3-mavzu: Dorivor o‘simliklarning hayotiy shakllari



Yüklə 82,15 Kb.
səhifə2/2
tarix07.01.2024
ölçüsü82,15 Kb.
#205533
1   2
portal.guldu.uz-Dorivor o‘simliklarning hayotiy shakllari.

Fanerofitlar- kurtaklari yer yuzasidan ancha yuqorida joylashgan bo’lib ko’zga yaqqol tashlanadi. Faneros -yaqqol ko’rinib turuvchi demakdir. Bularga, asosan, daraxt va butalar kirib, qishda barglarini to’kadi. Shox-shabbalari va novdalarini sovuq diyarli urmaydi.

  • Xamefitlar-bu guruhga ba’zi bir buta va chala buta turlari kirib yangilanish kurtaklari yer yuzasiga ancha yaqin joylashadi. Bunday turlarning organlari tashqi tomoni tangachalar bilan qoplangan bo’ladi. Qish mavsumida qor tagida qoladi. Ammo novdalari nobud bo’lmaydi. Xeme-past, yer bag’irlovchi degan manoni bildiradi.

  • Gemikrofitlar-bu guruh vakillarining yangilanish kurtagi yer yuzasi bilan barobar joylashadi. Yer ustipoyasi va novdalari qurib qoladi. Qurigan novda va poyalar qoldig’i yangilanuvchi kurtaklarni qoplab oladi. Bularga, asosan, ko’p yillik o’tlar kiradi. Geme- yarim, kriplyus-yashirin degan manoni bildiradi.

  • Kriptofitlar-bu guruhga yer ustki organlari batamom qurib qoladigan, yangilanuvchi organlaridagi kurtaklari yer ostida bo’lgan ildiz poyali, ildiz tugunakli, piyoz boshchali o’simliklar kiradi.

  • Terofitlar- bu guruhga, asosan, bir yillik turlar kirib, ular qishda butunlay qurib qoladi. Ko’karib chiqish qishda saqlanib qolgan urug’lari orqali amalga oshadi. Bundan tashqari suv o’simliklaridan iborat bo’lgan, kurtagi suv ostida, vegetativ organi suvdan ko’tarilib turadigan gelofitlar va kurtagi suv ostida novdalari suvda joylashgan gidrofitlar guruhi ham mavjud.

    K. Raunkerning aytishicha, o'simliklarning ekologik iqlim sharoitlariga moslashishi natijasida hayot shakllari tarixiy jihatdan shakllantirilgan. U biologik spektrni o'rganish sohasidagi o'simliklar jamoalarida jonli shakllarda turlarning foiz tarqalishini ta'kidladi. Biologik spektrlar iqlim ko'rsatkichlari sifatida xizmat qilishi mumkin bo'lgan turli mintaqalar va mamlakatlar uchun tayyorlangan. Shunday qilib, tropiklarning issiq va nam iqlimi "phanophytes" iqlim deb ataldi va mo''tadil kamarning qit'a iqlimi gemitsipptitlarning iqlimidir.
    Serebryakovning ta'rifiga binoan, hayot shakli - muayyan ekologik sharoitlarda o'sishi va rivojlanishi natijasida ontogenezda rivojlangan o'simliklar guruhining umumiy ko'rinishi (odat). Ushbu odatiylik tarixiy jihatdan o'simliklarning o'ziga xos tuproq va iqlim sharoitlariga, ham qulay, ham nooqilona moslashuvchanligi ifodasidir. Bu o'simlik organlarining hayot shakli yaratib, har bir vaqtda zarur o'simlikning hayotida zarurdir. Shunday qilib, hayot shakli morfologik va ekologik toifadir.
    Geobotanikada Raunkier klassifikatsiyasidan tashqari I. G. Serebryakov (1962,1964) ning klassifikatsiyasi ham bo’lib, bu klassifikatsiya o’simliklarning tashqi ko’rinishiga asoslangandir. Bu klassifikatsiya quyidagicha tartibda berilgan.

    1. Daraxtlar- bu guruhda ko’p yillik yer ustki qismlari yog’ochlangan, bo’yi ikki metrdan yuqori, bitta asosiy tanaga ega bo’lgan o’simlik turlaridan, chinor (Plantanus orientalis L.), archa (Juniperus zeravschanika Kom.), terak (Papulis sp), qarag’ay (Rtsh silvestris. L), olma (Malus domestica Borkh), yong’oq (Juglans regia L.) kabi daraxt turlari kiradi.

    2. Butalar- bu guruhga ko’p yillik, bo’yi 2-3 metrdan baland bo’lmagan, asosiy tanasi yog’ochlangan, bitta asosiy tanaga ega bo’lmagan, shoxlangan o’simliklar, anor (Runica granatum L.), maymunjon (Kubis caesius L.), na’matak (Rosa maracandica. Bge.), zirk (Vegberis integerrima Bge), uchqat (Lonisera nummularifolia Let Sp.) kabi turlar kiradi. Butachalar- bu guruhga esa ko’p yillik, past bo’yli, tanasi yog’ochlangan, bo’yi 0,5 metrdan baland bo’lmagan turlar misol bo’la oladi. Pochaqirqar (Hulthemia berberifolia (Pall) Dum) bunga misol bo’ladi.

    3. Yarimbuta-chalabuta- bu guruhga poyasining faqat pastki qismi yog’ochlanib, qolgan qismi har yili kuzda qurib qoladigan ko’p yillik turlar shuvoq (Artemisia sp), izen (Kos1aprostrata (L) Schrad), isiriq (Peganum harmala L) , yantoq (Alhagi sparsifolia Shap.) kabi turlar misol bo’ladi. Bundan tashqari o’t o’simliklar ham bir qancha guruhlarga ajratiladi. Misol uchun quyidagicha:

    polikarpturlar-hayotida bir necha martalab gullaydi, urug’ va meva beradigan asosan ko’p yillik o’simlik turlari.
    monokarpturlar- ko’pincha qurg’oqchil mintaqalarda tarqalib bir necha yil, hatto 10-15 yil umr ko’rib, bir marta gullab urug’ va meva beradigan o’simliklardir. Bularga kovrak (Ferula) ning bazi bir turi, astra va karamdoshlarning bazi bir turlari misol bo’ladi.







    Yüklə 82,15 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin