3-mavzu: gap, uning xususiyatlari. Gapning ifoda maqsadiga ko’ra turlari



Yüklə 25,58 Kb.
səhifə5/6
tarix18.03.2023
ölçüsü25,58 Kb.
#88641
1   2   3   4   5   6
3-M

Buyruq gap. Buyruq, iltimos, taklif, xohish, o‘git-nasihat, xitob, ogohlantirish kabi har xil ma’no ottenkalarini ifodalovchi gap buyruq gap deyiladi.
Buyruq gaplar har xil intonatsiya bilan talaffuz qilinadi. Qat’iy buyurish, talab anglatuvchi gaplar ancha past va mayin ohang bilan talaffuz qilinadi. Tinch ohang bilan aytilgan buyruq gaplar oxiriga yozuvda nuqta qo‘yiladi. Kuchli emotsiya bilan talaffuz qilingan gaplar oxiriga undov belgisi qo‘yiladi. Masalan: Seni ish yengmasin, sen ishni yeng! A’lochi bo‘lay desang ko‘p o‘qi! Guruhimiz o‘zlashtirishda yetakchi bo‘lsin!
Buyruq gapning kesimi ko‘p vaqtda buyruq maylidagi fe’l bo‘ladi. Buyruq gaplar odatda tinglovchi shaxsga qaratilgan bo‘ladi. Shuning uchun ham ularning kesimi buyruq maylining III shaxs formasida bo‘ladi. Ba’zan buyruq maylining birinchi va ikkinchi shaxs formalarida ham bo‘ladi. M: Prezidentimiz asarlarini qunt bilan o‘rganaylik.
Rasmiy nutqda (farmonlar va qarorlar kabilarda) buyruq gaplarning kesimi odatda majhul darajadagi fe’lning uchinchi shaxs buyruq formasi bilan ifodalanadi. Masalan: Ishni eplolmagani uchun o‘z vazifasidan bo‘shatilsin. To‘g‘on qurilishi o‘z muddatida tamomlansin.
Istak gaplar. Istak gaplarda biror-bir narsa haqida istak, xohish, orzu kabi tuyg‘ular aks ettiriladi. Bunday gaplarning kesimi shart maylidagi (-sa affiksli) fe’llar bilan ifodalangan bo‘ladi: Qani endi, A’zamjon ham shunaqa bo‘la qolsa edi. Istak gaplar oxiriga nuqta qo‘yiladi.
Undov gap. Darak, so‘roq, buyruq gaplar kuchli intonatsiya bilan ifoda qilinishi mumkin. Bu intonatsiyada so‘zlovchining his-hayajoni, ruhiy kechinmalari o‘z ifodasini topishi mumkin. Bunday gaplar undov gap deyiladi. Undov gap maxsus intonatsiya bilan gapning boshqa turlaridan farq qiladi, ya’ni kuchli intonatsiya bilan aytiladi.
Odatda his-hayajonni ifoda qilayotgan so‘z kuchli ohangga ega bo‘ladi. Mazmuniga ko‘ra undov gaplar 3 turga bo‘linadi: 1.Darak undov gap. 2.So‘roq undov gap. 3.Buyruq undov gap.
Masalan: Eh do‘stim! Qani endi fazoga uchsam! (darak undov gap). Bu xiyonatning ijodkori kim?! (so‘roq undov gap). Talaba yoshlarimizga shon-sharaflar bo‘lsin!
Undov gaplarda shodlik, quvonch, tantana, taajjub, qayg‘u, afsuslanish kabi ma’nolar ifodalanadi. Masalan: Qarang-a, o‘zi qiz bo‘lsa ham o‘g‘il boladek (hayratlanish, qoyil qolish). Yashasin davrimizning aql idroki, shon-sharafi va vijdoni – O‘zbekiston Respublikasi! (shodlik, quvonch, tantanalar). Voy- dod! Huv qizim o‘g‘irlandi, - deb qichqirdi, kampir (qayg‘u alam).
Undov gaplar quyidagi xususiyatlarga ega:
1. Uning tarkibida ko‘pincha undovlar, yuklamalar, so‘roq olmoshlari qatnashadi. O‘ho‘, juda faol bo‘lib ketibsan-ku! Nahotki shuncha gaplardan keyin o‘ziga xulosa chiqarib olmasa! Eh, bahorning gashtiga nima yetsin!
2. Undov gaplarda gap bo‘laklarining tartibi ba’zan o‘zgarishi mumkin: Yashasin tinchlik!
Yozma nutqda darak undov gaplar va buyruq undov gaplar oxirida undov belgisi qo‘yiladi. Juda kuchli emotsiya bilan aytilgan undov gaplar oxiriga ikkita yoki uchta undov belgisi qo‘yiladi. Masalan: Assalom! Assalom! Ey mehribon ona Vatan!
So‘roq undov gaplar oxiriga ham so‘roq, ham undov belgisi qo‘yiladi. Bu hayotning ijodkori kim?! Nega hammadan oldin o‘rningdan otilib turding?!



Yüklə 25,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin