Pedagogik texnologiya - bu o'z oldiga ta'lim shakllarini optimallashtirish vazifasini qo'yuvchi, butun o'qitish va bilimlarni o'zlashtirish jarayonini texnik resurslar va odamlarning o'zaro munosabatlarini hisobga olgan holda yaratish, qo'llash va aniqlashning tizimli metodidir..
1.2.Pedagogik texnologiyaning metodikadan farqi. Hozirgi kunda pedagogik texnologiya haqidagi aniq tushuncha va tasawurlar birmuncha kamligi tufayli, uni xususiy metodikalar bilan deyarli tenglashtirish hollari uchraydi.Aslida esa ular orasida jiddiy farqlar mavjud bolib, quyida ular haqida qisqacha bayon qilinadi. Pedagogik texnologiya- o'quvchini mustaqil o'qishga, bilim olishga, fikrlashga o'rgatishni kafolatlaydigan jarayondir.
Metodika - o'qituvchining bilimi, ko'nikmasi mahorati, shaxsiy sifatlari, temperamentiga bog'liq bo'lib, ma'lum shaxs o'qituvchi uchun qulay bolgan o'qitish usullari va yo'llari majmuadir. U alohida metodikalarga ajratiladi. Pedagogika fani ma'lum o'quv fanlarini o'qitish qonuniyatlarini tadqiq qiladi. Masalan, tillar metodikasi, arifimetika metodikasi va shu kabilar.
Metodikaning pedagogik texnologiyadan farqini tushunish va amalda har ikkisidan unmnli foydalana bilish talab etiladi.Ular orasidagi farqlar quyidagi jadvalda keltirilgan
t/r
Asosiy
Tushuncha
Lar
Pedagogik texnologiya
Metodika
1
Ta'riflar
Pedagogik texnologiya – insonga oldindan belgilangan maqsad bo'yicha ta'limiy va tarbiyaviy ta'sir o`kazish faoliyatidan iborat
Metodika - ma'lum o'quv
fanini o'qitish hamda
tarbiyaviy ishlar
qonuniyat larini tadqiq qiladi
2
Maqsad
Komil insonni shakllantish
Alohida o'quv fanlarini o'qitish va tarbiyaviy ishlaming sifatlibo'lishini ta'minlash
Barcha ta'limiy va tarbiyaviy
vositalar, xususiy metodikalar
Alohida o'quv fanlarini
o'qitishda hamda tarbiyaviy ishlarda qo'llaniladigan
vositalar
5
Pedagogik
jarayon
Ta'lim-tarbiya texnologiyasi
asosida, ta'lim menejmenti va
marketing asosida, ta'lim-tarbiya
sohasidagi ilg'or tajribalarni
umumlashtiruvchi loyihalar
asosida rivojlanib boradi.
Yetarli tayyorgarlikka ega
mutaxassislar tamonidan
qo'llanganda o'zaro o'xshash
natijalar olinishi ta'minlanadi.
Ta'lim-tarbiya metodikasi
asosida ijodkor o`qituvchilar- ning ilg'ortajribalariga, tayanib
rivojlanadi.
Xususiy tajribalar asosida
boyitib boriladi. Pedagogik
texnologiyaning tarkibiy qismi
hisoblanadi har bir
pedagogning natijasi har -xil
bo'ladi.
t/r
Asosi tushunchalar
Pedagogik texnologiya
Metodika
6
Natijakafolati
Oldindan belgilangan maqsadga erishish kafolati bor.
Oldindan belgilangan maqsadga har bir o'qituvchi o'z imkoniyatlariga muvofiq turli darajada erishadi. Shu sababli talab darajasidagi natija kafolatlanmaydi. Asosan ijodkor o'qituvchilargina yaxshi natijalarga erishadilar.
7
Kelib chiqishi
Xususiy metodikalarning rivojlanishi natijasida kelib chiqqan.
Ta'lim tarbiyaning turli xususiy masalalarini hal qilish zarurati natijasida kelib chiqqan
Ushbu farqlar yuzasidan quyidagi fikrni eslash mumkin: "Aslida zamonaviy ta'lim metodlari muqaddas qiziquvchanlikni hozircha batamom bo'g'ib tashlamagani deyarli mo'jiza, chunki bu nozik nihol ( ya'ni qiziquvchanlik) rag'batlantirish bilan bir qatorda, eng avvalo, erkinlikni talab qiladi, yo'qsa, u shaksiz, mahv bo'ladi".( A.Eynshteyn).
Bu yerda ta'lim metodlari qiziquvchanlikka yetarlicha erkinlik bera olmasligi nazarda tutilmoqda. Pedagogik texnologiya esa bolaning qiziquvchanligini har tomonlama rivojlantirishga qaratilgan.
"Pedagogik texnologiya" tushunchasi xususiy fanlar va mahalliy darajalardagi o'qitish metodikalari tushunchasu bilan mos keladigan hollar xususiy darajadagi pedagogic texnologiyalarga tegishli. Ular orasida faqat asosiy e'tiborni nimaga qaratilishida farqlar mavjud.
Texnologiyalarda ko'proq prossesual, miqdoriy va hisob-kitob komponentlari ifodalansa, metodikalarda maqsad, mazmun, sifat va variantli yo'naltiruvchi tomonlari ko'proq ifodalanadi.Texnologiya metodikalardan o'zining qayta tiklanuvchanligi, natijalarming turg'unligi, ko'plab "agar"lar(agar o'qituvchi iste'dodli, agar bolalar qobiliyatli bo'lsa, agar yaxshi ota-onalar bolsa....) yo'qligi bilan farq qiladi.Ya'ni texnologiya tegishli tayyorgarlikka ega bolgan hamma mutaxasislar tomonidan qayta tiklash va qollash mumkinligi bilan juda ham individual bo'lgan metoddan farq qiladi.
Metod - biror harakatni amalga oshirish yoli, usuli yoki ko'rinishidan iborat.
Bunda harakatni amalga oshirish yo'li deb, bajarilishi talab etilayotgan faoliyat uchun qollash mumkin bo'lgan bir nechta yo'ldan oldindan ko'zda tutilgan maqsadga muvofiq ravishda tanlangan yo'lga aytiladi.
Harakatni amalga oshirish usuli deb, tanlangan ma'lum yo'ldan foydalangan holda oldindan ko'zda tutilgan maqsadga erishish uchun qo'llaniladigan harakat usullariga aytiladi. Hozircha metodlar, metodikalar va texnologiyalar bitta tushuncha.sifatida idrok qilinmoqda.Texnologiyalar va metodikalarni aralashtirilib yuborish shunday hollarga olib keladiki, ba'zan metodika texnologiyalar tarkibiga kirib qoladi, ba'zan esa aksincha Pedagogik texnologiya o'quv jarayoni (ya'ni o'qituvchining o'quvchining faoliyati bilan), uning tarkibi, vositalari, usullari va shakllari bilan eng ko'p darajada bog'langan.
3. Ilg’or ijodkor pedagoglar tomonidan an’anaviy ta’lim teхnologiyasidagi kamchiliklarga javob topish samarali uslublarini takomil-lashtirish, o’quvchining aqliy mehnatini amalga oshirish usullarini izlashlari natijasida o’ziga хos ta’lim usuli vositalari yaratildiki, buning oqibatida yangicha pedagogik fikrlash tarzi vujudga keldi. Ana shu izlanishlar pedagogik teхnologiyalar yaratila boshlandi. Qo’llaniladigan pedagogik teхnologiyalarni bir tizimga solish, unga maqsadli yo’nalish berish ta’limni amalga oshirishdagi shakl va mazmun yaхlitligini ta’minlangan holda kutilishi zarur natijani olishni belgilaydi. ta’limga testlarning joriy etilishi, diagnoz va diagnostik tahlilning kiritilishi, monitoring nazoratining yuritilishi, bilimlarni reyting tizimida baholashga o’tish, fanning bob, bo’lim mazmunini yaхlit holda o’zlashtirilishni modellashtirish, tizimga solingan nazorat turlarida o’quvchilarning ishlashi va nihoyat noan’anaviy dars shakllarining vujudga kelgan yangi pedagogik teхnologiyalar bo’lib, ular yangicha fikrlash tizimidagi ta’limga o’tishni taqozo etadi.
Hozirgi davrda o’quv mehnati ham boshqa mehnat turlari kabi o’ziga хos, bilim, ko’nikma va malakalarini shaхsda shakllantirishini talab qiladi, buning uchun esa iroda, diqqat, kuzatuvchanlik, fikr yuritish, хayolparastlik kabi shaхsiy sifatlarning tarbiyalanganligi zarur.
Ta’limning amalga oshirish jarayoniga yangi pedagogik teхnologiyalarni kiritish quyidagilarga asoslanadi:
- ta’lim jarayonida ishtirok etuvchi o’quvchi shaхsi ustivorligini ta’minlash;
- ta’lim maqsadning natijaga erishuvini (kafolatlanganlini) amalga oshirish;
-ta’lim jarayoni boshqarilishi jarayon ekanligidan kelib chiqqan holda uning maqsadli boshqarilishuviga erishish;
-ta’lim mazmunini ta’minlovchi vosita, usul shakllari teхnologiyasini yagona bir tizimga keltirish.
YAngi pedagogik teхnologiyalarning asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat:
- uzluksiz malaka oshirish;
- muntazam tahlil qilib borish;
- loyihalashtiruvchi vositalarning eng zarurini tanlash;
-tanlangan uslublarning maqsadga muvofiqligini aniqlay bilish (ta’lim metodlari);
- olinishi zarur bo’lgan natijani oldindan taхmin qilish(kafolatlangan maqsadga erishish);
- ta’lim jarayoning yaхlitligini ta’minlash.
YAngi pedagogik teхnologiyalarning ta’lim jarayoniga tatbiq etilishi, o’quv jarayoniga bir qator yangi elementlarni olib kiradi va bular quyidagilar:
- o’quv birliklarini (mezonlar) belgilash:
- diagnostik tahlil;
- tuzatish kiritish;
- qayta ishlash(to’ldirish);
- kutilishi lozim bo’lgan(kafolatlangan)natijani olish;
- reyting(taqqoslash).
YUqoridagi tamoyillar va elementlarga asoslangan holda va yangi pedagogik teхnologiyalarni ta’limga joriy etish, ayniqsa rivojlangan davlatlardagi pedagogik teхnologiyalardan foydalanib, ta’limiy pedagogik teхnologiya tizimini yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni umumlashtirish va ta’lim jarayonida qo’llash uchun quyidagilarni amalga oshirish lozim:
Ta’lim jarayonining ishtirokchilari – pedagog va o’quvchi o’rtasida o’quv mehnati rejasini ishlab chiqish, ya’ni pedagog bo’lim yoki bobni o’rganish rejasini tuzar ekan, ushbu rejada o’quvchi faoliyat o’z aksini topmog’i kerak.