Mavzuning dolzarbligi. Yangi ta’lim tizimi mazmunida o’quv reja,
darsliklar asosida o’quv jarayonini loyihalashtirishga ham yangicha yondashish va tashkil etish zarurati tug’ilmoqda. Pedagogik texnologiyani joriy etish tajribasini o’rganish va unga ijodiy yondashish, o’quv jarayonini insonparvarlashtirish, bunda o‘quvchini ni sust ob’ektdan faol sub’ektga aylantirish, bilish faoliyatining aniq maqsadlarga yo’nalganligini hamda o’quv jarayonini ishlab chiqarish jarayoni kabi takrorlanuvchanligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega bo’ladi.
Mazkur ishda o‘quvchilar uchun yangi tushuncha bo’lgan bo‘laklab integrallash mavzusini o‘quvchilar onggiga to‘g‘ri yetkaza olish, qiyinlik darajasi yuqori bo‘lgan integrallarni xam maxsus yo‘llar yordamida boshlang‘ich funksiyalarini topishni o‘rganish, ta’lim texnologiyasida modulli o’qitish masalasi yoritilib uni mazmuni va qo’llash usul, uslublari xaqida mulohazalar yuritiladi.
Bitiruv ishining ob’ekti va predmeti:Bitiruv malakaviy ishida matematik analizning asosiy tushunchalaridan bo’lgan aniq integrallar va integrallash usullari hisobi masalalari ko’rib chiqiladi. Matematik analizda, aniq integrallar va integrallash usullarining turli masalalarni yyechishga tatbiqlari beriladi.Bitiruv ishida aniq integrallar va integrallash usullarining klassifikatsiyasi, aniq integrallar va integrallash usullariga doir ma’lumotlar berilgan. Aniq integrallar va integrallash usullariga ko’plab misollar yechib ko’rsatilgan. Bitiruv malakaviy ishi kirish, ikki bob, xulosa va adabiyotlar ro’yxatidan iborat bo’lib, birinchi bobda aniq integrallar va integrallash usullarining matematik analiz fanida tutgan o’rni va tarixiy rivojlanishi obzori keltirilgan. Ikkinchi bobda, oliy o’quv yurtlarining bakalavr talabalari uchun o’qitiladigan matematik analiz fanidagi «Aniq integrallar va integrallash usullari» modulining ta’lim texnologiyasi keltirilgan.
Bitiruv ishining maqsadi va vazifalari.“Matematik analiz” fanining
muhim jihati uning amaliyot zarurati tufayli yuzaga kelganligidir. “Matematik
analiz” fani talabalarda matematik modellarni qo’llash va tahlil qilish
sohasidagi bilimlarini to’ldiradi. SHuning uchun muammolarni hal qilishda
mazkur fanning optimal usullaridan foydalanish hozirgi zamon talabidir.
“Matematik analiz” fanini o’qitishning asosiy maqsadi:
– talabalarni mantiqiy, algoritmik, abstrakt fikrlashga;
– matematik tafakkurini shakllantirish va rivojlantirishga;
– fikr mulohazalar va xulosalarni asosli va tarzda aniq bayon eta olishga
o’rgatishdan iboratdir.
“Matematik analiz” fanini o’qitishning asosiy vazifalar:
– talabalarda nazariy va amaliy masalalarini yyechishga yetarli matematik
apparatni egallashiga;
– matematik masalalarni tahlil qila olishga o’rgatishdan iboratdir.