Texnologiya - biror ishda, san'atda, mahoratda qo'llaniladigan usullar, yo'llar yig'indisi. (Izohli lug"at).Texnologiya - ishlov berish, ahvolni o'zgartirish san'ati, mahorati, qobiliyati metodlar yig'indisi. (V.M.Shepel).
Pedagogik texnologiya - Bu o'qituvchi (tarbiyachi)ning o'qitish (tarbiya) vositalari yordamidao'quvchi (talaba)larga muayyan sharoit va ketma-ketlikda ta'sir ko'rsatish va bu faoliyat mahsuli sifatida ularda oldindan belgilangan shaxs sifatlarini shakllantirish jarayondir. (N.Saydaxmedov).
Pedagogik texnologiya- o'qitishning, ta'limning shakllari, metodlari, usullari, yollari, tarbiyaviy vositalarning maxsus yig'indisi va komponovkasi (joylashuvi)ni belgilovchi psixologik tartiblar (ustanovka)lar majmuasi;u pedagogik jarayonning tashkiliy-uslubiy vositalaridan iborat ( B.T.Lixachev).
Pedagogik texnologiya - texnika resurslari, odamlar va ularning o'zaro ta'sirini hisobga olgan holda ta'lim shakllarini optimallshtirish vazifasini qo'yuvchi o'qitish va bilimlarni o'zlashtirishning hamma jarayonlarini yaratish, qollash va aniqlashning tizimli metodi. (YUNESKO).
Pedagogik texnologiya - bu o'qitishga o'ziga xos yangicha (innovatsion) yondashuvdir.U pedagogikadagi ijtimoiy-muhandislik tafakkurining ifodalanishi, texnokratik ilmiy ongning pedagogika sohasiga ко chirilgan tasviri, ta'lim jarayonining muayyan standartlashuvi hisoblanadi.( B.L.Farberman)
Ushbu aytilganlar asosida pedagogik texnologiyaning quyidagi eng qisqa va umumlashtirilgan ta'rifmi keltirishimiz mumkin:
Pedagogik texnologiya - barkamol insonni shakllantirish faoliyati".
Shu bilan birga pedagogik texnologiyaning keng ko'lamli, serqirra tushuncha ekanligini hisobga olgan holda uning quyidagi yana bir nechta ta'riflarini keltirishimiz mumkin.
Pedagogik texnologiya - axborotlarni o'zlashtirish, ulardan amalda foydalanish, ulardagi yangi ma'no-mazmunlarni hamda axborotlar orasidagi turli bog'liqliklarni ochish orqali yangi axborotlar yaratishga o'rgatish jarayonidan iborat.