3-машғулот


I.Bob. Tengsizliklar va ularni yechish usullari



Yüklə 342 Kb.
səhifə8/20
tarix10.06.2023
ölçüsü342 Kb.
#128014
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20
O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi urganch davlat u

I.Bob. Tengsizliklar va ularni yechish usullari .
1.1.Tengsizlik tushunchasi va uning turlari haqida
Demokratik islohotlar yo’liga qadam qo’ygan mustaqil O’zbekiston Respublikasiga o’qimishli har tomonlama etuk, barkamol fuqarolar kerak. Aynan, «Shaxs» tushunchasi milliy ta’lim (modifikastiya)ning shakl va tamoyilida muhim ahamiyatga ega bo’lib, darsga zamonaviy talablar asosida yondashishni talab etadi.
Shaxsni tarbiyalash «Ta’llm to’g`risida»gi qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da Respublika ta’lim xodimlari zimmasiga o’ta mas’uliyatli vazifalar yuklaydi. Bu vazifani amalga oshirish jarayoni o’quvchilarni o’qitishga yangicha yondashish, o’qituvchilarni o’z kasbiga va o’zgalarga, ya’ni ta’lim oluvchilarga o’ta talabchanlik bilan munosabatda bo’lishni taqozo etadi. Pedagogik jarayonning eskirib qolgan texnologiyasini yangisiga almashtirish, zamonaviy maktabga davr talablari asosida yondashish, darsga esa yangicha usullarning loyihasini tatbiq etish asosiy vazifalardan biriga aylanmoqda.
Yangi pedagogik texnologiyaning afzalligi zamon sinovidan o’tib, interfaol darsning sifat va samaradorligini oshirishda muhim omil ekanligi o’z isbotini topmoqda.
Bu boradi ancha-muncha tajriba to’plagan tadqiqotchilar pedigogik texnologiya darsining muvaffaqiyatlarini kafolotlavchi omil ekanligini ta’kidlab, pedagogik jarayonlarni ilmiy lohihalashtirish, uni amalga oshirish, loyihalashtirilgan ta’lim tarbiya jarayonini amaliyotga aniq va ketma-ket tatbiq qilpsh xususida o’z fikr-mulohazalarini ommaning diqqat-e’tiboriga havola etayotir.
Pedagogik texnologiya amaliyotda bajariladigan ma’lum pedagogik tizim loyihasi ekanligi ko’pchilikda katta qiziqish uyg`otadi. Odatda darsda ko’p gapiramiz, nazariy tushunchalar beramiz, biroq berayotgan ta’limimizning natijasi haqida o’ylamaymiz, uzundan-uzoq qilgan va’zxonligimiz o’quvchi yoki talabalarimizning xotirasida mustahkam saqlanib qolayapdimi, ularning ruhiyatiga ta’sir qiluvchi qanday vositalarni qo’llayapmiz, nazariyani amalmyot bilan qay darajada bog`layapmiz, bu haqda o’ylab ko’rishning mavridi etib kelmadimikan deb o’ylanib qolamiz.
O’qituvchining Pedagogik mahorati, muloqot madaniyati , nutqning to’g`riligi, aloqaviy mahoratning talabalarga ta’siri, pedagogik nutq texnikasini xalma -xilmalik darajasi o’z navbatida yangi aloqaviy texnologiyaga asoslangan holda amalga oshiriladi. Bu jarayon o’qituvchi faoliyati va uslubiyatining turli ko’rinishlari orqali amalga oshiriladi. Pedagogik faoliyat shakllari o’qituvchining talablar asosida ma’ruza, amaliy mashg`ulot davomida hikoya, erkin suhbat, muloqot-munozara darslarida namoyon bo’ladi.
Texnologiya tushunchasi pedagogika fani, ishlab chiqarish sohalariga nisbatan ancha keng qo’llanilib. «Texnologiya» so’zi yunoncha texne — sa’nat, logas — mahorat degan mazmunni anglatadi. Olimlarning ta’kidlashicha, «texnologiya» atamasi «bola shaxsiga ta’sir ko’rsatish san’ati»ga e’tibor qaratilib, har bir davrda o’ziga xos zamonaviylik kasb etib, yangilanib, takomillashib kelgan. «Pedagogik texnologiya» atamasini o’qitish, ta’lim berish jarayonidagi pedagogik mahorat, san’at deb tushunish mumkin. Har qanday faoliyat yo texnologiya, yo san’at bo’lishi mumkin. San’at ichki hissiyotga, texnologiya ega fanga asoslanadi. Shunday bo’lsada, texnologiya lug`aviy ma’noda mahorat tushunchasiga yaqin bo’lib, mahorat dars o’tishning ham, san’atning ham, fanning ham mevasidir. Mantiqshunoslar har qanday mahorat ko’rinishida ichki hissiyot, his-hayajon, sezgi mujassam bo’ladi deb uqtiradilar.
Ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinstiplari quyidagilardan iborat:

  • ta’lim va tarbiyaning insonlarvar, demokratik xarakterda ekanligi;

  • ta’limning uzluksizligi;

  • umumiy o’rta, shuningdek, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limining majburiyligi;

  • o’rta maxsus, kasb-xunar ta’limi yo’nalishini, akademik listey yoki kasb-hunar kollejida o’qishni tanlashning ixtiyoriyligi;

  • ta’lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi;

  • davlat ta’lim standartlari doirasida ta’lim olishning hamma uchun ochiqligi;

  • ta’lim dasturlarini tanlashga yagona va tabaqallashtirilgan yondashuv;

  • bilimli o’quvchi yoki talabaning iste’dodini rag`batlantirish;

  • ta’lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvchanligini uyg`unlashtirish.

Pedagogik texnologiya tushunchasi dastlab XX asrning o'rtalarida AQSHda paydo bo'lib, 1940-50 yillar o'rtasigacha "Ta'lim texnologiyasi" deb yuritilib kelgan va bu ibora texnika vositalaridan foydalanib o'qitishga nisbatan qo'llanilgan. 50-60 yillarda programmalashtirilgan ta'lim nazarda tutilgan, 70- yillarda "pedagogik texnologiya" iborasi qo'llanilib u amaldan loyihalashtirilgan va aniq belgilangan maqsadlarga erishishni kafolatlovchi o'quv jarayonini bildirgan.1979 yilda AQSHning Pedagogik kommunikatsiyalar va texnologiyalar assotsiatsiyasi tomonidan Pedagogik texnologiyani kompleks, integrativ jarayon deb asoslangan va 80- yillarning boshidan esa pedagogik texnologiya deb ta'limning kompyuterli va axborot texnologiyalarini yaratishga aytilgan.Hozirda bu tushunchaga quyidagi turli ta'riflar berilgan:

Yüklə 342 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin