KO‘RSATKICHLAR SOHASI - vaqt va kun haqida ma’lumotlar, klaviatura
til standarti, tovush balandligi, printer, ekran va boshqa qurilmalar xamda har xil
dastur belgilari joylashadi, ular yordamida shu qurilmalar xususiyatlarini yoki shu
dasturlar ishlash holatlarini o‘zgartirishimiz mumkin
Windows dasturida hamma dastur, papka va fayllar alohida uzining oynasida
bajariladi. Oyna - bu ekranning chegaralgan to‘rtburchak soha.
Oynaning asosiy qismlari:
NOM SATRI -oynaning eng yuqoridagi qismi. Bu satrda dastur belgisi, fayl
nomi va dastur nomi, oynaning uchta asosiy tugmalari joylashgan bo‘ladi. Shu
satrga sichqoncha bilan bosib turib, harakatlantirsak, u holda oynani ekranda joyini
o‘zgartirish mumkin.
MENYU SATRI - oynaning bu satri asosan nom satri tagida joylashadi va shu
satr yordamida dasturning hamma buyruqlari bilan ishlashimiz mumkin, chunki bu
satrda hamma buyruqlar saralanib guruhlarga bulingan.,
YORDAMCHI QUROLLAR (ASBOBLAR) TUGMALARI SATRI -
oynaning uchinchi satri bo‘lib bu satrda yordamchi qurollar (asboblar) tugmalari
joylashgan, ular yordamida dasturning har xil asosiy va kup ishlatiladigan
buyruqlarni tezkor bajarishimiz mumkin.
ISH SOHASI - oynaning asosiy qismi bo‘lib uning ichida dastur bajariladi va
ma’lumotlar
ko‘rsatiladi.
MA’LUMOTLAR SATRI - oynaning eng pastki satri. Bu satrda har xil
qo‘shimcha
ma’lumotlar
ko‘rsatiladi
OYNA CHEGARALARI - oynaning turt tomonida joylashgan qalinchiziqli
sohalar. Ularni sichqoncha yordamida bosib turib siljitsak natijada oynani hajmini
o‘zgaradi (chuziladi, kattalashadi yoki kichkinalashadi).
KO‘RIB CHIQISH ChIZGIChLARI - oynaning ung va pastki qismlarda
joylashgan sohalar. Ular yordamida oyna ichidagi ma’lumotlarni to‘liq ko‘rib
chiqish mumkin., buning uchun shu sohalardagi ustki yoki pastki,chap yoki ung
tomondagi strelkalarni bosish kerak yoki shu sohalarda joylashgan to‘rtburchak
ko‘rsatkichni qo‘zg‘altirish kerak.
Oynaning nom satrida joylashgan asosiy uchta tugmasi yordamida biz shu
oynaninng umumiy ko‘rinishini o‘zgartirishimiz mumkin. Oyna 3 xil ko‘rinishda
bo‘lishi mumkin: kattalashtirilgan, normallashtirilgan va kichkinalashtirilgan.
Tugmalar esa 4 xil ko‘rinishida bo‘lishi mumkin.