3-mavzu: gap, uning xususiyatlari. Gapning ifoda maqsadiga ko’ra turlari



Yüklə 25,58 Kb.
səhifə2/6
tarix18.03.2023
ölçüsü25,58 Kb.
#88641
1   2   3   4   5   6
3-M

Emotsionallikka ko‘ra gaplar ikki turga bo‘linadi: emotsional gaplar yoki undov gaplar va emotsional bo‘lmagan gaplar. Darak, so‘roq, buyruq gaplar darak, so‘roq, buyruq ohangi bilan aytilsa, emotsional bo‘lmagan gaplar deb yuritiladi. Yuqorida sanab o‘tilgan gaplar kuchli his-hayajonga ega bo‘lishi bilan emotsional gapga aylanadi. Emotsional gaplar undov gaplar deb ataladi.
Tuzilishiga ko‘ra gaplar sodda va qo‘shma bo‘ladi. Gaplarning bunday bo‘­linishi ularning tarkibidagi predikativlik birliklarning soniga, miqdoriga asoslanadi.

  1. Sodda gaplar. Bunday gaplar bir struktura asosidan, ya’ni bir ega va bir kesim markazidan tashkil topadi. Ikkinchi darajali bo‘laklar esa ana shu 2 markaz atrofida jamlanadi. Masalan: Bog‘da bulbul sayraydi.

  2. Qo‘shma gaplar. Ikki struktura asosidan, ikki predikativ birlikdan tashkil topadi. Masalan: Bog‘da bulbul sayraydi, ko‘nglim guldek yayraydi.

SODDA GAP TURLARI
Sodda gaplar grammatik asosining tarkibiga ko‘ra ikkiga bo‘linadi: ikki bosh bo‘lakli gaplar va bir bosh bo‘lakli gaplar. Grammatik asosi ikki bosh bo‘lakdan – ega va kesimdan iborat bo‘lgan gaplar ikki bosh bo‘lakli gaplar deyiladi. M: Mehnatdan do‘st ortar. (Maqol).
Grammatik asosi bir bosh bo‘lakdan iborat bo‘lgan gaplar bir bosh bo‘lakli gap deb yuritiladi. Masalan: Gapni gapir uqqanga, jonni jonga suqqanga. (Maqol).
Sodda gaplar ikkinchi darajali bo‘laklarning qatnashishi-qatnashmasligiga ko‘ra ikki xil bo‘ladi: yig‘iq gaplar va yoyiq gaplar.
Bosh bo‘laklardangina yoki bir bosh bo‘lakdan tashkil topgan gap yig‘iq gap, ikkinchi darajali bo‘laklar ham ishtirok etgan gap yoyiq gap deyiladi. Masalan: Yomg‘ir tindi. Bulutlar hamon qaysarlik bilan quyosh yuzini to‘sib turardi. (S.Karomatov). Birinchi gap yig‘iq gap bo‘lib, faqat bosh bo‘laklardan tuzilgan. Ikkinchi gapda bosh bo‘laklar (bulutlar – ega, to‘sib turardi – kesim)dan tashqari , ikkinchi darajali bo‘laklar ham (hamon, qaysarlik bilan - hollar, quYosh - aniqlovchi, yuzini – to‘ldiruvchi) qatnashgan. Shuning uchun bu gap yoyiq gapdir.
Bir bosh bo‘lakli gaplar ham, ikki bosh bo‘lakli gaplar ham zarur bo‘laklarning to‘la ifodalanishi yoki tushirilishiga ko‘ra ikki turga ajratiladi: to‘liq gap va to‘liqsiz gap. To‘liq gaplarda zarur bo‘laklarning barchasi qatnashadi, to‘liqsiz gaplarda zarur bo‘laklarning biri yoki bir qismi tushiriladi.
Masalan: - Ilgari qayerda ishlagan edilar? (To‘liq gap). – Dastavval Surxondaryoda, keyin Qarshi cho‘lida. (O.Yo.) (To‘liqsiz gap).
Sodda gaplar bo‘laklarga ajralish-ajralmasligiga ko‘ra ikki xil bo‘ladi: bo‘laklarga ajraladigan gaplar va bo‘laklarga ajralmaydigan gaplar. So‘zlar bog‘lanmasidan yoki yakka so‘zdan tuzilib, gap bo‘laklarini aniqlash (ajratish) mumkin bo‘lgan gaplar bo‘laklarga ajraladigan gaplar deb yuritiladi. Masalan: Mashina darvoza oldida to‘xtadi. (O.Yo.). Bir so‘zdan tashkil topib, tarkibi bo‘laklarga ajratilmaydigan gaplar bo‘laklarga ajralmaydigan gaplar yoki so‘z-gaplar deyiladi. Masalan: - Assalomu alaykum, dada. (P.Q.).

Yüklə 25,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin