Ikki bosh bo‘lakli gapning tuzilishi Ikki bosh bo‘lakli gap ikki grammatik tarkibi: ega tarkibi va kesim tarkibi mavjud bo‘lgan gapdir.
- Ega yoki ega va unga taalluqli so‘zlar ega tarkibini tashkil etsa, kesim yoki kesim va unga taalluqli so‘zlar kesim tarkibini tashkil qiladi.
Masalan: Kecha tunda esgan kuchli shamol katta archaning tanasini ikkiga ayirib yubordi. Buni chizmada quyidagicha tasvirlash mumkin:
Ega tarkibi: Kesim tarkibi:
shamol archaning
kuchli esgan ikkiga tanasini
katta tanasini archaning tunda Kecha katta
ayirib yuboribdi.
Bir bosh bo‘lakli gaplar Sodda gap tuzilishi asosining tarkibiga ko‘ra ikkiga bo‘linadi: ikki bosh bo‘lakli gaplar va bir bosh bo‘lakli gaplar.
Ikki bosh bo‘lakli gapning tuzilish asosi bosh bo‘laklarning har ikkisi: Egasi va kesimidan iborat bo‘ladi. Masalan: Toshdagi rasmlar bundan ko‘p ming yil avval o‘tgan bobokalonlarimizning ijodi ekan. (P.Qodirov). Shamol g‘uj-g‘uj archalarning hidini olib keladi. (P.Qodirov).
Bir bosh bo‘lakli gaplarning tuzilish asosi esa yo kesim tarkibidan, yo ega tarkibidan tashkil topadi. Kesim yoki kesim tarkibidan tashkil topgan gaplarda ega, ega yoki tarkibidan tashkil topgan gaplarda kesim qatnashmaydi va bunday bo‘lakka ehtiyoj ham bo‘lmaydi. Bunday gaplarda predikativlik bir bo‘lak bilan ifodalanadi. M: Oyko‘lliklarni yaxshi gaplar bilan yo‘ldan qaytarishda (P. Q.). Bugungi ishni ertaga qo‘yma. (Maqol). Yosh bo‘lsa, ko‘p narsani boshidan kechirgan. (P.Qodirov). Oqshom chog‘i... Vatan bo‘ylab qadam – qadamlab Quyosh o‘tdi dengizlar, tog‘lar ortiga. (Shayxzoda). Aqlni beaqldan o‘rgan. (Maqol).
Bir bosh bo‘lakli gaplar, bosh bo‘lakning qaysi biridan tashkil topishiga ko‘ra, ikki guruhga bo‘linadi: Egasiz gaplar, kesimsiz gaplar.
Egasiz bir bosh bo‘lakli gaplar faqat kesim tarkibidan topish mumkin yoki mumkin emasligiga ko‘ra egasi topiladigan va egasi topilmaydigan gaplarga bo‘linadi.
Kesimsiz bir bosh bo‘lakli gaplar nominativ (atov) gaplardir.
So‘zlovchi borliqdagi narsa, hodisalarni gap orqali aks ettiradi. Bunda u o‘z oldiga har xil maqsad qo‘yadi. Gap orqali biror fikr haqida xabar beradi yoki o‘ziga ma’lum bo‘lmagan voqea-hodisa to‘g‘risida savol beradi. Shu savolga javob olishni istaydi yoki o‘z xohishini (buyruq, iltimos kabilarni) ifodalanishini ko‘zda tutadi. M: Mart oyida talabalarning ilmiy nazariy konferensiyasi bo‘ladi. Siz til to‘garagiga a’zo bo‘ldingizmi? Auditoriya tozalansin. 1-gap xabar bermoqda, 2-gap so‘roqni bildiradi. 3-gap buyruqni anglatmoqda. Mana shu nuqtayi nazardan ham aytilayotgan gaplar maqsadiga ko‘ra: darak, so‘roq, buyruq, istak gaplarga bo‘linadi.