MS Excel jadvalida kataklarga formulalar kiritish.
Ish varog`i kataklariga formulalar kiritish. MS Excel elektron jadvalida kataklarga formulalar kiritish orqali turli xil arifmetik amallarni (qo`shish, ayirish, ko`paytirish,…), murakkab matematik, iqtisodiy hisob-kitoblarni amalga oshirish mumkin.
Katakka kiritiladigan formulalar quyidagi elementlardan iborat bo`lishi mumkin:
- arifmetik amallar (qo`shish, ayirish, ko`paytirish, …);
- sonlar;
- kataklar adresi;
- funksiyalar.
Quyida MS Excel elektron jadvali formulalarida qo`llaniladigan amallar bajarilish tartibi bo`yicha keltirilgan:
-
^
|
Darajaga ko`tarish
|
*
|
Ko`paytirish
|
/
|
Bo`lish
|
+
|
Qo`shish
|
-
|
Ayirish
|
=
|
Tenglik
|
<
|
Kichik
|
<=
|
Kichik yoki teng
|
>
|
Katta
|
>=
|
Katta yoki teng
|
<>
|
Teng emas
|
MS Excel elektron jadvalida kataklarga formulalarni kiritish har doim «=» belgisi bilan boshlanishi shart. Amallarning bajarilish tartibini «( )» (qavs) belgisi yordamida o`zgartirish mumkin.
MS Excel elektron jadvalida matematik amallardan tashqari turli xil standart funksiyalardan ham foydalanish imkoniyati mavjud. Bunday funksiyalarni foydalanuvchi sodda ammallarda ham, shuningdek murakkab amallarda ham qo`llashi mumkin. Funksiyalarning har biri o`z nomiga ega. Funksiyalarni qo`llashda funksiya nomidan keyin har doim «( )» (qavs) belgisi ichida funksiya argumentlari beriladi. Funksiya argumentlari bir-biridan «;» belgisi yordamida ajratiladi.
Масалан: ЕСЛИ (А1>А2; В1; В2).
Bu yerda ЕСЛИ funksiya nomi. A1>A2, В1, В2 katak adreslari funksiya argumentlari hisoblanadi.
MS Excel elektron jadvalida kataklarga funksiyalar klaviatura yordamida yoki funksiya masteri yordamida kiritilishi mumkin. Funksiya masterini ishga tushirish uchun asosiy menyuning Формулы bo`limida joylashgan Вставить функцию yoki formula qatorining o`ng tomonida joylashgan tugmasi bosiladi. Natijada ekranda Мастер функций muloqot oynasi hosil bo`ladi.
Dostları ilə paylaş: |