Massajga qisqacha tasnif Massaj (arabcha so’z bo’lib, “qo’l tegizmoq” demakdir)-davolash usuli. Massajda ko’pgina tizim va organlarga mexanik va reflektor ta’sir ko’rsatiladi.
Massajning fiziologik ta’sirida nerv tizimi ma’lum rol o’ynaydi. Massaj qilinadigan joy, massaj ta’sirining xarakteri, kuchi va qancha davom etishiga qarab, bosh miya po’stloining funktsional holati o’zgaradi, umumiy nerv qo’zaluvchanligi pasayadi yoki oshadi. Massajning organizmga ta’sir mexanizmida nerv omil bilan bir qatorda gumoral omil ham katta rol o’ynaydi.
Massaj ta’sirida terida biologik aktiv moddalar hosil bo’lib qonga tushadi, ular tomir reaktsiyalarida, nerv impulslarini o’tkazishda va boshqa reaktsiyalarda qatnashadi. Massaj bevosita ta’sir qilgan joyida to’qimalarga mexanik ta’sir ham ko’rsatib, limfa, qon, to’qimalar orasidagi suyuqlik tsirkulyatsiyasi kuchayadi. Natijada qon va limfa dimlanishi yo’qolib, moddalar almashinuvi va massaj qilinayotgan joy terisi orqali nafas olish kuchayadi. Teri qayishqoq bo’lib qoladi, temperaturasi va mexanik omillarga qarshiligi, muskullarning qisqarish funktsiyasi oshadi, tonusi, elastikligi, shuningdek, bolam apparatining harakatchanligi ortadi.
Massaj yurak-tomir tizimi ishini yaxshilaydi. Kapillyarlarni kengaytirib, massaj qilinadigan sohanigina emas, balki undan uzoqdagi to’qimalarning ham (reflektor yo’l bilan) qon bilan mo’l ta’minlanishiga imkon beradi: qonning arteriya va venalardan oqishi osonlashadi. Massaj muolajasidan so’ng umumiy ahvol yaxshilanadi, charchoq yo’qoladi.
Umumiy (butun gavda) va mahalliy (gavdaning bir qismi, masalan, qo’l yoki oyoq panjasi) massaj bor. Asosiy usullari: silash, uqalash, ishqalash va qoqib qo’yish.
Massajning nerv tizimiga ta’siri
Nerv tizimi shartli ravishda somatik va vegetativ qismlarga bo’linadi. Somatik nerv tizimi tayanch-harakat apparatining-suyaklar, bo’inlar, mushaklar, teri, sezgi a’zolari va ayrim ichki a’zolarni; vegetativ tizimi esa asosan, ichki a’zolar-ovqat hazm qilish, nafas olish, ayiruv, ichki sekretsiya bezlari va qon tomirlari faoliyatini boshqaradi. Vegetativ nerv tizimida simpatik va parasimpatik bo’limlar tafovut etiladi. Markaziy nerv tizimini tashkil etuvchi bosh va orqa miya, ko’p sonli nerv hujayralari (neyronlar) va ular o’simtalarining nerv tolalaridan iborat. Nerv tolalari bosh va orqa miya qismlarini bir-biri bilan bolab, qo’zalishlarni o’tkazish funktsiyasini bajaradi.
Odamning orqa miyasi umurtqa poonasining kanalida birinchi bo’yin umurtqasining yuqori qismidan birinchi bel umurtqasining pastki qismigacha joylashgan bo’ladi.
Nervlarda ming-minglab nerv tolalari bor, bu tolalar sezuvchi, harakatlantiruvchi va aralash (harakatlantiruvchi va sezuvchi nerv tolalaridan iborat) nervlarga bo’linadi.
Massaj vaqtida terida joylashgan, markaziy va vegetativ nerv tizimi bilan bolangan, ko’p sonli har xil nerv tolalarining uchlari birinchi navbatda ta’sirotga uchraydi. Odam organizmiga massaj har xil fiziologik ta’sir ko’rsatadi, buning natijasida odam organizmida bir qator umumiy va mahalliy reaktsiyalar hosil bo’ladi, bunda hamma to’qimalar, a’zolar va tizimlar ishtirok etadi. Massaj ta’sirining kuchini, davomiyligini o’zgartirib miya po’stloining funktsional holatini o’zgartirish, umumiy qo’zaluvchanlikni oshirish, reflekslarni kuchaytirish va yo’qolgan reflekslarni qayta tiklash hamda turli xil ichki a’zolar va to’qimalar ozuqalanishini yaxshilash mumkin. Massajning har xil usullari nerv tizimiga turlicha ta’sir ko’rsatadi: biri tinchlantiradi (silash, silkitish), boshqalari qo’zatadi (urish usullari).
Jismoniy va aqliy mehnatdan so’ng massaj tetiklashtiradi, ish qobiliyatini oshiradi.
Hamma massaj uslublari orasida tebratish usuli eng kuchli reflektor ta’sirga ega. Massaj nerv-mushak tizimiga ijobiy ta’sir etadi, charchash holatini yo’qotadi, mushaklarning qisqarish qobiliyatini, o’tkazuvchanligini yaxshilaydi va ish qobiliyatini oshiradi.
Massaj oliy nerv tizimiga chuqur ta’sir etib, oriqni kuchsizlantiradi yoki qoldiradi, nervda o’tkazuvchanlikni yaxshilaydi, shikastlanishda tuzalish jarayonini tezlashtiradi.
Massajning noto’ri qo’llanilishi natijasida odamning umumiy ahvoli yomonlashadi, haddan tashqari hayajonlanadi va oriqlar kuchayadi. Massaj jarayonida vujudga keladigan oriqlar reflektor yo’l bilan mushaklar tonusini, qon bosimini, qonda qand va adrenalin miqdorini oshiradi hamda qon ivishini tezlatadi.
Massajning nerv tizimiga ta’siri tashqi muhit omillari tufayli ham yuzaga kelishi mumkin. Tashqi muhitning manfiy ta’sir ko’rsatuvchi omillaridan navbat kutish, shovqin-suron, qattiq gaplashish massajning davo ta’sirini keskin kamaytirib yuborishi mumkin.