Savol va topshiriqlar: 1. Aloqa-aralashuv vositalarining eng kichik birligi haqida ma’lumot bering? 2. Gap nutq birligimi yo til birligi sanaladi. 3. Gapni gap qilib turuvchi asosiy belgilarni ayting. 4. O‘zbek tilida gaplar qaysi nuqtayi nazardan tasnif qilinadi? 5. Ifoda maqsadiga ko‘ra gap turlarini ayting. 6. Emotsionalikka ko‘ra gap turlarini ayting. 7. Tuzilishiga ko‘ra gap turlarini tushuntiring. 8. Sodda gaplar grammatik asosining tarkibiga ko‘ra nechaga bo‘linadi. 9.Ikki bosh bo‘lakli gaplar haqida ma’lumot bering. 10. Bir bosh bo‘lakli gaplarni izohlang. 11. Yig‘iq gaplar haqida ma’lumot bering. 12.Yoyiq gaplarni misollar bilan izohlang. 13. Bo‘laklarga ajraladigan gaplarni tushuntiring. 14. Bo‘laklarga ajralmaydigan gaplar haqida ma’lumot bering. 15.Gap dеb nimaga aytiladi? 16.Prеdikativlik nima? 17.Gapning asоsiy lоgik-grammatik bеlgisi dеganda nimalar tushuniladi? 18.Gapning ifоda asоsi nima? 19.Gaplar qanday tasnif etiladi? 20.Gapning so‘z birikmasidan farqi. 21. Sоdda gap хususiyatlari. 22.Gapning tugallangan оhang bilan aytilishini tushuntiring. 23.Gapda fikr nisbiy tugallanishi zarurmi? 24.Gapning ifоda asоsiga misоllar kеltiring. 25.Gap va uning asosiy belgilarini ayting. 26. Darak gaplar haqida so`zlang. 27. So`roq gap va uning turlari haqida so`zlang. 28. So`roq gaplar qanday vositalar yordamida shakllanadi? 29. Buyruq gap va uning turlari haqida so`zlang. 30. His-hayajon gaplar haqida so`zlang. 31. His-hayajon gaplarda tinish belgilarining qo`llanishi haqida gapiring.