3-mavzu:Dorivor o‘simliklarning hayotiy shakllari. Reja: O’simliklarning hayot shakillari.
Raunkier klassifikatsiyasi.
Serebryakov klassifikatsiyasi.
Kalit so’zlar:hayotiy shakl, fanerofit, xammefit, kriptofit, gemikriptofit, terrafit, daraxt, buta, chala buta, ko’p yillik o’t, ikki yillik o’t, bir yillik o’t.
O’simliklarning hayotiy shakli yoki biomorfi (yunon. bios - hayot, morfo -shakl) deganda o’simliklarning ontogenez davrida aniq ekologik sharoitga moslashib shakllangan o’ziga xos tashqi qiyofasi tushuniladi.
“Hayotiy shakl” atamasi birinchi marta 1884 yilda Daniya botaniki E.Varming tomonidan qo'llanilgan. U o’z fikrlarida “O’simtaning o'simlik tarkibiy qismi uning hayoti davomida, beshikdan to tobutgacha, urug'dan tortib to oxirigacha tashqi muhitga mos keladigan shakli-bu hayotiy shakldir” deb takidlagan.
O‘simliklarning tashqi muhitga har xil shaklda moslanishiga hayotiyshakl deyiladi.
Hayotiy shakl oʻsimlik vegetativ tanasining oʻsimlik urugʻdan unib chiqqanidan to hazon boʻlgunicha oʻtgan yashash davrida tashqi muhitga moslanishi, oʻsimliklarning ekologik tasnif birligi, yaʼni moslanuvchanlik strukturasi bir-biriga oʻxshash oʻsimliklar guruhi. Bu oʻxshashlik qarindoshlikka bogʻ-liq boʻlmay, koʻpincha konvergent boʻlishi mumkin (mas, poyali sukku-lentlar Hayotiy shaklini hosil qiluvchi kak-tuslar va baʼzi bir sutlamadoshlar). Hayotiy shakl, asosan, oʻsimliklarning yer osti va yer ustki vegetativ organlari strukturasiga bogʻliq, ularning rivojlanish ritmiga va uzoq yashashiga qarab oʻzgaradi. Hayotiy shakl evolyutsiya jarayo-nida turli iqlim, tuproq va biotsenotik sharoitlarda tabiiy tanlanish natijasida vujudga keladi.
Har bir oʻsimlik (daraxt, buta, liana va boshqalar)ning konkret Hayotiy shakli ular ontogenezida oʻzgaradi. Ayni byr tur har xil sharoitda turli Hayotiy shaklda boʻlishi mumkin. Mas, oʻrmon zonasi va togʻ-oʻrmon mintaqasida baland oʻsadigan eman, qoraqayin, qoraqaragʻay, tilogʻoch va boshqa shimoliy va balandlik zonalarida buta shaklida yoki yer bagʻirlab oʻsadi.
O’simliklarning tashqi qiyofasiga qarab gruppalarga ajratish juda qadimdan, Aristotel va uning shogirdi Teofrast tomonidan taklif etilgan edi. Botanik geografiyaning asoschisi Gumbolddan (O’simliklar hayotiy shakillari 19 guruhga bo’lgan, 1906) keyin ham ko’plab olimlar bu nazariyani takomillashtirdilar. Raunkier (1918), Pachoskiy (1921), Serebryakov (1962; 1964) va boshqalar ham bu sohada ko’plab ishlar qildilar. Vermining birinchi bo’lib 1884 yilda o’simliklar olamiga hayotiy shakllar terminini taklif etgan edi. Hayotiy shakllarga doir eng maqbul klassifikatsiya Daniyalik botanik K. Raunkier tomonidan (1934) ishlab chiqilgan klassifikatsiyadir. Bu klassifikatsiya yangilanib turuvchi organlarning, ayniqsa, kurtakning yashashi va joylashuviga asoslanganligi bilan ham juda muhimdir.