a)
Quruq yoki suvli sharoitlarda joylashgan mustahkam tog’
jinslarida
portlatish ishlarini olib borishga mo’ljallagan standart diametrli patronlar ichiga
joylashtirilgan suvga chidamli, yuqori quvvatli portlovchi moddalar.
Ularga
Ammonit skalniy №1 portlovchi moddasini misol qilish mumkin.
b)
Quruq va suvli sharoitlarda joylashgan o’rtacha mustahkam tog’
jinslarida portlatish ishlariga mo’ljallangan standart diametrli patronlarga
joylashtirilgan va qadoqlanmagan o’rtacha quvvatli,
suvga chidamli portlovchi
moddalar. Ularga Ammonit №6JV (etalon portlovchi modda) portlovchi moddasini
misol qilish mumkin.
c)
Quruq va suvli sharoitlarda joylashgan mustahkam tog’ jinslarida
portlatish ishlarini olib borishga mo’ljallangan standart va kichik diametrli
patronlar ichiga joylashtiriligan nitroglitserinli portlovchi moddalar. Ularga
Detonit M Detonit 10A portlovchi moddalarini misol qilish mumkin.
d)
Quruq va suvli sharoitlarda joylashgan mustahkam tog’ jinslarida
portlatish ishlarini olib borishga mo’ljallangan plastik portlovchi moddalar. Ularga
Akvanal №1, Akvanit portlovchi moddalarini misol qilish mumkin.
3 sinf: gaz va chang portlash xavfi mavjud bo’lgan
shaxtalarda portlatish
ishlariga mo’ljallangan saqlagichli sanoat portlovchi moddalari. Ular 3 guruhga
bo’linadi.
1 guruh: bo’sh tog’ jinslarida portlatish ishlarini olib borishga mo’ljallangan
suvga chidamli sanoat portlovchi moddalari. Ularga Ammonit AП 5ЖB portlovchi
moddasini misol qilish mumkin.
2 guruh: oltingugurt shaxtalarida portlatish ishlarini olib borishga
mo’ljallangan sanoat portlovchi moddalari.Ularga Oltingugurtli ammonit №1ЖB
portlovchi mioddasini misol qilish mumkin.
3 guruh: og’ir uglevodorodlar ajralib chiqish xavfi mavjud bo’lan
shaxtalarda portlatish ishlarini olib borishga mo’ljallangan
sanoat portlovchi
moddalari.Ularga Neftli ammonit 3 ЖB portlovchi moddasini misol qilish
mumkin.
4 sinf: ko’mir va yonuvchi slanets shaxtalarida ko’mir yoki slanets changi
ajralib chiqish xavfi mavjud bo’lgan va metan gazi ajralib chiqishi xavfi mavjud
bo’lmagan shaxtalarda portlatish ishlarini olib borishga mo’ljallangan saqlagichli
sanoat portlovchi moddalari. Ularga Ammonit ПЖB portlovchi
moddasini misol
qilish mumkin.
5 sinf: metan gazi ajralib chiqish xavfi mavjud bo’lgan ko’mir shaxtalarida
shpur zaryadi yuzasi kovjoydagi yoki yoriqlarda to’plangan
metan gazi bilan
kontaktda bo’lmagan sharoitlarda qo’llanilanishga mo’ljallangan saqlagichli sanoat
portlovchi moddalari. Ularga uglenit E 6, uglenit №5 kabi nitrogliyserinli
portlovchi moddalar hamda politelin qobiq ichiga to’ldirilgan potronli portlovchi
moddalar kiradi.
6 sinf: metan gazi ajralib chiqish xavfi mavjud bo’lgan ko’mir shaxtalarida
shpur zaryadi yuzasi kovjoydagi yoki yoriqlarda to’plangan metan gazi bilan
kontaktda bo’lgan sharoitlarda qo’llashga mo’ljallangan saqlagichli sanoat
portlovchi moddalari. Ularga shu portlovchi moddalarga politelin qobiq patron
ichiga joylashtirilgan eritmali portlovchi moddalar kiradi.
Dostları ilə paylaş: