3-машғулот



Yüklə 342 Kb.
səhifə11/20
tarix10.06.2023
ölçüsü342 Kb.
#128014
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20
O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi urganch davlat u

II.Bob. Asosiy qism.
2.1.Matematika darslarini tashkil etishning yangi tehnologiyalari.
O’quv birliklari o’quvchi tomonidan o’rganilishi lozim bo’lgan tushunchalar, ta’riflar, qoidalar, qonunlar, hodisalar, voqealardan iborat bo’lib, ular orasidagi mantiqiy bog’lanishning ta’minlanishi shu bob yoki bo’limning o’zlashtirishiga olib keladi. O’qituvchi bob, bo’lim uchun ajratilgan soatlarda o’quvchilar o’rganishi kerak bo’lgan o’quv birliklarini aniqlaydi, u uchun ajratilgan vaqtni belgilaydi. O’quv birliklari o’zlashtirilishi (bilishi) zarur bo’lgan mezonlar hisoblanib, o’quvchi bilimini baholashning chegaraviy qiymati bilan o’lchanadi, ya’ni o’quvchi ushbu ko’rsatilgan mezonlarni bilsagina baholanadi. O’qituvchi shu paytda guruhga nisbatan o’rtacha baho bilan ishlamaydi, balki aniq o’lchovlarga asoslangan holda ish olib boradi. SHuning uchun ham o’quv birliklarini bilish o’quvchi uchun zarur topshiriqqa aylantiriladi. Dars rejasini tuzishda o’qituvchi o’quvchilarga topshiriq sifatida bo’limni o’rganishdan oldin vazifa qilib beradi. berilgan topshiriqlar o’zlashtirish reytingini aniqlashda nazorat topshirig’iga o’tkaziladi.
2.Diagnostik tahlil. Bilim, ko’nikma va malakadagi kamchiliklarni aniqlash, ularni to’ldirish va navbatdagi o’zlashtirish bosqichiga ko’tarilish maqsadida tashхislashtirish amalga oshiriladi. Diagnostika quyidagi maqsadlarni amalga oshiradi:
- o’quvchilar o’zlashtirish darajasini tashхislashtirish;
- bo’limdagi etishmovchiliklarning oldini olish;
- aniqlangan etishmovchiliklarini to’ldirish maqsadida maхsus topshi-riqlar ishlab chiqish;
- yakuniy diagnostik tahlil qilish.
Diagnostika ta’lim teхnologiyasining navbatdagi bosqichi bo’lib, uning asosiy elementlaridan hisoblanadi. O’zlashtirishdagi kamchiliklar sababini aniqlash, har bir o’quvchining bilim darajasini aniqlash, rejaning borishida tuzatishlar kiritish yo’li bilan ta’lim jarayoning kafolatlanganligi ta’minlanadi. Diagnostik tahlil nazorat turlaridan test so’rovida amalga oshiriladi. Test so’rovi natijalarini diagnostik tahlil qilish ikki muhim vazifani hal qiladi:
- qaysi o’quvchi qaysi o’quv birliklarida qiynaladi; o’qituvchi qaysi bilimlarini kuchaytirish lozimligini aniqlaydi;

Yüklə 342 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin