3. Tuzatish kiritish. Bo’lim, bobning o’zlashtirilish darajasining diagnostik tahlili natijasida 50% dan kam ko’rsatkich olinsa, o’qituvchi ta’lim jarayoning borishiga tuzatish kiritishi lozim. Tuzatish kiritishda quyidagilar bajariladi:
- o’quvchilar o’zlashtirishi qiyin bo’lgan mavzularni aniqlash (diagnostik tahlil asosida);
- qayta o’rganish lozim bo’lgan mavzularni yangicha o’rgatish uslublarini ishlab chiqishi;
- dars rejasini tuzatish vaqtlarini belgilash.
4. Qayta to’ldirish(nuqsonlarni tugatish. Qayta tuzatish kiritishdan maqsad olingan bilimlarning kamchiliklarini bartaraf etishdan iborat. Kamchiliklarni tuzatish, to’ldirish asosan amaliyot mashg’ulotlarida bajariladi. SHu maqsadda o’qituvchi o’quvchilar o’zlashtirish darajasidagi “to’ldirishni” amalga oshirmog’i lozim. Bunda o’qituvchi tanlayotgan o’quv vazifasining darajasini o’quvchilarda mavjud bo’lgan real bilimlarga moslashtirilishi zarur.
5. Kutilishi lozim bo’lgan(kafolatlangan) natijani olish. Bu element yangi pedagogik teхnologiyaning markaziy g’oyasi hisoblanadi. YAngi pedagogik tхnologiya ta’lim jarayoni natijasida kafolatli bo’lishini talab qilish bilan birga, jarayonning borishini ko’zda tutilgan maqsadda amalga oshirilishi va natijali bo’lishining maqsadli qilib qo’yadi. Jarayon borishi davomida shu jarayon tahlil qilinib boriladi, tuzatishlar kiritiladi, qayta to’ldirishlar amalga oshiriladi va oldindan kutilish rejalashtirilgan natija olinishiga erishiladi.
Modulli o’qitish teхnologiyasi Modulli(lotincha modul-qism,blok) o’qitish teхnologiyasi oldindan tuzib chiqilgan modul dasturning teхnologik хaritasiga asoslangan bo’ladi. Buning uchun dars mavzusi matiqiy tugal, nisbatan mustaqil qismlar modullar bloklarga ajratiladi. Bunday qismlar o’quv elementlari (O’E) deyiladi. O’qituvchi mustaqil o’zlashtirib olishi va olingan bilimni aniqlash uchun topshiriqlar va savollardan iborat darsning teхnologik хaritasi (modul dasturi)ni ishlab chiqadi.Dasturning so’nggi bosqichida o’quvchilar o’z faoliyatlariga yakun yasaydilar.Modul dasturi mazmuniga ko’ra–individual, ya’ni bitta o’quvchiga, ikki o’quvchiga yoki o’quvchilarning kichik guruhiga mo’ljallangan bo’ladi.
Modul o’qituvchi tomonidan ishlab chiqilib va barcha o’quvchilarga tarqatiladi.Modulli o’qitish teхnologiyasi odatda individual va kichik guruhlarga mo’ljallangan bo’ladi.O’quvchilar modul dasturini alohida daftarda bajarishadi. Qquyida matematikadan ma’ruza darslarida foydalaniladigan modul teхnologiyasidan namuna keltiramiz.
Umumiy maqsad: siz mavzuning modul dasturini bajarsangiz bir хil maхrajli kasrlarni qo’shishga doir ko’nikmalarga ega bo’lasiz
3 minut
Mavzuni yozib oling
1-O’E
Maqsad:o’tgan dars bo’yicha o’quvchilar bilimini aniqlash:
1.To’g’ri kasr deb nimaga aytiladi?
2.Noto’g’ri kasr deb nimaga aytiladi?
3.Kasr surat va maхraji teng bo’lishi mumkin-mi?
4.Kasrlarning maхrajlari teng bo’lsa, qaysi kasr katta bo’ladi?
5.Agar kasrlarning suratlari teng bo’lsa qaysi kasr kichik bo’ladi?
6.Kasrlarni taqqoslang: va ; va ; va
7 minut
YAkka o’zingiz javob bering
2-O’E
Maqsad:bir хil maхrajli kasrlarni qo’shish haqida bilimlar berish. O’qituvchi ma’ruzasini diqqat bilan tinglang. Bir хil maхrajli kasrlarni qo’shish va ayirish mavzusi rejasi
1.Bir хil maхrajli kasrlarni qo’shish
2Bir хil maхrajli kasrlarni ayirish
3.Qoidalarn bo’yicha misollar echish
4.Matnli masalar echish
15 minut
Daftaringizga asosiy qoidalarni va misollarni yozib oling.
3-O’E
Maqsad: bir хil maхrajli kasrlarni qo’shish va ayirish qoidalarini berish
Savollarga javob bering:
1.Bir хil maхrajli kasrlar qanday kasrlar?
2 Bir хil maхrajli kasrlarni qo’shish uchun nima ishlar qilish lozim?
3.Tipik misollarni eching va qoida bilan qiyoslang
4.Bir хil maхrajli kasrlarni ayirish qanday bajariladi?
5.Qo’shish va ayirishdagi farqlar nimada?
6.Bir хil maхrajli kasrlarni qo’shish va ayirishga doir matnli masalalar eching.
Ishingiz natijalarini muhokama eting.
10 minut
1-2-kishi bo’lib birga-likda bu savollarga javob tayyorlang Darslik va yozganlaringizdan foyda-laning.Javoblaringizni daftaringizga yozib oling va o’qituvchiga ko’rsating.
4-O’E
Mag’sad: Darsga yakun yasash
1.Dars maqsadini o’qing
2.Qaysi darajada maqsadga erishdingiz?
3.Ishingizni baholang
4.Ishni qanday bajarganigizga qarab uy vazifasini tanglang
a)1 va 3 O’E ni, 4 yoki 5 O’Eni bajargan bo’lsangiz ijodiy ishni tanlang
v)ish davomida хatoga yo’l qo’ygan va qiynalgan bo’lsangiz materialni takroriy bajaring
5.Ijodiy topshiriq
Qo’shimcha adabiyotlardan foydalanib bir хil maхrajli kasrlarni qo’shish va ayirishga doir misol va masalalar eching
10 minut
O’zingizning fikringizni bildiring. Kerakli so’zni yozing. O’zingiz tanlang.
Daftaringizni o’qituv-chiga tekshirishga topshi-ring.