Tekshiruv diktanti, grammatik topshiriq, bayon va insho uchun baho me’yori boshlang‘ich sinflar ona tili dasturida aniq berilgan.
Savol va topshiriqlar: 1. O‘quvchilar lug‘atini boyitishda ona tilining tutgan o‘rnini tushuntiring. 2. Ona tili darslarida qanday so‘zlarning ma’nolari bilan tanishtiriladi? 3. Lug‘at ustida ishlashning metodik usullarini ayting. 4. O‘quvchilarning ona tilidan bilim, ko‘nikma va malakalarini tekshirish usullaridan biriga oid topshiriqlarni ishlab chiqing. 5. K.Qosimovaning “Ona tili o‘qitish metodikasi“da nazorat shakllari va usullari haqida nima deyilgan? 6.Nazoratning og’zaki shakli qachon o‘tkaziladi? 7. Nazoratning yozma shakli qachon o‘tkaziladi? 8.Test nazoratiga qo‘yiladigan talablar nimalar?