3-guruh zaryadlariga 3KП va 3KM turkumiga kiruvchi kumulyativ
zaryadlar kiradi. Ushbu zaryadlar massasi 180 gr dan 4000 gr gacha bo’lib uzunligi
90 dan 250 mm gacha va balandligi 35 dan 115 mm gacha bo’lib, maksimal
o’lchami 208 m gacha yoki 7 m
3
gacha hajmdagi nogabaritlarni maydalashga
mo’ljallangan.
4-guruh portlovchi moddalariga maxsus patronlar ichiga joylashtirilib
tayyorlangan detonatorlar kiradi. Ushbu detonatorlar trotil, tetril pentalit hamda
trotil va geksogen aralashmalaridan tayyorlanadi. Ularning massasi 150 gr dan 530
gr gacha bo’lib diametric 50-70 mm gacha balandligi 50-101 mm gacha bo’ladi.
Patron ichidagi portlovchi modda zaryadining zichligi (
𝜌) 5 – 1,68 gr/sm
3
gacha
bo’ladi.
Gaz va changdan xavfli shaxtalardan tashqari ochiq va yer osti kon ishlarida
qo’llaniladigan sanoat portlovchi moddalari.
Granulali suvga chidamli portlovchi moddalarga grammonit 79/21B,
grammonit АС-4В komulit AC 8B portlivchi moddalari kiradi.
Ushbu portlovchi moddalar trotil va ammiakli selitra aralashmasidan
tayyorlanadi. Bunda trotil ham granulali ko’rinishda bo’ladi.
Granulali suvga chidamsiz portlovchi moddalar. Grammonit 79/21,
grammonit 82/18, grammonit AC-4, grammonit AC-8, igdanit portlovchi moddalar
kiradi.
Ushbu portlovchi moddalar quruq va nam sharoitlarda qo’llaniladi. Igdanit
tarkibi ammiakselitra va dizel yoqilg’isi aralashmasidan tarkib topgan. Mazkur
guruhga emulsiyali portlovchi moddalar ham kiradi (Nobellan, granulit, emulgit,
manfo portlovchi moddalar). Manfoga ammiakli selitra, alyuminiy pudrasi, dizel
yoqilg’isi qo’shiladi. (Ammonit) zichlashtirilgan, yuqori quvvatli, suvga chidamli
portlovchi moddalarga- ammonit skalniy №1 portlovchi moddasi kiradi. Ushbu
portlovchi moddaning portlash issiqligi 1292 kilokolloriya/kg, portlash harorati
T=3520
0
C, detonat tezligi 4,8-5,3 km/s.
Suvga chidamli kukunsimon portlovchi moddalar. Ushbu portlovchi
moddalar yuqori quvvatli bo’lib, patronlar ichiga joylashtirib tayyorlanadi. Ularga
ammonit skalniy №3 va ammonol portlovchi moddalar kiradi. Ushbu portlovchi
moddalarning portlash issiqligi 1360 kilokolloriya/kg, portlash harorati T=3640
0
C ,
detonat tezligi v=4-4,5 km/sek ga teng.
O’rtacha quvvatli, kukunsimon, suvga chidamli portlovchi moddalar. Ushbu
portlovchi moddalarga ammonit 6 ЖВ va dinaftalit portlovchi moddalar kiradi.
Portlash issiqligi 1030-945 kilokolloriya/kg, portlash harorati T=2960-2780
0
C,
v=3,6-4,8 km/s, v
d
=3,5-4,6 km/sek.
Yuqori quvvatli kukunsimon, nitroglitserinli portlovchi moddalar. Ushbu
portlovchi moddalarga detanit portlovchi moddasi kiradi. Uning portlash issiqligi
1200 kilokolloriya/kg, , portlash harorati T=3280
0
C , detonat tezligi v=6-8 km/sek.
Suvga to’yintirilgan plastic portlovchi moddalar. Ushbu portlovchi
moddalarga akvanit va akvonal portlovchi moddalar kiradi. Portlash issiqligi 1590
x 1600 J/mol. Muzlash harorati T=-15
0
C, detonatsiya tezligi v
1
=4,5-5,5 km/sek
v
2
=4,7-5 km/sek.
Akvanit portlovchi moddasini initsiyalash uchun 10-20 gr massali trotildan
tayyorlangan zaryad talab etiladi.
Akvonal portlovchi moddasi initsiyalash uchun kapsul detonator
qo’llaniladi.
Dostları ilə paylaş: |