3-ma’ruza: O‘zbek bolalar adabiyotining vujudga kelishi. O‘tgan asrning 30-40– yillaridagi o‘zbek bolalar adabiyoti. Hozirgi davrdagi o‘zbek bolalar adabiyoti



Yüklə 62,75 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix14.12.2023
ölçüsü62,75 Kb.
#180160
01- ma`ruza



3-MA’RUZA: 
O‘zbek bolalar adabiyotining vujudga kelishi. O‘tgan asrning 30-40–
yillaridagi o‘zbek bolalar adabiyoti. Hozirgi davrdagi o‘zbek bolalar 
adabiyoti.

Rеja

1.
O‘zbek bolalar adabiyotining vujudga kelishi.
2.
O‘tgan asrning 30-40–yillaridagi o‘zbek bolalar adabiyoti.
3.
Hozirgi davrdagi o‘zbek bolalar adabiyoti.
Adabiyotlar: 
1.
M.Jumaboеv. Bolalar adabiyoti. Darslik. 2010 yil. 
2.
M.Jumaboеv. O’zbеk va jahon bolalar adabiyoti. Qo’llanma. 1996 y. 
3.
Z. Masharipova T.Matyoqubova O’zbek yozma adabiyotida folklor 
an’analari Toshkent – 2011 
4.
www. ziyonet.uz. Bolalar adabiyoti-
5.
Paul H. Fry. Theory of literature Yale University- 2012 
1-ilova 
 

O’ZBEK BOLALAR ADABIYOTI 
(obzor) 
Ma’lumki, boy va rang-barang xalq og’zaki ijodi namunalari yozma adabiyotning 
maydonga kelishi va rivojlanishida boy manba bo’lib xizmat qiladi. Bu yerda yana bir narsani 
ta’kidlab o’tish kerak: badiiy adabiyot taraqqiyoti jamiyatning umumiy taraqqiyoti bilan ham 
uzviy bog’liq. Bu jihatdan Mahmud Koshg’ariyning «Devon-u lug’otit turk» asarini eslab o’tish 
o’rinlidir. XI asrning buyuk tilshunos olimi bu kitobda bizga ko’p ma’lumotlar beradi. Unda XI 
asr adabiyoti bilan birga, avvalgi zamonlarda paydo bo’lib, og’izdan og’izga, avloddan avlodga 
ko’chib yurgan qo’shiq va lirik she’rlardan namunalar ham keltirilgan. Ayniqsa, mehnat, 
qahramonlik, marosim, mavsum qo’shiqlari haqida batafsil ma’lumot beriladi. 
SHuningdek, 
Yusuf Xos Hojibning
«Qutadg’u bilig» (Saodatga olib boruvchi bilim), Ahmad Yugnakiyning 
«Hibat- ul-haqoyiq» (Sevimli haqiqatlar) dostonlarida hamda Ahmad Yassaviy, Sulaymon 
Boqirg’oniy-larning asarlarida til, ilm, fan, axloq-odob masalalari qamrab olinadi. Haydar 
Xorazmiy, Qutb, Durbek, Sakkokiy, Lutfiy singari shoirlarning adolatsizlik va zulmni 
qoralashga, oddiy insonning og’ir ahvoliga achinish, orzu-armonlarini qisman bo’lsa-da 
yoritishga qaratilgan asarlari tarixda muhim rol o’ynaydi. Atoiy, Sakkokiy, Lutfiy g’azallari 
timsolida XIII asr o’zbek she’riyati hayotiy voqealarni aks ettirish sohasida katta badiiy tajriba 
to’pladi. Bu tajriba Alisher Navoiydek buyuk san’atkorning voyaga yetishi uchun zarur bo’lgan 
shart-sharoitlarni tayyorladi. 
Alisher Navoiy butun faoliyati va ijodini insonning baxt-saodati uchun kurashga, xalqning 
osoyishtaligiga, o’zaro urushlarning oldini olishga, obodonchilik ishlariga sarflagan, donishmand 
davlat arbobi, o’zbek adabiy tiliga asos solgan va o’zbek mumtoz adabiyotini yangi taraqqiyot 
pog’onasiga ko’targan buyuk so’z san’atkori bo’lib, davrining madaniy hayotiga rahbarlik qildi, 
ilm-fan, san’at va adabiyot ahliga homiylik qilib, ko’plab shogirdlar yetishtirdi. 


Alisher Navoiy «Hayrat ul-abror» (Yaxshi kishilarning hayratlanishi) dostonining 40- 
bobida rostgo’ylikning ajoyib fazilat ekanligini maqtab yozadi: “Har kim o’ziga to’g’rilik 
(halollik)ni odat qilgandan keyin charxning teskari aylangani bilan nima ishi bor.Yo’l qancha 
to’g’ri bo’lsa, (manzil) shuncha yaqin. Nayza to’g’ri bo’lganidan doim boshi yuqori. Arqon har 
narsaga chirmashgani uchun mol, qo’ylarni bog’laydi. Sarvning qomati to’g’ri bo’lgani uchun 
xazon kulfatidan omonda va doimo yam-yashil… kimning qo’li egri bo’lsa, u o’g’ri bo’ladi”.
Bugungi o’zbek bolalar adabiyoti yildan yilga rivojlanib bordi. O’tgan asrning 30-yillarga 
kelib, o’zining professional shoir va yozuvchilariga ega bo’ldi. Poeziya (Zafar Diyor, Adham 
Rahmat, Ilyos Muslim, SHukur Sa’dulla, Sulton Jo’ra, Mahmuda Oqilova, Quddus 
Muhammadiy), proza (Majid Fayziy, Dorjiya Oppoqova, Hakim Nazir), dramaturgiya (Zafar 
Diyor, Dorjiya Oppoqova) sohalarida bolalar ijodkorlari yetishib chiqdilar. Sadriddin Ayniy, 
G’afur G’ulom, Hamid Olimjon, Oybek, SHokir Sulaymon, Elbek va G’ayratiylar ham o’zbek 
bolalar adabiyotini yuksaltirish ishiga o’z hissalarini qo’shdilar. 
Bu davrda Zafar Diyorning «Qo’shiqlar» (1933), «Tantana» (1936), «SHe’rlar» (1939), 
«Muborak» (1940), «SHe’r va hikoyalar» (1940) to’plamlari va «Mashinist» (1935) poemasi, 
«Baxtli yoshlik» dramasi, «Jo’natish», «Nojo’yaliklar» hikoyalari; A. Rahmatning «Dum» 
(1938), «Baxtli yoshlik» (1939), «Zavqli allalar» (1940), «SHe’rlar» (1940), «Hiylagar tulki» 
(1940) kitoblari; Sulton Jo’raning «Fidokor» (1940); Ilyos Muslimning ,,O’suv» (1932), 
«Zaharxandalar» (1932) to’plamlari, «Miqti keldi» poemasi (1934); SHukur Sa’dullaning 
«Hayqiriq» (1933) to’plamlari bosilib chiqdi. 
Bu davrda qardosh xalqlar adabiyotidan juda ko’plab asarlar o’zbek tiliga tarjima qilindi. 
Buning natijasida o’zbek bolalar adabiyoti har tomonlama boyib bordi. Ayniqsa, «Yosh 
turkistonliklar», «Bolalar yo’ldoshi», «Bolalar dunyosi», ,,O’zgaruvchi yoshlar», «Yosh kuch» 
kabi nashrlarning yo’lga qo’yilishi bolalar adabiyotining har tomonlama rivojlanishiga sabab 
bo’ldi. 
Xullas, bolalar adabiyotining mavzu doirasi kengaya bordi. Yoshlik, maktab hayoti, ona 
yurt tabiati, xalqlar do’stligi, ilm, hunar va texnikaga muhabbat mavzulari bolalar adabiyotidan 
keng o’rin oldi. 
Xalqimizda «Ona yurting omon bo’lsa, rangi ro’ying somon bo’lmas», degan naql bor. 
Ikkinchi jahon urushi yillarida Oybek, Hamid Olimjon, G’afur G’ulom, Sobir Abdulla, Uyg’un, 
Maqsud SHayxzoda, Zafar Diyor, Amin Umariy, G’ayratiy, Mirtemir, Ilyos Muslim, Sulton 
Jo’ra va boshqalar fashist bosqinchilarining yer bilan yakson bo’lishiga komil ishonch g’oyasi 
bilan yo’g’rilgan asarlar yaratdilar. Uyg’unning «Xayrlashuv», Zafar Diyorning «Kichkina 
jangchi», Ilyos Muslimning «Yovni tutday to’kamiz», Sulton Jo’raning «Tekstil kombinati 
to’quvchilari», Ra’no Uzoqovaning «Talpin, yurak» she’rlari bolalar adabiyotida urushni 
la’natlovchi dastlabki asarlardan bo’ldi. 
Bu davr bolalar adabiyotining asosiy mavzusini urush davridagi xalq qahramonlarining 
fashist bosqinchilariga qarshi jasoratlarga to’la kurashi «Xat» (Hamid Olimjon), «Sen yetim 
emassan» (G’afur G’ulom), «Vatan haqida», «Yigitlarga» (Oybek), «Kurash nechun?», «Kapitan 
Gastello» (Maqsud SHayxzoda), «Vatan haqida qo’shiq» (Uyg’un), «Vatan», «CHavandoz» 
(Temir Fattoh), «Qurol bering menga ham!», «Bizning oila» (Zafar Diyor), «To’pchi 
Muhammad» (Sulton Jo’ra), «Onamning aytganlari» (Adham Rahmat), «Biz yengamiz» (Hasan 
Said) kabi asarlarda o’z ifodasini topdi. 
Zafar Diyor yaratgan qahramonlar yosh bo’lishiga qaramay juda qasoskor. Ular tinchlik, 
osoyishtalik shaydolari, nemis-fashist bosqinchilarini qattiq qahr-g’azab bilan la’natlaydilar. 
Zafar Diyor «Qurol bering menga ham!» she’rida lirik qahramon tilidan shunday misralarni 
bitadi: 
Meni kichik demangiz, 
Kamsitmangiz kuchimni, 
Bosqinchidan olgumdir 
Xalq qasosi — o’chimni! 


Nemis-fashist bosqinchilari barcha qatori yosh bolalarning ham osuda hayotini buzdi. 
Ularni daryo, ko’llar bo’yida baliq tutib, hordiq chiqarishdan, bilim olib, quvnoq o’yin-kulgu 
bilan yashashdan mahrum etdi. SHuning uchun ham yosh vatanparvar butun xalq bilan bir tan, 
bir jon bo’lib, qo’lida qurol bilan dushmandan o’ch olishga shaylandi: 
Qurol bering menga ham, 
Qurol bering menga ham. 
Razil nemis boshiga 
Men ham solay katta g’am, —deya shijoat ko’rsatishi bilan 
diqqatni tortadi. Urush davri bolalar adabiyotida front orqasini mustahkamlash ishi ham alohida 
mavzu bo’lib qolgan edi. Zafar Diyorning «Maktab — sening fronting», «Poezd ketar frontga», 
«Temirchilar minbari», SHukur Sa’dullaning «Yoshlik», «Sen nima qilding?» kabi asarlarida 
bolalarning front orqasini mustahkamlashdagi jangovar mehnatlari namoyon bo’ladi. 
Urushdan so’nggi davr bolalar she’riyatida ona-Vatan, go’zal diyor, hur o’lkamiz 
to’g’risida yaratilgan asarlar diqqatga sazovordir. «Yashna, Vatan» (I. Muslim), «Obod o’lkam», 
«Yurtimizning yuragi» (P. Mo’min), «Mening Vatanim», «Baxtli bolalar» (Q. Hikmat), 
«O’lkamizning tongi otmoqda» (A. Rahmat), «Dehqon bobo va o’n ikki bolakay qissasi» (A. 
Oripov), «Ona degan so’z» (O. Matjon) kabi bu mavzuda yaratilgan she’rlarni sanagan bilan 
tamom bo’lmaydi. 
Abdulla Oripovning «Dehqon bobo va o’n ikki bolakay qissasi» she’ri bolalar 
adabiyotining keyingi yillarda qo’lga kiritgan jiddiy yutuqlaridan bo’ldi. O’zbek bolalar 
she’riyatida O’zbekiston haqida ko’plab asarlar bor. A. Oripov ularni takrorlamasdan o’ziga xos 
original asar yozgan. SHe’r qahramonlari o’n ikki viloyatdan chiqqan a’lochi, jamoatchi 
o’quvchi bolalar. Ular o’z joylarining tarixini yaxshi bilishadi. Poezdda o’zlariga hamroh 
bo’lgan boboning savollariga lo’nda-lo’nda qilib javob berishadi. O’zbekistondagi har bir 
viloyatning o’ziga xos boyligi, shaharlari, bag’rikeng odamlari kitobxon ko’z o’ngida bir-bir 
gavdalanadi. 
O’zaro suhbat asosiga qurilgan bu she’rda boboning yakuniy nutqi juda salmoqli. To’rt 
misra she’r bilan tobora gullab-yashnab borayotgan, o’z taqdirini o’zi bunyod etayotgan 
diyorimizning husni jamoli, salobati va qudrati bir butunligicha ifoda etilgan: 
Siz atagan har bir joy 
Bitta bo’ston bo’ladi, 
Hammasini qo’shsangiz, 
O’zbekiston bo’ladi. 
O’zbek xalqi avvaldan mehnatkash xalq. Ishchanlik bizga ota-bobolarimizdan meros bo’lib 
qolgan. Q. Muhammadiyning «Etik», «Buvimning hikoyasi», H. Yoqubovning «Sirdaryo 
oftobi», SHukur Sa’dullaning «Hovlimizning bolalari», «Dastyor qiz», «Bog’bon qiz», Ilyos 
Muslimning «Oyxon va rayhon», «Ishchan asalarilar», «Sening sovg’ang», Po’lat Mo’minning 
«Dalalarga qarasam», «Oftob chiqdi olamga», Qudrat Hikmatning «Bobo va nabira», «Jo’jam, 
yurma laqillab», Tolib Yo’ldoshning «Vaqt qadri», Yusuf SHomansurning «Baraka», 
«Tikuvchi» she’rlari bevosita mehnat mavzusiga bag’ishlangan. 
SHoirlarimiz o’z asarlarida bolalarni mehnatkash bo’lishga, mehnat ahlini hurmat qilishga, 
ularning peshona terlari evaziga bunyod etilgan narsalarni e’zozlashga, asrab-avaylashga da’vat 
qiluvchi she’rlari bilan kitobxon mehrini qozonmoqdalar. 
Bolalarni bog’cha yoshidan boshlaboq tabiatga muhabbat ruhida tarbiyalash muhim 
ishlardan biri hisoblanadi. Bolalar ijodkorlari bu masalaga alohida e’tibor bermoqdalar. 
«Kichkina bog’bon haqida doston», «Suv bilan suhbat», «Yuksak tog’, keng o’tloq va mard 
o’rtoq haqida qissa» (Z. Diyor), «To’rt fasl» (SH. Sa’dulla), «Bizning bog’ga kelinglar» (G’. 
G’ulom), «Boychechak», «G’uncha» (Uyg’un), «O’rik gullaganda» (H. Olimjon), «Yurtimiz 
tabiati», «Tillaqo’ng’iz» (I. Muslim), «Tabiat alifbosi», «Qanotli do’stlar» (Q. Muhammadiy), 


«Bahor», «Tog’ manzarasi», «Suv» (Q. Hikmat), «Toshbaqa» (Y. SHomansur), «Bir cho’ntak 
yong’oq» (M. A’zam), «Kamalak afsonasi» (O. Matjon) va boshqalar shular jumlasiga kiradi.
Bolalar shoiri Olim Mahkam o’ziga o’zi talabchan qalamkashlardan. U o’zining har bir 
asarini qayta-qayta ishlaydi, tilining sodda, badiiy mukammal bo’lishiga katta e’tibor beradi. 
Uning «Kapalak» she’rini olib ko’raylik. To’rt misradan iborat bu asar naqadar oddiy, naqadar 
sodda. Ammo juda ta’sirchan. SHe’rda insonlar u yoqda tursin, hatto hasharot-u qurt-
qumursqalar ham tabiatning mudom guldek yashnab turishi tarafdori ekanligi ayon bo’ladi: 
— Kapalakjon, beri kel, — 
Meni quvma, Erkinjon, 
Buncha parvoz etasan!? Gulni bosib ketasan. 
Bugungi o’zbek bolalar she’riyati haqida gap ketar ekan, maktab hayotini aks ettiradigan 
asarlar haqida alohida to’xtalib o’tish kerak. Hamma narsa o’qishga, maktabga bog’liq. Maktab 
mavzusida yozilgan she’rlarda ozoda xonalar, unda qaynayotgan baxtli hayot, bolalarning ilm-
fan nurlaridan bahramand bo’lishga intilishdek ijobiy fazilatlari ifodalanadi. 
Po’lat Mo’minning «Xoh o’qishda, xoh ishda», «Sinfimiz qo’shig’i», «Ustozlar»; Ergash 
Raimovning «Endi katta bolaman» kabi asarlarida shu kunning nafasi sezilib turadi. 
Odatda, bolalar orzular qanotida yashaydi. «Endi katta bolaman» she’rida bolaning orzu-
niyati nihoyatda buyuk — tezroq o’sib, ulg’ayib maktab o’quvchisi bo’lish: 
Bultur edim oltida, Yillar yurmas ketiga, 
Yoshim yetmay qoldi-da. Bu yil to’ldim yettiga. 
Maktabga yozishmadi, Endi katta bolaman
O’qishga olishmadi. Men maktabga boraman. 
Ikkinchi jahon urushidan keyin o’tgan davr ichida o’nlab poemalar, ertaklar, dostonlar 
maydonga keldi. Oybekning «Zafar va Zahro», «Bobom»; Quddus Muhammadiyning «Dunyoda 
eng kuchli nima?», «Solijon»; SHukur Sa’dullaning «Laqma it», «Ikki donishmand»; Po’lat 
Mo’minning «O’rinbosarlar», «Eh, rosa shirin ekan», «Xolning jiyron velosipedi», «Oltin nay», 
«Jalil eshitgan ertak»; Qudrat Hikmatning «Toshbaqalar hujumi», «Bobodehqon hangomasi», 
«CHovkar», «CHirchiq farzandi»; Ramz Bobojonning «CHo’pon o’g’li»; Safar Barnoevning 
«Biz dehqon bolasimiz», «Oltin shahar haqida afsona», «Oltin oshiqlar»; Miraziz A’zamning 
«Aqlli bolalar», «Bedananing buvisi»; Toshpo’lat Hamidning «Asrorqulning qo’chqori»; Ergash 
Raimovning «Bir dona yaproq»; Azim Usmonning «G’aroyib ajdarho»; Kavsar Turdievaning 
«Toshkesarlar mamlakatida» kabi doston va ertak-dostonlari yaratildi. 
Hozirgi zamon o’zbek bolalar adabiyotida she’riyat rivoj-langani kabi nasrda ham salmoqli 
asarlar yuzaga keldi. Yozuv-chilarning yangidan yangi avlodlari kamol topdi. Ayniqsa, 
hikoyachilik o’sdi. Bolalarning yoshi, qiziqishi, dunyoqarashiga to’la javob bera oladigan 
hikoyalar bunyod etildi. Hakim Nazir, Yoqubjon SHukurov, SHukur Sa’dulla, Xudoyberdi 
To’xtaboev, Turg’unboy G’oipov, Rahmat Azizxo’jaev, Latif Mahmudov, Farhod Musajon, 
Sobir Yunusov, Oqiljon Husanov, Mahmud Murodov, Nodir Nazarov, Ergash Raimov, Safar 
Barnoev, Abusaid Ko’chimov, Anvar Obidjon va boshqalarning o’nlab hikoyalar to’plamlari 
bosilib chiqdi. 
Juda ko’p hikoyalarda kichkintoylarning hayotlari o’z ifodasini topmoqda. SHodmonbek 
Otaboevning «Itolg’i» hikoyasi qush, qurt-qumursqalarni sevish, ardoqlashga qaratilgan. Itolg’i 
chumchuq va chug’urchuqlarni tutib olib yeydigan qush. SHukurali aka Itolg’ini jiyani 
SHavkatga sovg’a qiladi. SHavkat uzum qo’riqlashda undan foydalanmoqchi edi. Ammo qush 
ularnikida o’zini erkin sezmaydi. Buning sababini surishtirganda SHavkatning otasi bu qush 
ozod va erkinlikni qo’msayotganligini tushuntiradi. SHavkat qushlarni yaxshi ko’radigan, 
rahmdil bola. U Itolg’ini qafasda uch kun zo’rg’a ushlab turadi. Qafasda qush emas, o’zi 
o’tirgandek bo’ladi va Itolg’ini qafasdan butunlay chiqarib yuboradi. Qush bolaga «rahmat» 
degandek parvoz qilib ketadi. 


Bolalar qissachiligida ham ko’plab yaxshi asarlar yaratildi. Oybek, G’afur G’ulom, 
Abdulla Qahhordan tortib bugungi kunga qadar hisoblaydigan bo’lsak, ularning soni nihoyatda 
o’sdi. Bunga misol qilib Hakim Nazir, SHukur Sa’dulla, Xudoyberdi To’xtaboev, Hojiakbar 
SHayxov, Anvar Obidjon, Latif Mahmudov, Farhod Musajon, Habib Po’latov, Muqimjon 
Niyozov, Rustam Rahmonov, Iboxon, SHukur Xolmirzaev, Oqiljon Husanov, Marva 
Jaloliddinova, Asad Dilmurod, Abusaid Ko’chimov, Ergash Raimov, Mamatqul Hazratqulov va 
boshqalarni ko’rsatish mumkin. 
Bu davr bolalar qissachiligining mavzu doirasi juda kengaydi. Kattalarning mehnati, 
ularning jasoratlari («Yonar daryo»), ikkinchi jahon urushida ishtirok etish («Rustamjonning 
sarguzashtlari»), tobora gullab-yashnab borayotgan go’zal shaharlarimiz va bag’rikeng, 
insonparvar odamlarimiz («Komandirning boshidan kechirganlari»), o’tmishda zulmkorlarga 
qarshi kurash, baxtli va yorug’ kun uchun intilish («Kachal polvon»), ikkinchi jahon urushi 
davrida bolalar hayoti va ularning daladagi faoliyati («CHangalzordagi sharpa»), chorvadorlarga 
ko’mak («Oq otli»), o’quvchilarning dalachilik brigadalari («Zamon»), sho’x va o’zboshimcha 
bolalar, ularning qayta tarbiyasi («Bizning roman») kabi mavzular bu davr qissachiligida 
yetakchi o’rinda turadi. 
Bu davr bolalar qissachiligida sarguzasht, ilmiy-fantastika janrlari ham rivoj topdi. 
Xudoyberdi To’xtaboev («Sariq devni minib», «Qasoskorning oltin boshi», «SHirin qovunlar 
mamlakatida»), Hojiakbar SHayxov («Samo mahvaridagi namoyish», «SHom kamari», 
«Ajdodlar xotirasi»), Mahkam Mahmudov («Teskari ko’zlar sayyorasi»), Anvar Obidjon («0099 
nomerli yolg’onchi», «Dahshatli meshpolvon»), Olloyor («Fazogir chumoli»), Oqiljon Husanov 
(«Tog’da o’sgan bola») va boshqalar bu janrda samarali ijod qilmoqdalar. 
Bolalar tarbiyasida dramaturgiya janrida yaratilgan asarlar ham katta rol o’ynaydi. Hakim 
Nazir, Adham Rahmat, Po’lat Mo’min, Mamarasul Boboev, Turg’unboy G’oyipov, Narimon 
Orifjonov, Latif Mahmudov, Farhod Musajonlarning pesalari o’zining bolalarbopligi bilan 
kichkintoylar quvonchiga quvonch qo’shib kelmoqda. 
Hozirgi zamon o’zbek bolalar badiiy adabiyoti bilan birga bolalar adabiyotshunosligi va 
adabiy tanqid ham pog’onama-pog’ona o’sdi, rivojlandi. Bir qator darslik, qo’llanma, majmua, 
monografiya, kitoblar yozildi. O’nlab nomzodlik va doktorlik dis-sertatsiyalari himoya qilindi. 
SHu zaylda hozirgi zamon o’zbek bolalar adabiyoti rivojlanishda davom etmoqda. U yangi 
yozuvchilar, yangi asarlar bilan tobora boyib bormoqda. Bir so’z bilan aytganda, bu adabiyot 
jonajon O’zbekistonimizning tobora gullab-yashnashi uchun xizmat qilmoqda. 
 
Darsni mustahkamlash uchun savollar 
1. Bolalar adabiyotining paydo bo’lishi haqida nimalarni bilib oldingiz? 
2. Bu adabiyotning maydonga kelishida SHarq allomalarining roli nimada? 
3. O’tgan asrning 20 — 30- yillarida kimlar bolalar adabiyoti bo’yicha ijod qildi?
4. O’tgan davrda she’riyat, nasr, dramaturgiya, bolalar adabiyot-shunosligining rivoji 
qanday bo’ldi? 
5. Bolalar adabiyotining so’nggi yillar davri yutuqlari to’g’risida nimalarni bilasiz?

Yüklə 62,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin