Java Operatorlar (Amallar) Java dasturlash tilida o’zgaruvchilar ustida oddiy matematik amallar bajarish uchun operatorlar mavjud. Shuningdek, Java dasturlash tilida Math sinfi mavjud bo’lib, unda murakkab matematik ifodalar va hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun tayyor metod-funksiyalar bor. Dastlab, oddiy matematik operatorlarni ko’rib chiqamiz.
Quyida 4 ta asosiy amallar berilgan:
+ qo’shish operatori
- ayirish operatori
* ko’paytirish operatori
/ bo’lish operatori
Qo’shish Ikkita qiymat yig’indisini toppish uchun ‘+’ belgisidan foydalaniladi. Bular 2 ta o’zgaruvchi, o’zgaruvchi va o’zgarmas, yoki 2 ta o’zgarmas bo’lishi mumkin. Quyidagi misollarga e’tibor bering:
int sum1 = 10 + 20; // ikkita o’zgarmas qiymatlarini qo’shish
int sum2 = sum1 + 33; // o’zgaruvchi va o’zgarmas qiymatlarini qo’shish
int sum3 = sum1 + sum2; // ikkita o’zgaruvchi qiymatlarini qo’shish
‘+’ operatori dastur ishlash vaqtida (runtime) ikkita qiymatni ularning yig'indisi bilan almashtiradi. Shunday qilib, sum1 + 33 ifodasi yozilgan joyda, runtimeda bu ifoda sum1 o’zgaruvchi qiymati va 33 o’zgarmas qiymati yig'indisi bilan almashtiriladi.
Albatta, 2 tadan ortiq qiymatlarning yig’indisini bitta ifodada hisoblash mumkin:
int sum1 = 10 + 20 + 30;
int sum2 = sum1 + 99 + 123 + 1191;
O'zgaruvchilar ustida tez-tez ishlatiladigan matematik operatsiya o'zgaruvchining qiymatiga boshqa qiymatni qo’shishdir. Masalan:
int sum = 10;
sum = sum + 20;
Ushbu misolning ikkinchi qatorida sum o'zgaruvchisi o'z qiymati + 20 ga teng bo’ladi. Bu 10 + 20 degan ma'noni anglatadi.
O'zgaruvchiga qiymat qo'shish juda keng tarqalgan operatsiya bo'lgani uchun Java dasturlash tilida ushbu maqsad uchun ishlab chiqilgan operatorni mavjud. Bu ‘+=’ operatoridir. Mana yuqoridagi misol += operatoridan foydalanib, quyidagicha yozilgan:
int sum = 10;
sum += 20;
Ayirish ‘-‘ operatori bir qiymatni boshqasidan ayirishni amalga oshiradi. Bu o’zgarmas qiymatdan biror o’zgarmas qiymatni, o'zgaruvchidan o’zgarmas qiymatni yoki o'zgaruvchidan o'zgaruvchini ayirish bo'lishi mumkin. Mana bir nechta ayirish misollari:
int farq1 = 200 - 10;
int farq2 = farq1 - 5;
int farq3 = farq1 – farq2;
‘-‘ operatori ikkita qiymatni ular orasidagi farq bilan almashtiradi, xuddi ‘+’ operatoridagi kabi.
Siz ayirishning uzunroq zanjirlarini yaratishingiz va shu bilan bir-biridan ko'proq qiymatlarni ayirishingiz mumkin. Masalan:
int farq = 200 - 10 - 20;
Esingizda bo'lsin, minus minus plusga teng, xuddi oddiy matematikada bo'lgani kabi. Mana bunga misol:
int farq = 200 - (-10);
Ushbu matematik ifodani bajargandan so'ng, “farq” o'zgaruvchisi 210 qiymatiga ega bo’ladi, chunki standart matematik qoidalarga muvofiq - (-10) = +10 ga teng.
Xuddi qo’shishda bo'lgani kabi, Java o'zgaruvchidan qiymatni ayirish va natijani o’sha o'zgaruvchiga yuklash uchun maxsus mo'ljallangan operatorni o'z ichiga oladi. Bu operatorsiz Java-da qanday ko'rinishga ega bo'ladi:
int natija = 200;
natija = natija - 10;
Xuddi shu matematik operatsiya ‘-=’ operatori bilan qanday ko'rinadi:
int natija = 200;
natija -= 10;
Ko’paytirish va bo’lish Ko’paytirish va bo’lish amallari bilan ham xuddi shunday qoidalar amal qiladi. Quyidagi misollarga e’tibor bering.
int son1 = 10 * 20;
int son2 = son1 * 5;
int son3 = son1 * son2;
int son = 10 * 20 * 30;
int natija1 = 10;
natija1 = natija1 * 20;
int natija2 = 10;
natija2 *= 20;
int bolinma1 = 100 / 10;
int bolinma2 = bolinma1 / 2;
int bolinma2 = bolinma1 / bolinma2;
int bolinma4 = 100 / 10 / 2;
int bolinma5 = 100 / (10 / 2)
int bolish1 = 100;
bolish1 = bolish1 / 5;
int bolish2 = 100;
bolish2 /= 5;
Qoldiq Qoldiq topish amali, biror sonni ikkinchisiga bo’lganda bo’linmadan qoladigan sonni aniqlash hisoblanadi. Qoldiq topish amali modulo deb ham ataladi. Java dasturlash tilida qoldiq topish operatori ‘%’ hisoblanadi. Quyidagi misolga e’tibor bering:
int qiymat = 100;
int qoldiq = qiymat % 9;
100 ni 9 ga bo’lganda bo’linma 11 ga va qoldiq 1 ga teng bo’ladi. Demak, qoldiq o’zgaruvchisi qiymati 1 bo’ladi. Qoldiq qiymatini o’sha o’zgaruvchining o’ziga yuklash kerak bo’lsa, qisqacha ‘%=’ operatori ishlatiladi, xuddi 4 ta amaldagi kabi.
int natija = 100;
natija %= 9;