Iqtisodyotdagi uch tarmoqning o’zaro bog’liqligi Bozor iqtisodiyoti sub'ektlari Davlat Iste’mol tovarlari bozori va resurslar bozori hamda bozor sub’ektlari o’rtasida resurslar, mahsulot va daromadlar harakati. Uy xo’jaliklari va davlat iqtisodiy resurslarga egalik qilib, ularni resurslar bozoriga etkazib beradi. Korxonalar resurslarga talab bildiradi. Korxonalarning resurslarni sotib olishga sarflagan pul mablag’lari resurslarni etkazib beruvchilarning daromadlari (ish haqi, renta, foiz va foyda) oqimini tashkil qiladi.
Uy xo’jaliklari resurslarni sotishdan olinadigan pul daromadlarini sarflash jarayonida ko’plab tovar va xizmatlarga o’zlarining talabini bildiradi. Bir vaqtda korxonalar aynan shu bozorda tovar va xizmatlarni taklif qiladi. Tovar va xizmatlarga iste’mol sarflari oqimi korxonalarning pul tushumi yoki daromadini tashkil qiladi.
Iqtisodiy resurslar bozorining tarkibiy qismini ishchi kuchi bozori tashkil qiladi. Ishchi kuchi bozorida o’ziga xos xususiyatga ega bo’lgan iqtisodiy resursning oldi-sotdi bitimi amalga oshiriladi. Bu bozorda biznes tomonidan ishchi kuchiga bo’lgan talab, uy xo’jaliklari tomonidan bildirilgan ishchi kuchi taklifi bilan to’qnash keladi. Shunday ekan, ishchi kuchi bozorida iqtisodiy sub’ektlarning ikki turi – tadbirkorlar va yollanma ishchilar harakat qiladi. Ishchi kuchi insonning mehnat qilish qobiliyati sifatida tovarga aylanadi, bu qobiliyat bozor orqali uning egasidan ajratib olinishini bildirmaydi. Ishchi kuchi bozorida insonning o’zi emas, uning mehnat qilish qobiliyati ma’lum muddatga sotiladi.
Moliya bozori turli-tuman va ko’p jihatli bo’lsa ham oldi-sotdi ob’ekti bitta, ya’ni pul (pulga tenglashtirilgan qog’ozlar) hisoblanadi. Ortiqcha mablag’larga ega bo’lgan xo’jalik sub’ektlari o’z moliyaviy resurslarini ularga ehtiyoj sezgan sub’ektlarga taklif qiladi.