Gaz va changdan xavfli shaxtalardan tashqari ochiq va yer osti kon ishlarida
qo’llaniladigan sanoat portlovchi moddalari.
Granulali suvga chidamli portlovchi moddalarga grammonit 79/21B,
grammonit АС-4В komulit AC 8B portlivchi moddalari kiradi.
Ushbu portlovchi moddalar trotil va ammiakli
selitra aralashmasidan
tayyorlanadi. Bunda trotil ham granulali ko’rinishda bo’ladi.
Granulali suvga chidamsiz portlovchi moddalar. Grammonit 79/21,
grammonit 82/18, grammonit AC-4, grammonit AC-8, igdanit portlovchi moddalar
kiradi.
Ushbu portlovchi moddalar quruq va nam sharoitlarda qo’llaniladi. Igdanit
tarkibi ammiakselitra va dizel yoqilg’isi aralashmasidan tarkib topgan.
Mazkur
guruhga emulsiyali portlovchi moddalar ham kiradi (Nobellan, granulit, emulgit,
manfo portlovchi moddalar).
Manfoga ammiakli selitra, alyuminiy pudrasi,
dizel
yoqilg’isi qo’shiladi. (Ammonit) zichlashtirilgan, yuqori quvvatli, suvga chidamli
portlovchi moddalarga- ammonit skalniy №1 portlovchi moddasi kiradi.
Ushbu
portlovchi moddaning portlash issiqligi 1292 kilokolloriya/kg, portlash harorati
T=3520
0
C, detonat tezligi 4,8-5,3 km/s.
Suvga chidamli kukunsimon portlovchi moddalar.
Ushbu portlovchi
moddalar yuqori quvvatli bo’lib, patronlar ichiga joylashtirib tayyorlanadi. Ularga
ammonit skalniy №3 va ammonol portlovchi moddalar kiradi. Ushbu portlovchi
moddalarning portlash issiqligi 1360 kilokolloriya/kg, portlash harorati T=3640
0
C ,
detonat tezligi v=4-4,5 km/sek ga teng.
O’rtacha quvvatli, kukunsimon, suvga chidamli portlovchi moddalar. Ushbu
portlovchi moddalarga ammonit 6 ЖВ va dinaftalit portlovchi moddalar kiradi.
Portlash issiqligi 1030-945 kilokolloriya/kg, portlash harorati T=2960-2780
0
C,
v=3,6-4,8 km/s, v
d
=3,5-4,6 km/sek.
Yuqori
quvvatli kukunsimon, nitroglitserinli portlovchi moddalar. Ushbu
portlovchi moddalarga detanit portlovchi moddasi kiradi.
Uning portlash issiqligi
1200 kilokolloriya/kg, , portlash harorati T=3280
0
C , detonat tezligi v=6-8 km/sek.
Suvga to’yintirilgan plastic portlovchi moddalar. Ushbu portlovchi
moddalarga akvanit va akvonal portlovchi moddalar kiradi. Portlash issiqligi 1590
x 1600 J/mol. Muzlash harorati T=-15
0
C,
detonatsiya tezligi v
1
=4,5-5,5 km/sek
v
2
=4,7-5 km/sek.
Akvanit portlovchi moddasini initsiyalash uchun 10-20 gr massali trotildan
tayyorlangan zaryad talab etiladi.
Akvonal portlovchi moddasi initsiyalash
uchun kapsul detonator
qo’llaniladi.