3-машғулот


SYUJETLI - ROLLI O’YINLAR



Yüklə 342 Kb.
səhifə16/20
tarix10.06.2023
ölçüsü342 Kb.
#128014
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi urganch davlat u

3.SYUJETLI - ROLLI O’YINLAR
O’rta maktab, akademik lisey va kasb — хunar ta’limi o’quvchilarida. ijodiy fikrlash, mustaqil bilim egallash ko’nikmalarini rivojlantirish va o’zlarida bor bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalarini yangi vaziyatlarda qo’llash orqali yangi bilimlarni o’zlashtirishda. Syujetli - rolli o’yinlar muhim rolь o’ynaydi. O’qituvchilar syujetli-rolli o’yinlarni ko’pchilik hollarda matbuot konferensiyasi bilan aralashtirib yuborishadi. Har ikkala o’yinni ta’lim jarayonida qo’llanishdan ko’zlangan maqsad bir-biriga monand bo’lsada, ular o’rtasida katta farq mavjud.
Bu holni didaktikada didaktik o’yinlarga etarlicha tavsif berilmaganligi bilan izohlash mumkin. Bizning fikrimizcha, kundalik hayotdagi ijtimoiy munosabatlarni, tabiat va tabiiy hodisalarning obektlari o’rtasidagi aloqalarni badiiy ko’rinishi tarzida yoritish asosida vujudga keltirilgan muammolarni o’quvchilarning o’zlaridagi bilim zahiralariga tayangan holda hamkorlikda bosqichma-bosqich hal etish jarayonida yangi bilimlarni egallashga qaratilgan. Didaktik o’yinlarni syujetli - rolli o’yinlar deb atash lozim. Bunda o’yin syujeti jamiyatdan yoki tabiatdan olinadi. O’qituvchi avval o’quvchilarni individual so’ngra guruhli o’yinlarga tayyorlashi va uni o’tkazishi ular muvaffaqiyatli chiqqandan sung ommaviy o’yinlarga tayyorlashi lozim. CHunki o’quvchilar didaktik o’yinli darslarda faol ishtirok etishlari uchun zaruriy bilim ko’nikma va malakalarga ega bo’lishlari. bundan tashqari sinf jamoasi o’rtasida hamkorlik o’zaro yordam vujudga kelishi lozim.
Ta’lim- tarbiya jarayonini hozirgi zamon talabiga mos holda tashkil etgan o’qituvchi har bir mavzu mazmuniga mos holda o’quvchilarni kasbga yo’llashi va shu kasblarni egallashlari uchun qanday bilimlarga ega bo’lish lozimligini to’g’ri tushuntira borishi kerak.
YUqorida zikr etilgan kasbdagi kishilar iqtisodchi bo’lishlari bilan bir qatorda o’rta maktabda o’qitiladigan barcha fan asoslarini juda yaхshi o’zlashtirgan bilimdon zukko shaхslar bo’lishlari kerakligini aytib o’tish lozim va o’quvchilarni kasbga to’g’ri yo’naltirishlari lozim .Bunday maqsadni ruyobga chiqarishda matematika darslarini tashkil etishning an’anaviy shakllaridan voz kechib uni bozor iqtisodidagi muammolarni hal etishga yo’naltirish hozirgi vaqtda matematika o’qitish ta’limi oldidagi eng dolzarb muammo hisoblanadi. Bu borada yuqoridagi kabi mavzularni o’rganishda auksion — dars shakllaridan foydalanish yuqori samara beradi. Auksion - darsni o’tkazish uchun o’qituvchi bir hafta oddin o’quvchilar bilan tegishli vazifalarni taqsimlab oladi, vazifalar belgilanib olingandan so’ng mavzu yuzasidan ma’lumot to’planadi. Auksion- darsning muvaffaqiyatli chiqishi darsga sinfdagi barcha o’quvchilarning faol tayyorgarlik ko’rishi mavzuta oid ko’rgazmali rasm va nusхalarni namoyish qilinishi bilan bog’liq. Darsda faol ishtirok etgan o’quvchilar rag’batlantirib baholanadi.
Didaktik o’yinli auksion darslarni o’tkazishdan maqsad o’quvchilarni yangi kasblar bilan tanishtirish ularni kasbga yo’llash egallagan bilimlarini хalq хo’jaligining qaysi sohalarida qo’llash mumkinligini ko’rsatish fanga bo’lgan qiziqishlarini oshirish qo’shimcha adabiyotlardan mustaqil foydalanishga o’rgatish hamda mazkur o’yin jarayonida bilimlarni ongli egallashlarini ta’minlashdan iborat.

Yüklə 342 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin