3-Ma’ruza. Ona tilidan bilim, ko‘nikma va malakalarni tеkshirish. To‘rt yillik boshlang‘ich ta’lim “Ona tili” darslariga tavsifnoma. Ona tili darslari. Darsga umumiy tavsifnoma. Ona tili darslarining turlari va qurilishi. Ma’ruza rejasi


O‘quvchilar tilida kam qo‘llanadigan so‘zlar ma’nosi ustida ishlash



Yüklə 90,33 Kb.
səhifə3/6
tarix23.04.2023
ölçüsü90,33 Kb.
#101750
1   2   3   4   5   6
3-курс 3 мавзу

3. O‘quvchilar tilida kam qo‘llanadigan so‘zlar ma’nosi ustida ishlash. Adabiy tilga oid ba’zi so‘zlar o‘quvchilar nutqida kam qo‘llanadi. Bu so‘zning ma’nosini o‘quvchi yetarli darajada tushunmaydi. Uning o‘rnida oddiy so‘zlashuvga doir, eskirgan yoki shevaga oid so‘zlarni qo‘llaydi. O‘qituvchi ularni kitobiy so‘zlar bilan almashtirish uchun nutqda qo‘llashga majbur etadigan vaziyat yaratishi, ehtiyojni yuzaga keltirishi zarur. Masalan, jim – tinch – osuda – osoyishta, yurakdan – dildan, soat strelkasi – soat millari, garmdori – qalampir, minut – daqiqa, rayon – tuman kabi.
So‘zlarning qo‘llanishini faollashtirish uchun yozma ishlar o‘tkazilayotganda ham o‘quvchilar e’tiborini ayrim so‘zlarni boshqasi bilan almashtirishlari ta’kidlanadi. 1-sinfda rasmlar asosida og‘zaki hikoya tuzayotgan o‘quvchilarning nutq elementlari bir-biridan farqli bo‘lishi, biri ikkinchisining so‘zini qaytarmasligi talab qilinadi. Masalan, “Shirinsuxan”shirinso‘z,nasim – tonggi yel (shamol), tanbeh berdi – dashnom berdi, zilol suv – tiniq suv, kichik – mo‘’jaz, tik – adil, nafis – nozik kabi.
Yozma bayon yozishga tayyorlanish jarayonida ham (2-sinf) so‘zlarni boshqasi bilan almashtirishga, kitobiy so‘zlar tanlashga e’tibor berish lozim.
Darsliklarda bola hissiyotiga ta’sir qiluvchi ko‘chma ma’nodagi badiiy ifodalar ko‘p qo‘llangan, ular ustida maqsadga muvofiq ishlash o‘quvchi nutqini jozibador qiladi, ularning nutqini adabiy tilga yaqinlashtiradi.
4. Yangi paydo bo‘lgan so‘z ma’nolari ustida ishlash. Bunday so‘zlar darslikda kam qo‘llanadi. Bunday so‘zlarning bolalar hayoti bilan bog‘liq bo‘lganlarini ajratib olib “Bilib qo‘ygan yaxshi” rubrikasi ostida ishlansa, o‘quvchining nutqi zamon bilan baravar rivojlanib boradi.
5. Grammatik atamalar ma’nosi bilan tanishtirish. Avvalo, grammatik atamalarning to‘g‘ri talaffuzi, imlosi o‘rgatiladi. Shundan so‘ng misollar asosida uning mazmuni ochiladi, so‘ngra o‘qitish va mashqlar bajarish orqali o‘quvchilarning atama ma’nosini to‘laqonli anglashlariga erishiladi.
Lug‘at ustida ishlashda quyidagi metodik usullardan foydalaniladi:

Yüklə 90,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin