3-mavzu: gap, uning xususiyatlari. Gapning ifoda maqsadiga ko’ra turlari



Yüklə 25,58 Kb.
səhifə1/6
tarix18.03.2023
ölçüsü25,58 Kb.
#88641
  1   2   3   4   5   6
3-M


3-MAVZU: GAP, UNING XUSUSIYATLARI. GAPNING IFODA MAQSADIGA KO’RA TURLARI. HIS-HAYAJONLI VA HIS-HAYAJONSIZ GAPLAR
Reja:
1.Gap haqida umumiy tushuncha.
2.Gapning asosiy logik-grammatik belgilari.
3. Gapning turlari.
4. Gapning tasnifi.

Aloqa-aralashuv vositalarining eng kichik birligi gapdir. Gap nutq birligi sanaladi. Tilshunoslikda gapga nisbatan juda ko‘p ta’riflar berilgan. Gapni gap qilib turuvchi asosiy belgilar mavjud. Ular quyidagilar:



  1. Gap asosan so‘zlarning birikishidan tashkil topadi. Bu birikish grammatika qonun - qoidalari asosida bo‘ladi.

2. Gapning muhim belgilaridan biri predikativlikdir, ya’ni gapda so‘zlov­chining aytilayotgan fikrga bo‘lgan munosabati ifoda qilinadi. Predikativlik modallik, zamon, shaxs-son kategoriyasini o‘z ichiga oladi. Modallik gap orqali ifodalanayotgan xabarga yoki voqelikka bo‘lgan so‘zlovchining turli tasdiq, inkor, gumon, shubha kabi munosabatidir. Bu munosabat asosan gapning kesimi orqali ifoda etiladi. Uni ifoda etuvchi vositalarga fe’l mayllarini ko‘rsatuvchi qo‘shimchalar, modal so‘zlar hamda intonatsiya kiradi. Misol: Dunyoning tinchligi buzilmasin hech. Olasiz (olib bo‘psiz). Xayriyat, imtihondan o‘tib oldim.
Predikativlik ega, kesim aloqasi bilan ifodalanadi. Masalan: Qish boshlandi. Havo soviy boshladi. Predikativlik ayrim vaqtda bir so‘z bilan ham ifoda qilinishi mumkin. Masalan: Kuz. Mevalarning g‘arq pishgan payti. Buning uchun ma’lum bir sharoit, intonatsiya bo‘lishi talab qilinadi.
3.Gap intonatsion tugallikka ega. Intonatsiya gapning tugallanganini bildiradi. Uni boshqa gapdan ajratadi. Nutqda gaplarning ajralishi pauza orqali, yozuvda esa turli tinish belgilari (nuqta, vergul, so‘roq, undov) orqali ko‘rsatiladi. M: Paxta mavsumi tugadi, talabalar o‘qishga qaytdilar.
4. Gap fikriy jihatdan nisbiy tugallikka ega. Uning tugal fikrni ifoda qilishi ma’lum sharoit bilan bog‘liq bo‘ladi. Qish fasli boshlandi.
Gapning turlari
O‘zbek tilida gaplar turli nuqtayi nazardan tasnif qilinadi.
I. Ifoda maqsadiga ko‘ra.
II. Emotsionalikka ko‘ra.
III. Tuzilishiga ko‘ra.
Har bir gap o‘zida so‘zlovchining yoki yozuvchining shu gapini aytishidan maqsadini ham ifoda etadi. Shu gap orqali muallif bir fikrni aytmoqchi yoki so‘ramoqchi bo‘lsa yoxud o‘zining xohish yoki iltimosini bayon qiladi. Ifoda maqsadiga ko‘ra va bu maqsad bilan bog‘liq bo‘lgan intonatsiyaga ko‘ra gaplar uchga bo‘lib o‘rganiladi:
a) darak gap.
b) so‘roq gap.
v) buyruq gap

Yüklə 25,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin