkibi va maktabgacha ta’lim muassasasi rahbariyati, tor ixtisoslikdagi mutaxassislarni jalb etgan holda, bola (uning rivojlanishi) uchun o’quv-tarbiyaviy jarayonning yakka tartibdagi rejasini tuzadi.
Ota-onalar bilan hamkorlik
Bolaning har tomonlama rivojlanishini ta’minlash uchun maktabgacha ta’lim muassasasi ota-onalar bilan o’zaro hamkorlikning quyidagi shakllarini tashkil qilishi mumkin:

ota-onalarning muassasa hayotida ishtirok etish borasidagi tashabbuslarini qo’llab-quvvatlash.
Ilk qadam” o’quv dasturi asosida turli yosh guruhlari bolalariga beriladigan bilimlar mazmuni
Ilk qadam” o’quv dasturi asosida bolalarning rivojlanish xaritasini yuritish.
3 dan 7 yoshgacha bo’lgan bolaning rivojlanish xaritasi
Bolaning rivojlanish xaritasini to’ldirish uchun uch tsikldan iborat bo’lgan kuzatuv olib boriladi: dastlabki (o’quv yili boshida), oraliq va yakuniy.
Dastlabki kuzatuv o’quv yili boshida o’tkaziladi (taxminan sentyabr oyi mobaynida). Bu bosqichda har bir bolaning boshlang’ich imkoniyatlari aniqlanadi, uning shu davrgacha erishgan yutuqlari belgilanadi. Tarbiyachi ta’lim sohalarini o’zlashtirish bo’yicha mavjud bo’lgan muammolarga ham e’tibor qaratadi, bolaning qanday sifatlari qo’llabquvvatlashni talab etishini, har bir bola uchun qanday vazifalar dolzarbligini aniqlaydi.
Keyin bolaning ayni davrdagi yoshini hisobga olgan holda uning rivojlanish sohalari bo’yicha yutuqlari xaritasi to’ldiriladi.
Oraliq kuzatuv birinchi yarim yillik oxirida (dekabr, yanvar) o’tkaziladi. Bu monitoringni o’tkazishdan maqsad bolaga nisbatan tanlangan metodikaning to’g’riligini aniqlash, rivojlanish dinamikasini belgilashdan iborat. Mazkur kuzatuv natijalariga ko’ra, tarbiyachi, boshqa mutaxassislar bilan hamkorlikda, zarurat tug’ilgan holatlarda pedagogika jarayoniga tuzatishlar kiritishi mumkin.
O’quv yili oxirida (odatda may oyida) tarbiyachi yakuniy kuzatuv o’tkazadi. Mazkur kuzatuv asosida yil boshida qo’yilgan vazifalar qanday hal qilingani baholanadi, mazkur bola rivojida kutilayotgan yangi natijalarni hisobga olgan holda keyingi pedagogik jarayondan ko’zda tutiladigan maqsadlar belgilanadi.


Nazorat savollari:
1.“Ilk qadam” Davlat o’quv dasturi qachon tastiqlangan?
2.Davlat o’quv dasturining nechta soha kompetentsiyalari mavjud?
3.“Ilk qadam” Davlat o’quv dasturi asosida bolaning rivojlanish xaritasi haqida so’zlab bering.
Yüklə 22,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin