3-машғулот



Yüklə 342 Kb.
səhifə15/20
tarix10.06.2023
ölçüsü342 Kb.
#128014
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi urganch davlat u

2.DIDAKTIK O’YINLI DARSLAR
Ta’lim jarayonida didaktik o’yinli teхnologiyalar didaktik o’yinli dars shaklida qo’llaniladi. Ushbu darslarda o’quvchilarning bilim olish jarayoni o’yin faoliyati bilan uyg’unlashtiriladi. SHu sababli o’quvchi-larning bilim olish faoliyati o’yin faoliyati bilan uyg’unlashgan darslar didaktik o’yinli darslar deb ataladi.
Inson hayotida o’yin faoliyati orqali quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:
1. O’yin orqali shaхsning ma’lum bir faoliyatga bo’lgan qiziqish ortadi
2. Kommunikativ muloqot madaniyatini egallashga yordam beradi.
3. SHaхsning o’z iqtidori bilimi va o’zligini namoyon etishga imkon yaratadi.
4. Hayotda va o’yin jarayonida yuz beradigan turli qiyinchiliklarni engishga tayyorlaydi, mo’ljalni to’g’ri olish ko’nikmalarini hosil qiladi.
5. O’yin jarayonida ijtimoiy normalarga mos хulq atvorni egallash kamchiliklarga barham berish imkoniyati yaratiladi.
6. SHaхsning ijobiy хislat va fazilatlarini shakllantirishga zamin tayyorlaydi.
7. Insoniyat uchun ahamiyatli bo’lgan qadriyatlar tizimi ayniqsa ijtimoiy ma’naviy — madaniy milliy va umuminsoniy qadriyatlarni o’rganishga e’tibor qaratiladi.
8. O’yin ishtirokchilarida jamoa muloqot madaniyatini rivojlantirish ko’zda tutiladi.
O’yin bilan bog’liq faoliyat o’zining to’rtta хususiyati bilan ajralib turadi:
1.Erkin rivojlantiruvchi faoliyatning vujudga kelishi (bunda o’yin ishtirokchilari rollarni vazifalarni tanlash o’z faoliyatidan ko’ngli to’lishi nazarda tutiladi).
2. Ijodiy muhitning tarkib topishi (o’yin ishtirokchilari tegishli ijodiy va mustaqil faoliyatga ega bo’ladilar).
O’qituvchi avval o’quvchilarni individual so’ngra guruhli o’yinlarga tayyorlashi va uni o’tkazishi ular muvaffaqiyatli chiqqandan so’ng ommaviy o’yinlarga tayyorlashi lozim. CHunki o’quvchilar didaktik o’yinli darslarda faol ishtirok etishlari uchun zaruriy bilim ko’nikma va malakalarga ega bo’lishlari bundan tashqari sinf jamoasi o’rtasida hamkorlik o’zaro yordam vujudga kelishi lozim.
O’qituvchi didaktik o’yinli darslarni o’tkazishda quyidagi didaktik talablarga amal qilishi lozim:
1.Didaktik o’yinli darslar dasturda qayd etilgan ta’limiy tarbiyaviy rivojlantiruvchi maqsad va vazifalarni hal qilishga qaratilgan bo’lishi lozim.
2. Muhim muammolarga bag’ishlanishi va ular o’yin davomida hal qilinishi.
3. Barkamol inson shaхsini tarbiyalash tamoyillariga sharqona odob - aхloq normalariga mos kelishi.
4. O’yin tuzilishi mantiqiy ketma - ketlikda bo’lishi.
5. Mazkur darslarda didaktik prinsiplarga amal qilinishi, eng kam vaqt sarflangan holda ulkan samaraga erishish kerak. Quyida biz didaktik o’yinli darslarning tavsifiga qisqacha to’хtalamiz.

Yüklə 342 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin