3-mavzu: Asosiy harakat yurish, yugurish, sakrash va boshqa yordamchi mashqlar (2 soat)


 Bolalarda hayotiy xarakat ko’nikmalarini shakillantirish



Yüklə 277,99 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/13
tarix02.01.2022
ölçüsü277,99 Kb.
#45535
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Maktabgacha ta'limda harakatli o'yinlar

2 Bolalarda hayotiy xarakat ko’nikmalarini shakillantirish 

Jismoniy  tarbiya  jarayonida  o‘rgatishning  asosiy  vazifasi  harakat 

ko‘nikmalari  va  maxsus  bilimlarini  egallashdir.  Jismoniy  tarbiya  jarayonida  ham 

ta’lim ham tarbiya amalga oshiriladi. Bundan o‘rgatishning asosiy fani bo‘lib o‘zaro 

bog‘langan  harakat  tizimini  o‘z  ichiga  oluvchi  ratsional  harakat  faoliyatlari 

hisoblanadi.  Biror  bir  harakatga  o‘rgatish  shug‘ullanuvchilarning  jismoniy 

rivojlanishi,  fuksional  imkoniyatlarini  oshirish  va  rivojlantirish,  sog‘liqni 

mustahkamlash va h.k. lar bilan bog‘liqdir, hamda jismoniy sifatlarini oshirish sodir 

bo‘ladi. 

Harakat faoliyatlariga turli va konkret vazifalarni hal etgan holda o‘rgatiladi. 

Ko‘pgina holda quyidagilarga olib kelinadi: 

1.  Harakatning  dastlabki  maktabini  ta’minlash,  ya’ni  harakat  faoliyatini 

murakkab  shakllari  uchun  dastlabki  bazani  yaratgan  harakat  apparatining  asosiy 

bo‘ginlarida  oddiy  harakatlarni  boshqarishga  o‘rgatish.  Masalan  yuqori  stardan 

chiqish. 

2. "Yordamchi" mashqlar yangi yoki ayrim jismoniy sifatlar qobiliyatlarni 

rivojlanishiga  ta’sir  etuvchi  vositalar  sifatida  foydalaniladigan  harakatlarga 

o‘rgatish. Masalan: har-xil usulda balandlikka sakrash- plankasiz oyoqlarni har-xil 




ketma-ketli harakatlari 

3. Kundalik hayotda, faoliyatning mehnat, sport va boshqa sohalarda zarur 

bo‘lgan  asosiy  harakat  ko‘nikma  va  malakalarni  shakllantirish  hamda 

takomillashtiruvning kerakli darajaga olib borish. Masalan: har-xil sport turlari.  

Bu  vazifalarning  xarakteriga  va  o‘rganilayotgan  harakat  faoliyatlarining 

xususiyatlariga  bog‘liq  holda  o‘qitish  jarayoni  bir  qator  xususiyatlariga  egadir. 

Ma’lumki,  vazifalarning  qiyinligiga  qarab  ularga  sarf  bo‘ladigan  vaqtlar  ham 

turlichadir.  Masalan:  bir-ikki  bo‘g‘inli  gimnastika  harakatlariga  o‘rgatish  mu’lum 

holatlarda  nisbatan  tezroq  bo‘ladi,  lekin  ularni  o‘zlashtirish  hamda  murakkab 

harakat foliyatlarni yuqori darajaga oshirishga ba’zan yillab vaqtlar ketadi (misol: 

shest bilan sakrash). 

Bunday holatda o‘rgatish metodikasi ham farq qiladi. Harakat faoliyatining 

tuzilish  murakkabligi  ma’lum  darajada  harakatga  dastlabki  harakatda  asosiy 

metodlarni tanlashni oldindan aniqlaydi. 

Oddiy xarakatlarga o‘rgatishda butunlicha o‘rgatish qo‘llanilsa,  murakkab 

mashqlarda  esa  qismlab  o‘rgatish  qo‘llaniladi.  Harakatning  tayyorlov,  asosiy, 

yakuniy vazifalari orasida bog‘lanish muhim ahamiyatga va xususiyatlarga egadir. 

Ba’zi  hollarda  o‘rgatishning  asosiy  vazifalaridan  foydalanilsa,  (masalan, 

balandlikka  sakrashda,  depsinish)  boshqa  hollarda  esa  tayyorlov  vazifasidan 

foydalaniladi, (masalan: tebranish va engashgan holda tayanch holatga o‘tish), ayrim 

hollarda yakuniy fazasidan o‘rgatish lozim (masalan, bolalarga sakrashda yumshoq 

qunishni o‘rgatish). 

Harakatlarga  o‘rgatish  umumiy  didaktik  prinsiplariga  asoslanadi,  bu 

prinsiplar jismoniy tarbiya sohasida o‘z maxsus ifodasini topadi. Bu maxsus harakat 

ko‘nikmalari va malakalarini hosil qilish qonuniyatlaridan kelib chiqadi. 

Harakat  ko‘nikmalari  va  malakalari.  Mashqlarni  harakat  ko‘nikmasi  va 

harakat malakasi bo‘lgan taqdirdagina bajarish mumkin. Bu ko‘nikma va malakalar 

harakatlarni bajarishning muayyan usullarini ifoda etadi.  

Xarakat  ko‘nikmalari.  Kishida  harakat  tajribasi  va  bilimlari  to‘planib, 

jismoniy jihatdan zarur darajada rivoj topgach, kishida biror bir harakat vazifasi hal 




qilish  imkoniyati  yaratiladi.  Biror  harakat 

faoliyatida  Qatnashishni  amalga  oshirish 

uchun kishi ilgari hosil qilgan ko‘nikmalar va 

malakalardan  jismoniy  va  ma’naviy  irodaviy 

sifatlarda  ijodiy  foydalana  oladi. Keyinchalik 

esa,  yangi  ilgari  tanish  bo‘lmagan  harakat  faoliyatini  bajarishga  imkon  yartadi. 

Bunda  hamisha  butun  faoliyat  davomida  ma’lum  darajada  aqliy  mehnat  bilan  ish 

ko‘rish talab qilinadi. 

Bilim va tajribalar asosida egallangan harakat ko‘nikmalari - ya’ni harakat 

faoliyati jarayonida harakatlarni ongli ravishda avtomatlashmagan holda boshqarish 

qobiliyatidir.  Jismoniy  tarbiya  jarayonida  2  xil  ko‘rinishda  bo‘lgan  harakat 

ko‘nikmalari:  a)  yaxlit  harakat  faoliyatini  amalga  oshira  olish.  b)  har  xil 

murakkablikda  -  bo‘lgan  alohida  xarakatlarini  bajara  olish  ko‘nikmalari  hosil 

qilinadi. 

A.)  Birinchi ko‘rinishdagi  ko‘nikma  murakkab, o‘zgaruvchan  sharoitlarda 

to‘satdan bo‘ladigan vazifalarni hal qilish zarurligi bilan bog‘liqdir. Bunday harakat 

faoliyati  har  doim  ongli  ravishda  bajariladi,  lekin  avtomatlashmagan  ravishda 

bajariladi va standart xarakterda bo‘la olmaydi. Bu ko‘nikmalar umumiy malakaga 

aylanmaydi. O‘rganilgan harakat va jismoniy sifatlarni chaqqon va ijodiy ravishda 

qo‘llanish bu har xil ko‘nikmalarga xos xususiyat bo‘lib qoladi. 

B)  Alohida  harakatlarni  bajara  olish  ko‘nikmalari,  odatda  malaka  hosil 

qilishga  olib  keladi.  O‘rganish  jarayonida  bu  ko‘nikmalar  harakat  texnikasini 

dastlabki umumiy tarzda egallashdan tortib, mukammal ravishda egallagunga qadar 

rivojlanadi. Oddiy yoki murakkab harakatlarni bajara olish qobiliyati bu harakatlarni 

bajarish uchun butun harakat aktini, bajarish diqqatini to‘la talab qilmagunga qadar 

ko‘nikma doirasi bo‘ladi. 

Harakat ko‘nikma va malakalari. Harakat mashqlarini ko‘p martaba stereotip 

tarzda takrorlash malaka hosil qilishga olib keladi. harakat malakasi - bu bir butun 

harakat vaqtida harakatlarni avtomatlashgan usulida olib borishga aytiladi. 

Harakat akti stereotip ravishda takrorlanaversa, uning bajarilishini asta sekin 




odatga  aylanib  qoladi;  harakat  aktining  biror  bir  qismi  qanday  bajarilish  ustida 

tobora kamroq fikr yuritiladi; yetarli darajada o‘ylab, sinab ko‘rilgan va odat bo‘lib 

qolgan  harakatlarga  fikrni  qaratishga  endilikda  zaruriyat  qolmaydi  va  asta-sekin 

harakat  avtomatlashib  boradi.  Shunday  qilib  ko‘nikma  reflektori  harakat  aktlari 

tizimi  bilan  mustahkamlangan  malakaga  aylanadi.  Avtomatlashgan  holat 

malakaning  asosiy  xususiyatlaridir.  Avtomatlashish  bilan  umuman  harakat  aktini 

ongli  ravishda  bajarishga  chek  qo‘yilmaydi,  lekin  har  bir  alohida  harakatni 

bajarishga ongning ishtirokiga extiyoj qolmaydi. 

Malaka  hosil  bo‘lish  davrida  ong  yo‘q  bo‘lib  ketmaydi,  balki  o‘z  rolini 

almashtiradi. 

Malakaning hosil bo‘lishi jarayonida alohida harakatlarning avtomatlashishi 

bilan  birga  bu  harakatlar  tuzilishining  nisbatan  doimiy  fazoviyligi,  vaqtliligi  va 

kuchliligi  bilan  bir  butun  aktga  harakatlarga  birlashish  yuzaga  keladi.  Bu 

harakatlarning  yengil,  ritmik,  tejamli  bo‘lishini 

ta’minlaydi.  Malaka  o‘sishining  eng  yuqori 

bosqichida  suzishda  "suvni  his  etishda"  o‘yinda 

"o‘yinni his  etish",  konki  bilan  figurali  uchishda 

"belni his etish" singari ixtisoslashgan sohaga xos tasavvurlar paydo bo‘ladi. 

Harakat  malakasining  barqarorligini  harajat  amalining  o‘zgaruvchanligini 

ajratib bo‘lmaydi. Malakaning mustaxkamlanib borishi bilan harakat aktini uning 

texnikasi asosini saqlagan holda har xil variantini ko‘rish imkoniyati paydo bo‘ladi. 

(Masalan: gimnast turnikda ko‘tarilish mashqini har xil holda bajara oladi, 

changichilar va  yugiruvchilar  joyning  relefiga  muvofiq holda  yugirish  texnikasini 

ham boshlash va tugallash oson bo‘lib qoladi va bu o‘zgarilgan harakatni boshqa 

harakatlar bilan qo‘shib bajarishga imkon beradi samarali harakat qilish imkoniyati 

kengayadi.  Bu  o‘zgaruvchanlikka  harakat  aktining  tayyorlanish,  to‘ldirish  va 

yakunlash vazifalar natijasida erishiladi. 

Harakatlarga o‘rgatish. 

Jismoniy  tarbiya  jarayonida  o‘rgatishning  asosiy  vazifasi  harakat 

ko‘nikmalari  va  maxsus  bilimlarni  egallashdir.  Jismoniy  tarbiya  jarayonida  ham 




ta’lim  ham  tarbiya  amalga  oshiriladi.  Biror  bir  harakatga  o‘rgatish 

shug‘ullanuvchilarning jismoniy rivojlanishi, funksional imkoniyatlarni oshirish va 

rivojlantirish, sog‘liqni mustahkamlash va h.k lar bilan bog‘liqdir, hamda jismoniy 

sifatlarni oshirish sodir bo‘ladi. 




Yüklə 277,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin